calendar 20 Mar 12:50
eye 74
comments 0
comments Manba: postda.uz

SINCHKOV NIGOH BILAN

image

Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda eks­pert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. 

Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Eks­pert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoyat joyini ko‘zdan kechirishda ishtirok etdi. Jarayonda 

219 ta ashyoviy dalillar olin­gan. 54 ta tadqiqot bajarilgan. 18 ta jinoyat qo‘l barmoq izlari orqali «shaxsni identifikatsiya qilish» tizimi yordamida fosh etildi. 

12 ta jinoyat fotosurat va video­yozuvlar yordamida aniqlangan. Soha mutaxassislari 2500 ga yaqin tezkor qidiruv va tergov harakatlarida ishtirok etishgan. Shaxsan o‘zim ishtirokimda 62 ta eks­pertiza ishlari bajarildi. Ayrim ishlarni misol tariqasida keltirib o‘taman.

«Orzu» mahallasida ya­shovchi H.A. ismli ayol tilla buyumlari yo‘qolganligi haqida mu­rojaat qiladi. Ushbu holat yuzasidan voqea joyiga borib o‘rganilganda, hodisa joyiga kirishdagi ikki qanotli eshikni ko‘zdan kechirish vaqtida olin­gan qo‘l barmoq izlari 1985-yilda tug‘ilgan N.E.ga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.  

2024-yil 6-avgust kuni «Navbahor» mahallasida 

ya­shovchi fuqaroning xonadonida bosh sohasida tan jarohati olgan holatda jasadi topildi. Qotil iz qoldirmaslikka harakat qilgan. Lekin xonadondagi daftarda uning barmoq izlari qolib ketgan. Ular 1975-yilda tug‘ilgan A.U.ga tegishli ekani ayon bo‘ldi.

Aniqlanishicha, marhuma qarz­dor bo‘lgan. Gumon qilinuvchi undan pullarini olgani kelganida o‘rtalarida janjal chiqqan. Shunda gumon qilinuvchi mehmonxonadagi shisha idish bilan ayolning boshiga bir necha marotaba urgan. Yetkazilgan tan jarohati tufayli uy bekasi vafot etgan. Bu kabi misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

– Yil boshidan buyon 40 marotaba voqea joyiga chiqdim. 13 ta tadqiqot va 

9 ta ekspertiza ishlarini amalga oshirdim. Bundan tashqari, targ‘ibot-tashviqot ishlari ham olib bormoqdamiz. Xususan, yaqinda Davlatobod tumani madaniyat markazida Eks­pert-kriminalistika markazida joriy etilgan yuridik va jismoniy shaxslarga ekspertlik il­miy-tadqiqot hamda axborot xiz­matlarini ko‘rsatish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Shuningdek, tuman tibbi­yot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi xodimlari o‘rtasida ham tushuntirish ishlari olib borildi. Zimma­mizdagi mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirish jarayonida dalillarni sinchkovlik bilan tahlil qilayotganimiz samara bermoqda.

Azamjon BABAYEV,

Davlatobod tumani IIB EKG katta eksperti, mayor.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
272
0
xs.uz

Prezidentga Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni haqida axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayoni va uni jadallashtirish chora-tadbirlari bo'yicha taqdimot bilan tanishdi.Davlat rahbarining alohida nazorati asosida 2023-yildan boshlab JSTga a'zo bo'lish choralari ko'rilmoqda. O'tgan davrda ko'p va ikki tomonlama muzokaralarda muayyan natijalarga erishildi.Jumladan, Ishchi guruhining to'rtta muhim yig'ilishi o'tkazilib, 500'dan ortiq masalalar ko'tarildi, 30'dan ziyod rasmiy hujjatlar JST K

17 May 21:47
 
271
0
xs.uz

Dollar kursi bir necha kunlik koʻtarilishdan soʻng biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,82 soʻmga'tushdi va'12 965,34 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'81,50 soʻmga'pastladi va'14 525,07 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,29 soʻmga'tushib,'161,34 soʻmni'tashkil etdi.

18 Apr 11:08
 
739
0
xs.uz

Prezident Andijonga investitsiya kiritmoqchi boʻlgan xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi

Bugungi yig'ilishda qayd etilganidek, bu yil Andijonda quvvati 24 megavatt, keyingi yil yana 20 megavatt bo'lgan jami 763 ta kichik va mikro GESlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.Xitoy kompaniyalaridan biri viloyatda mikro GESlar uchun kerakli uskunalarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqchi. Qayd etilganidek, qurilgan GESlarga 1-yil davomida bepul servis xizmati ko'rsatiladi.Kecha Bobur shahrida keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi e'lon qilingan edi. Ko'plab sarmoyadorlar

04 Apr 16:19
 
62
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 16 tuman jadal kompleks rivojlantiriladi

Unga koʻra, sanoat ishlab chiqarishi 7'8 foizga, xizmatlar hajmi 15'17 foizga, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi esa 4'5 foizga oshiriladi. Ishsizlik darajasi 4'5 foizga, kambagʻallik esa 5'6 foizga kamaytiriladi. Qoʻngʻirot, Asaka, Gʻallaorol, Denov tumanlari va Margʻilon shahri ishsizlik va kambagʻallikdan holi hududlarga aylantiriladi.Shu yilning 1-iyuliga qadar tumanlarning ishlab chiqilganiga 10-yildan oshgan bosh rejalarni 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservats