calendar 14 May 20:57
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qizamiq asoratidan paydo bo‘luvchi kamyob kasallikdan yana bir bola vafot etdi

image

Bugun, 14 may kuni Farg‘ona viloyatida o‘tkir osti sklerozlashgan panensefalit kasalligiga chalingan 5 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda u bilan birga davolanayotgan boshqa bolalarning ota-onasi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, bolakay 2019 yilning sentyabr oyida Farg‘ona viloyati Furqat tumanida sog‘lom holda dunyoga kelgan. 2023 yilda qizamiq asorati tufayli 10 mingtadan 1 bolada kelib chiquvchi o‘tkir osti sklerozlashgan panensefalit (SSPE) xastaligiga chalingan. Farg‘ona tuman tibbiyot birlashmasi bolakay reanimatsion holatda bo‘lishiga qaramay, uning ota-onasiga o‘g‘lini uyiga olib ketishini aytgan. 

SSPE kasalligiga chalingan o‘nlab bolalarning ota-onalari QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha, bemor bolakaylarni davolashda davlat tomonidan hech qanday yordam ko‘rsatilmayapti. Og‘ir ahvoldagi bolalar tibbiy yordam va shifokor nazoratisiz o‘z uylarida saqlanmoqda. Respublika Bolalar Milliy tibbiyot markazi esa bolalarni order asosida har 3 oyda 10 kungina olib qoladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalarni zarur bo‘lgan dorilar bilan ta’minlamayapti.

Ma’lumot o‘rnida, SSPE qizamiq yoki qizilcha kasalligidan qolgan asoratlar tufayli yuzaga keladigan miya kasalligidir. Bemorda to‘xtovsiz sudurgi, mushaklar tortishishi yoki bo‘shashishi kuzatiladi. Uning oldini olishning yagona usuli qizamiqqa qarshi emlashdir. O‘zbekistonda bolalar 1 yoshdan boshlab qizamiqqa qarshi emlanadi, ammo ko‘p hollarda bolalar yoshiga yetmasdan ushbu kasallikka chalinmoqda. Shu boisdan, O‘zbekistonda SSPE kasalligiga chalinish holati so‘nggi yillarda avj olgan (Bu haqda keyinroq QALAMPIR.UZ’ning maxsus reportajini tomosha qiling).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda SSPE bilan kasallangan bolalar soni 100 ga yaqinlashgani haqida xabar bergan edik. Bu anomal hodisa hisoblanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
60
0
xs.uz

Samarqandda noqonuniy qum qazib olgan korxona tabiatga 2,7 mlrd soʻm zarar yetkazdi

Samarqand viloyatidagi Qoradaryo daryosi hududidan qum-shagʻal noqonuniy qazib olinishi oqibatida 2,7 mlrd soʻm zarar yetkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, boshqarma tomonidan Narpay tumanidagi xususiy korxona faoliyati tekshirilgan. Nazorat tadbiri davomida Qoradaryo daryosi hududida ushbu korxona xodimlari tomonidan 1 ta ekskavator va 4 ta yuk mashinasi yordamida qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib ol

18 Apr 11:07
 
20
0
xs.uz

Matematika olimpiadasida terma jamoamiz a’zolari 3 ta  medalni qo‘lga kiritdi

Olimpiadada 55 ta davlatdan 300 nafarga yaqin o'quvchi qizlar ishtirok etdi.Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xabariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi qizlari ushbu olimpiadada ishtirok etib, 3 ta medalni qo'lga kiritdi.Jumladan, Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o'quvchisi Dildora Mahkamova ' kumush,Nukus shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o'quvchisi Malika Xojamuratova bronza,Buxoro viloyati, Qorako'l tumani ixtisoslashtirilgan m

20 Mar 12:53
 
43
0
xs.uz

Jizzaxdagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonada qolmoqda

Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus toʻqnashuvi oqibatida 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi, biroq axborotda fuqarolar oʻlimi bilan bogʻliq hech qanday gap aytilmagan.Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-mart kuni Jizzax shahri 'Nurliobod' mahallasi hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-376 'Qoʻqon-Jizzax' avtomobil yoʻlining 151-kilometrida sodir boʻlgan. Harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o

15 Apr 07:06
 
21
0
xs.uz

Prezident xalqaro turizm markazining master-rejasini ko‘rib chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni 'Sea Breeze Uzbekistan' xalqaro turizm markazining master-rejasi taqdimoti bilan tanishdi.Mamlakatimizdagi qulay investitsiya muhiti tufayli barcha sohalarga ilg'or g'oyalar kirib kelmoqda, yangi majmualar barpo etilmoqda. Xususan, turizmda so'nggi yillarda 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor ish boshladi. O'tgan yili xorijiy sayyohlar tashrifi ilk bor 10 milliondan oshdi. Birgina Toshkent viloyatining Bo'stonliq hududida Amirsoy va 'Ugam River' kabi kurort