Prezidentga Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni haqida axborot berildi

Davlat rahbarining alohida nazorati asosida 2023-yildan boshlab JSTga a'zo bo'lish choralari ko'rilmoqda. O'tgan davrda ko'p va ikki tomonlama muzokaralarda muayyan natijalarga erishildi.
Jumladan, Ishchi guruhining to'rtta muhim yig'ilishi o'tkazilib, 500'dan ortiq masalalar ko'tarildi, 30'dan ziyod rasmiy hujjatlar JST Kotibiyatiga taqdim etildi. A'zolikni jadallashtirish maqsadida sohalarda tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, ikki tomonlama muzokaralar doirasida 33 ta mamlakat bilan bozorga kirish bo'yicha muzokaralar olib borilib, bugungi kunga qadar 24 tasi bilan muzokaralar yakunlandi.
JST a'zolari bilan muloqotda yangi yondashuv va islohotlar natijalari ijobiy baholanmoqda. Bu o'z navbatida O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lish jarayonida ochiqlik, shaffoflik va adolatli savdoga bo'lgan qat'iy intilishini tasdiqlaydi.
Shu ma'noda, milliy qonunchilikni tashkilot talablariga uyg'unlashtirish doirasida keng ko'lamli huquqiy va institutsional islohotlar amalga oshirildi. Xususan, 13'ta qonun, Prezidentning 10'ta farmon va qarori, 19'ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari va 10'ta idoralararo normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.
Jumladan, bojxona tartibotlari, eksport-import qoidalari hamda intellektual mulk sohasidagi mexanizmlar bosqichma-bosqich JST standartlariga moslashtirildi, davlat ulushi mavjud bo'lgan 6 ta korxonada eksklyuziv huquqlar bekor qilindi.
Yig'ilishda davlatimiz rahbari tomonidan JSTga a'zo bo'lish jarayonini jadallashtirish hamda uni sifatli va tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Unga ko'ra, joriy yilda qolgan 9'ta mamlakat bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash, Ishchi guruhining 2'ta yig'ilishini o'tkazish hamda Ishchi guruhning hisobot loyihasini yakunlash orqali O'zbekistonning JST doirasidagi majburiyatlarini to'liq shakllantirish vazifalari aniq belgilab berildi.
Shuningdek, qonunchilikni tashkilot talablariga moslashtirish doirasida 15 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayonini jadallashtirish zarurligi ta'kidlandi. Jumladan, 'Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to'g'risida', 'Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to'g'risida' yangi tahrirdagi qonunlarni qabul qilishni tezlashtirish hamda bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan yaqindan va samarali hamkorlikni ta'minlash Prezident tomonidan muhim vazifa sifatida belgilab berildi.
Texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya sohalarini isloh qilish, ushbu yo'nalishlarda kadrlar tayyorlash sifatini oshirish kerakligi alohida qayd etib o'tildi.
Oʻzbekistonda dollar kursi pastlamoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'55,77 soʻmga'tushdi va'12 831,13 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'82,54 soʻmga'pastladi va'14 542,80 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,20 soʻmga'tushib,'161,07 soʻmni'tashkil etdi.
Oʻzbekistonda dollar kursi pastlamoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'55,77 soʻmga'tushdi va'12 831,13 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'82,54 soʻmga'pastladi va'14 542,80 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,20 soʻmga'tushib,'161,07 soʻmni'tashkil etdi.
Dollar kursi sezilarli pastlashdan soʻng yana koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,17 soʻmga'oshdi va'12 790,43 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'86,40 soʻmga'koʻtarildi va'14 486,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,03 soʻmga'tushib,'162,60 soʻmni'tashkil etdi.
Mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati qoplab beriladi
Oʻzbekistonda mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati hamda xorijdan jalb qilingan dizayner, marketolog, injener-texnologlar ish haqining yarmi qoplab beriladi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Oʻtgan yili mebel eksporti 20 million dollarga yetdi. Sifat, dizayn va brendga eʼtibor qaratilsa, mavjud quvvatlarning oʻzida eksport hozirgidan 10 karra oshishi mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.Shu b