calendar 17 May 21:46
eye 100
comments 0
comments Manba: xs.uz

MMTV qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha koʻp ishlar qilinayotgani, bu borada alohida qonun ham qabul qilingani qayd etildi.

'Toʻgʻri, bugungi kunda yoshlar maʼnaviyati bilan hamma shugʻullanyapti.

Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targʻiboti, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha professional tashkilot yoʻq', dedi Prezident.

Shu munosabat bilan Prezident qarori bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi.

Markaz bolalar tarbiyasi va sogʻligʻiga salbiy taʼsir qiladigan axborot makonidagi kontentni tahlil qiladi. Mahalliy ijodkorlarga milliy kontent yaratish boʻyicha buyurtma beradi, sohada kadr tayyorlashni tashkil qiladi. Qori Niyoziy instituti markazga ilmiy jihatdan koʻmaklashadi.

Shu bilan birga, bu masalalar faqatgina bitta markazning ishi boʻlib qolmasligi, masʼul barcha vazirliklar markaz bilan ishlarni boshlashi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Bolalar kontentini rivojlantirish markaziga direktor etib taniqli rejissyor Jahongir Ahmedov tayinlandi.

Yigʻilishda sanoqli kunlardan keyin 6 milliondan ziyod oʻquvchi va 1 milliondan ortiq talaba taʼtilga chiqishi taʼkidlandi. Yoz oylarida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish muhim ahamiyatga ega ekani koʻrsatib oʻtildi.

Barcha hokimlar va taʼlim sohasi rahbarlariga yozgi taʼtil vaqtida barcha taʼlim muassasalarining sport maydonchasi va oʻquv xonalarida yoshlar uchun sport, fan va kasb toʻgaraklarini ochish topshirildi.

Masalan, oʻzlashtirish darajasi past maktablarga oqsayotgan fanlar boʻyicha eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinib, oʻquvchilar uchun haftasiga olti soatlik oʻquv kurslari tashkil qilinadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
82
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlatimiz rahbari tashrif davomida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qiladi, bunyodkorlik ishlari va turli loyihalar bilan tanishadi.

16 Apr 09:12
 
44
0
xs.uz

Prezident Yangi Andijonga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi

Bildirilishicha, davlat rahbari Yangi Andijon shahridagi 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida oʻtayotgan xalq saylida soʻzga chiqib, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan oʻzbek xalqi va millatini butun dunyoga tarannum etgan shoh va shoir ' Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qilgan.'Ishonchim komil', bu tashabbus har tomonlama xalqimizning koʻnglidagi ish boʻladi. Nega deganda, hazrati Bobur ' jahon tari

14 Apr 06:18
 
43
0
xs.uz

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila Oʻzbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi voyaga yetmagan bolaning zarur hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarda yordamlashgan. Shuningdek, u Novosibirsk aeroportida ota-onasiga topshirilgan.Ushbu oila joriy yilning 9-aprel kuni Rossiyaning S7 aviakompani

13 May 14:37
 
6
0
xs.uz

Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi

Maʼlum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 5-may kuni qabul qilingan 78-son farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi.Farmonga koʻra, akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy taʼli