Oʻzbekistonda ekin maydonlarining noqonuniy yoqilishi sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatilmoqda

Unda aytilishicha, har yili Respublika hududidagi boshoqli don ekinlaridan boʻshagan yer maydonlarida, somon poyalari va ularning qoldiqlarini noqonuniy yoqib yuborish bilan bogʻliq minglab salbiy holatlar aniqlanmoqda. Bu esa minglab gektar serhosil maydonlarning unumdorligi pasayib, tuproq strukturasining buzilishi, yerlardagi foydali makro va mikroelementlarning yoʻq boʻlib ketishi, ekin hududlarining ball boniteti keskin tushishi kabi ayanchli oqibatlarga olib kelmoqda.
'Tasavvur qilib koʻring, 1 gektar yer maydonida boshoqli don poyasi yoqilganida, 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi gazi atmosferaga tarqaladi. Bu toza havoning ifloslanishi bilan birga inson organizmida sil va saraton kasalliklarini keltirib chiqarishi bilan xavflidir.
Hurmatli yerdan foydalanuvchilar! Barchangizdan shu kabi noqonuniy holatlarga yoʻl qoʻymaslikni soʻrab qolamiz va qatʼiy talab qilamiz', ' deyiladi ogohlantirish xabarida.
Maʼlumot uchun, mazkur huquqbuzarlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha jarimalar qoʻllanilishi hamda yongʻin sodir boʻlgan gʻalla ekin maydonlarning har bir gektariga yetkazilgan zarar boʻyicha amaldagi tartib asosida iqtisodiy choralar koʻrilishi, bunda zarar miqdori katta boʻlsa hattoki jinoiy javobgarlikkacha olib borishi mumkin.
Shuningdek, bu kabi holatlar Yer kodeksining 40 va 79-moddasi, 'Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida'gi Qonunning 17-moddasida koʻrsatib oʻtilganidek, fermer xoʻjaligiga ajratilgan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda ekologik talablar va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilish majburiyatlari bajarilmaganini ifodalaydi.
'Shu oʻrinda qoʻshtirnoq ichidagi uddaburon fermer va tadbirkorlarga eslatib oʻtmoqchimiz. Respublika miqyosida somon poyalari va ularning qoldiqlarini noqonuniy yoqish bilan bogʻliq holatlar bevosita Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi 'Oʻzbekkosmos' tomonidan sunʼiy yoʻldosh suratlari orqali kunlik monitoring qilib boriladi. Maʼlumotlar esa huquq tartibot organlariga oʻz vaqtida taqdim etiladi', ' deyiladi agentlik xabarida.
Oyoq ostidagi neʼmat
Har yili may oyida yurtimizda tut gʻarq pishadi. Qora, qizil, oq rang-barang va marvariddek tutlarki, biri-biridan totli, biri-biridan serhosil. Taʼbir joiz boʻlsa, tutni oddiy daraxt emas, xalq daraxti deyish mumkin. Negaki, soyasi ham, mevasi-yu bargi, ogʻochi-yu shohi ham insonga foyda keltiradi. U tez oʻsadi, har qanday tuproqqa moslashadi. Shu sababdan hamma joyga, koʻp hollarda dala va koʻcha chetlariga ekiladi.Maʼlumotlarga koʻra, bir tup tut daraxti yiliga oʻrtacha 30 ' 50 kg m
Ikki tanlovning respublika bosqichi Samarqandda oʻtkazilyapti
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Samarqandda 'Turon' maktab teatri' va 'Iqtidor maktab ansambli' tanlovlarining respublika bosqichiga start berildi. Har ikkala tanlovda uning quyi bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 28 jamoaning 300 nafar aʼzosi ishtirok etmoqda.Dastlab Registon maydonida tadbirning ochilish marosimi, '3D shou' namoyishi boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng Samarqand viloyat musiqali drama teatrida 'Turon' maktab teatri' tanlovining respublika bosqichi boshlandi. 14 ta ja
Shavkat Mirziyoyev JBIC boshqaruvchisini qabul qildi
Toshkent investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruvchisi Nobumitsu Xayasi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Yaponiyaning ushbu yetakchi moliyaviy instituti ishtirokidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish va qo'shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko'rib chiqildi.JBIC mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga hissa
Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya toʻlanadi
Shavkat Mirziyoyev 'Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, 2025-yil 1-iyundan boshlab 'qizil' toifaga kiruvchi kam taʼminlangan oilalarning 'aʼlo' baholarga oʻqiyotgan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning ikki baravariga teng maxsus stipendiya tayinlanadi. Bu chora oliy taʼlimda tahsil olayotgan qizlarning ragʻbatini oshirish va ularni