Dastlab Registon maydonida tadbirning ochilish marosimi, '3D shou' namoyishi boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng Samarqand viloyat musiqali drama teatrida 'Turon' maktab teatri' tanlovining respublika bosqichi boshlandi. 14 ta jamoa 'Bizning maktab', 'Teatr ' ibratxona' shartlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashadi. Ularning ketma-ketlikdagi chiqishlari qurʼa tashlash yoʻli bilan aniqlandi.
Aytish joizki, ushbu tanlovning respublika bosqichida taniqli sanʼatkorlar ' Bahodir Nishonov, Zuhra Ashurova, Shohida Ismoilova, Lola Eltoyeva, Baror Hasanov hakamlik qilyapti.
' Sahnada tanish-bilish ketmaydi, ' dedi Oʻzbekiston xalq artisti Zuhra Ashurova. ' Ustozlar aytganidek, sahna ' muqaddas dargoh. Unga xiyonat qilinmaydi. Ishtirokchilarni iqtidoriga qarab baholaymiz. Hamma jamoaga omad tilayman.
Toyloq tumanidagi 57-maktabning 'Barkamol avlod' jamoasi tanlovda Samarqand viloyati shaʼnini himoya qiladi.
' Jamoamizda 11 nafar oʻquvchi bor, ' deydi oʻqituvchi Zarina Parmonova. ' Tanlovga Usmon Azimning 'Kunduzsiz kechalar' asari asosida sahnalashtirilgan spektaklni tayyorlab kelganmiz.
Jamoalar 'Bizning maktab' shartida oʻz maktabi yutuqlarini koʻrsatib berishi va beshta savolga javob topishi kerak boʻlsa, 'Teatr ' ibratxona' shartida biror sahna asaridan parcha namoyish qilishi lozim.
Tanlov 3 kun davom etadi.
Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga yuz bergan aviahalokat yuzasidan taʼziya maktubi yoʻlladi
Davlatimiz rahbari qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.Eslatib oʻtamiz, bugun Hindistonning 'Air India' aviakompaniyasiga tegishli 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadobod shahridan havoga koʻtarilganidan biroz oʻtib halokatga uchradi. Fojia yuz bergan vaqta havo kemasi bortida 242 kishi boʻlgan.Kapitan halokatdan oldin Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qo
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Bosh vaziri bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.'Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Janobi Oliylariga qabul uchun minnatdorlik bildiramiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining eng samimiy salomlarini yetkazdik', ' deyiladi xabarda.Mazkur uchrashuv mamlakatlarimiz oʻ
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyaga boradi
19-22-may kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari bo'lib o'tadi.O'zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni Budapeshtga keladi.Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.Kun tartibidan ikki mamlakat o'rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalala
Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi
Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz