calendar 26 Feb 17:05
eye 70
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va munosib nishonlash toʻgʻrisida qaror imzoladi

image
Mamlakatimizda 9-may'''Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaga hissa qo'shgan urush va mehnat faxriylariga hamda Vatan ravnaqi, taraqqiyoti va uning himoyasi uchun kurashgan buyuk ajdodlarimizga alohida e'tibor va chuqur ehtirom ko'rsatish, shuningdek mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog'ida halok bo'lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari xotirasini ulug'lash yurtimizda oliyjanob qadriyatga aylangan.

Xalqimizning Vatan himoyasi yo'lidagi yuksak mardlik va qahramonliklari barcha avlodlar uchun namuna va ibrat maktabi vazifasini bajarib kelmoqda. Xususan, Ikkinchi jahon urushiga o'zbekistonliklarning 2 millionga yaqini safarbar etilib, shundan 538'ming nafardan ortig'i jang maydonlarida qahramonlarcha halok bo'lgan, 158'ming nafardan ortig'i bedarak yo'qolgan, mustaqillik yillarida 200 nafarga yaqin harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari mamlakatimizning tinchligi va osoyishtaligi yo'lida o'z jonini fido qilganlar.

Biz tinchlik va mustaqillik uchun o'z jonini ayamagan ota-bobolarimiz va mard o'g'lonlarimizning ulkan jasorati, matonati hamda fidoyiliklarini yuragimizda abadiy saqlaymiz.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaning 80-yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga puxta tayyorgarlik ko'rish, uni yuksak darajada o'tkazish, O'zbekiston xalqining tarixiy qahramonligi, fidokorona mehnatini ulug'lash, yosh avlodni ona Vatanga sadoqatli, bugungi tinch, osoyishta hayotni asrab-avaylashga qodir insonlar etib tarbiyalash maqsadida:

1.'Keng jamoatchilik vakillarining yurtimizda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaning 80-yilligi hamda 9-may'''Xotira va qadrlash kunini (keyingi o'rinlarda ' Xotira va qadrlash kuni)''Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo'lidagi qahramonlik unutilmaydi''shiori ostida o'tkazish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilsin.

2.'Quyidagilar:

9-may'''Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish dasturi (keyingi o'rinlarda'''Dastur) 1-ilovaga muvofiq;

9-may'''Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish bo'yicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3.'Ishchi guruh (A.'Aripov):

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari, mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimiz tinchligi, mamlakatimiz ravnaqi yo'lida jasorat va fidoyilik ko'rsatgan yurtdoshlarimizni xotirlash, ayni vaqtda hayot bo'lgan mehnat faxriylari va keksalarimizga hurmat-ehtirom ko'rsatishga qaratilgan tadbirlar yuqori saviyada o'tkazilishini tashkil etsin;

ushbu toifadagi shaxslarning yashash joyiga davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, harbiy qismlar komandirlari, davlat va jamoat arboblari, faxriylar, fan, madaniyat va san'at namoyandalari, yoshlar, shu jumladan, 'Vatan tayanchi' bolalar va o'smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a'zolarining tashriflarini, ular ko'rsatgan mardlik va jasoratning ahamiyatini targ'ib qilishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil qilsin;

yolg'iz va kam ta'minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining'yashash joylarini ta'mirlash, obodonlashtirish'bo'yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi va uning oqibatida nogiron bo'lgan shaxslar, front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog'ida halok bo'lgan yoki nogiron bo'lib qolgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda ularning oila a'zolariga'moddiy va ma'naviy yordam ko'rsatilishini ta'minlasin;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va uning oqibatida nogiron bo'lgan shaxslarga hamda 1941'1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilariga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan bir yo'la to'lanadigan pul mukofoti tantanali ravishda topshirilishini tashkillashtirsin;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va uning oqibatida nogiron bo'lgan shaxslarga, front orti mehnat faxriylariga''Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaning 80-yilligi' yubiley medallarini tantanali ravishda topshirsin;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va uning oqibatida nogiron bo'lgan shaxslarning'har biriga tibbiy xizmat ko'rsatish hamda ularni parvarish qilish'maqsadida tibbiyot mutaxassislarini belgilangan tartibda shartnoma asosida biriktirgan holda'doimiy ravishda patronaj xizmatini yo'lga qo'ysin;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylariga ularning xohishlariga ko'ra respublika hududidagi'sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan bir martalik bepul yo'llanmalar taqdim etilishini ta'minlasin.

4.'Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Madaniyat vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda:

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlarda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha'kompleks tadbirlarni'amalga oshirsin;

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markazlaridagi''Vatanparvar' bog'lari'va boshqa belgilangan joylarda davlat va jamoat arboblari, faxriylar, fan, madaniyat va san'at namoyandalari, yoshlar, 'Temurbeklar maktabi' va Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseylar o'quvchilari, shu jumladan, 'Vatan tayanchi' bolalar va o'smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a'zolari ishtirokida''uch avlod uchrashuvlari'ni tashkil etsin;

ko'chalar va maydonlar Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan ko'rgazmali targ'ibot va tashviqot vositalari bilan bezatilishini ta'minlasin.

5.'Belgilansinki, Xotira va qadrlash kuni tadbirlarini o'tkazish hamda turli hududlarda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari vakillarini ushbu tadbirlarga jalb qilish bilan bog'liq barcha xarajatlar:

Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda'''tegishli mahalliy byudjetlar hamda homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;

Toshkent shahrida'''Toshkent shahri hokimligi zaxira mablag'lari, homiylik xayriyalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;

milliy va zamonaviy sport turlari bo'yicha xotira turnirlari hamda 'Men g'olib' yugurish marafonlari ' Dasturda belgilangan mas'ul ijrochi vazirlik, idoralar va tashkilotlarning mablag'lari hisobidan qoplanadi.

6.'Mudofaa vazirligi Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda 'Yangi O'zbekiston' bog'ida'2025-yil 9-may kuni soat 21.00'da Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan bayram salyuti va mushakbozligini tashkil qilsin.

7.'Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tantanali tadbirlar o'tkaziladigan hamda bayram salyuti va mushakbozligi tashkil etiladigan joylarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong'in xavfsizligini ta'minlash choralarini ko'rsin.

8.'O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi, 'Dunyo' axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bilan bog'liq jarayonlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.

9.'Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.'Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.'Maxmudov zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.'Mirziyoyev


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
360
0
xs.uz

Bundan buyon tuman MMTB rahbarlari sohaga bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlarga jalb qilinmaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi.Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari oʻtkazish, madaniyat va istirohat bogʻlarida sanʼat ko

17 May 21:46
 
360
0
xs.uz

Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp — Shavkat Mirziyoyev

Soʻnggi yetti yilda bogʻchalar bilan qamrov 700 mingdan 2,3 millionga yetkazildi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bogʻchalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.'Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp. Bogʻchalar nafaqat tarbiya, balki bolada taʼlim olish uchun ilk koʻnikmalarni shakllantiradigan maskanga aylani

17 May 21:46
 
357
0
xs.uz

MMTV qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha koʻp ishlar qilinayotgani, bu borada alohida qonun ham qabul qilingani qayd etildi.'Toʻgʻri, bugungi kunda yoshlar maʼnaviyati bilan hamma shugʻullanyapti.Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targʻiboti, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha professional tashkilot yoʻq', dedi Prezi

17 May 21:46
 
356
0
xs.uz

Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

2025-yil 16-may kuni qabul qilingan 'Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonunga (OʻRQ-1063-son) muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi. Ushbu oʻzgartirishlar pivo va tamaki mahsulotlari savdosi, parrandachilik sohasi hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga tegishli.Qonunga koʻra, endilikda pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar bel