Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.
Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zarurligi taʼkidlandi va mutasaddilarga tegishli ishlarni tezroq boshlash topshirildi. Andijon suv taʼminoti korxonasi hududida 18 megavattli quyosh panellari va 98 ta energiya tejamkor nasoslar oʻrnatiladi.
'Xonobod' chegara oʻtkazish punkti tiklangani hisobiga, 'Bishkek ' Dushanbe ' Termiz' xalqaro yoʻlidagi transport oqimi 2-3 karra koʻpaydi. Lekin Xonoboddan oʻtuvchi Qoradaryo ustidagi 150 metrli koʻprik nosozligi uchun mashinalar uning bir qismidan harakatlanmoqda, tirbandliklar hosil boʻlayapti.
Mutasaddilarga bir oyda ushbu koʻprikni rekonstruksiya qilish dasturini tasdiqlash va 25 milliard soʻm ajratish topshirildi. Mazkur koʻprik kelgusi yilda toʻliq ishga tushishi shartligi qayd etildi.
Yangi Andijon massivini Andijon shahri va boshqa hududlar bilan bogʻlash uchun 56 kilometrlik halqa yoʻli qurish zarurligi qayd etildi. Bu yil ushbu yoʻlning 5 kilometrini bitkazish hisobiga Andijon shahriga kelish ancha qisqaradi. Bu yoʻlda 200 ta savdo va servis obyekti barpo etilib, 1 ming nafar aholi ishli boʻladi.
Andijon shahrini viloyatning 8 ta hududi bilan bogʻlovchi jamoat transporti mavjud emasligi oqibatida kuniga 80 ming aholi viloyat markaziga 20 mingga yaqin yengil transportda kelishga majbur.
Tigʻiz paytda Andijon shahridagi tirbandlik 7-8 ballga chiqib ketmoqda. Vaholanki, 1 ta kichik avtobus kuniga kamida 400 nafar aholiga xizmat koʻrsatib, 25 ta yengil mashinani oʻrnini bosadi.
Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan uchrashib, yangi marshrutlar va viloyat sharoitiga mos avtobus rusumlarini aniqlab, taklif berish topshirildi.
Davlatimiz rahbari Andijon shahri boʻyicha muhim bir tashabbusni aytdi. Shahar markazida 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi joylashgan. Kundan-kunga shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshilib turgan vaqtda 100-yil oldin qurilgan bunday 'sovuq' binoning markazda boʻlishi notoʻgʻri ekani qayd etildi.
Shu bois bu obyekt shahar chekkasiga koʻchirilishi, oʻrnida zamonaviy koʻngilochar savdo va servis markazi barpo etilishi belgilandi.
Jurnalistlar uchun radikalizmga qarshi kurash mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 'Radikallashuv omillari, axborot manipulyatsiyasi va unga qarshi kurashish' mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmoni ijrosi doirasida Jurnalistlar uyushmasi va 'Ziyo' media markazi hamkorligida tashkil etildi.Seminarda jurnalistlarga diniy radikalizmning xavfli jihatlari, radikal
Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi
Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda
Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi
Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a
Oʻzbekistonda ekin maydonlarining noqonuniy yoqilishi sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatilmoqda
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi 'Uzcosmos' Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi hamda Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi dalalarda somon yoqayotganlar kuzatilayotgani va ular javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirdi.Unda aytilishicha, har yili Respublika hududidagi boshoqli don ekinlaridan boʻshagan yer maydonlarida, somon poyalari va ularning qoldiqlarini noqonuniy yoqib yuborish bilan bogʻliq minglab salbiy holatlar aniqlanmoqda. Bu esa min