Prezident xalqaro turizm markazining master-rejasini ko‘rib chiqdi

Mamlakatimizdagi qulay investitsiya muhiti tufayli barcha sohalarga ilg'or g'oyalar kirib kelmoqda, yangi majmualar barpo etilmoqda. Xususan, turizmda so'nggi yillarda 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor ish boshladi. O'tgan yili xorijiy sayyohlar tashrifi ilk bor 10 milliondan oshdi. Birgina Toshkent viloyatining Bo'stonliq hududida Amirsoy va 'Ugam River' kabi kurortlar, 'Beldirsoy-Chimyon-Nanay' turizm maskanlari tashkil etildi.
Bunday rivojlanish sur'ati chet ellik investorlarni ham o'ziga tortmoqda. Jumladan, Chorvoq suv ombori bo'yida 'Sea Breeze Uzbekistan' xalqaro turizm markazi qurilishi haqida avval xabar berilgan edi. Bu galgi taqdimotda ushbu yirik loyihaning bir nechta xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqilgan master-rejasi ko'rib chiqildi.
Qayd etilganidek, turizm markazini 10 ta kichik hududga bo'lib qurish ko'zda tutilmoqda. Ularning har biri piyoda borish mumkin bo'lgan ko'ngilochar maskan va xizmatlarni qamrab oladi. Ikki qirg'oq o'rtasida ko'prik qurilib, keluvchilarga qulaylik oshiriladi. Suv bo'yida xiyobon, plyaj va dam olish joylari bo'lsa, qiyaliklarda mehmonxonalar, kottejlar, uylar, restoran va tomoshagohlar bo'ladi. Shuningdek, madaniyat, ta'lim, tibbiyot, sport maskanlari barpo etiladi. Ya'ni bu yerda faqat sayohat emas, balki yil davomida yashash imkoniyati ham yaratiladi.
Davlatimiz rahbari bu loyiha barcha tashrif buyuruvchilarga qulay bo'lishi lozimligini'ta'kidlab, majmuani zarur infratuzilma bilan ta'minlash bo'yicha ko'rsatmalar berdi.
Fargʻonada bir kunda ikkita yongʻin yuz berdi
Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida joylashgan doʻkonlardan birida yongʻin yuz berdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, kecha, 23-mart kuni soat 19:42 da Uchkoʻprik tumani Navroʻzshox koʻchasida joylashgan kiyim-kechak doʻkonida yongʻin'sodir boʻlgan.FVB xodimlari voqea joyiga soat 19:44 da yetib borib, 19:47 da alangani oʻrab olgan va 19:55 da batamom oʻchirgan.Taʼkidlanishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq.Shunin
Andijonda “Matiz” ikki bolani urib yubordi
Andijon viloyati Asaka tumanida 'Matiz' ikki nafar bolani urib yubordi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, voqea Asaka tumani Yuksalish MFY hududidan oʻtgan D-105E Asaka'Humo avtomobil yoʻlining 2-kilometrida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, 44 yoshli A.O. oʻzining 'Matiz' rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan.YTH oqibatida tan j
Prezident Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va munosib nishonlash toʻgʻrisida qaror imzoladi
Mamlakatimizda 9-may'''Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaga hissa qo'shgan urush va mehnat faxriylariga hamda Vatan ravnaqi, taraqqiyoti va uning himoyasi uchun kurashgan buyuk ajdodlarimizga alohida e'tibor va chuqur ehtirom ko'rsatish, shuningdek mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog'ida halok bo'lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari xotirasini ulug'lash yurtimizda oliyjanob qadriyatga aylangan.
“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi
Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar