calendar 14 May 19:22
eye 40
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Pashinyan yil oxirigacha Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga umid bildirdi

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bugun, 14 may kuni mamlakatning joriy yil Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishini istashini aytdi. U bu haqda Daniyada bo‘lib o‘tayotgan Demokratiya sammitida so‘z ochdi.

Jurnalistning “Armaniston YeIga qachon qo‘shilishni xohlar edi”, degan  savoliga arman hukumati yetakchisi “Qaysi yil? Bu yil”, deya javob bergan.

Fevral oyi oxirida Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan jurnalistlarning Yerevanning YeI bilan munosabatlarini chuqurlashtirish va Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod maqomini olishga tayyorligi haqidagi savoliga javob berar ekan, u mamlakat o‘zi uchun maksimal xavfsizlikni ta’minlaydigan yo‘nalishda harakat qilishini aytgan edi.

Mart oyida esa Armaniston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Ararat Mirzoyan Turkiyaning “TRT World” telekompaniyasiga bergan intervyusida Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish g‘oyasi Armaniston tomonidan faol muhokama qilinayotgan qator masalalardan biri ekanligini aytgan. Undan avvalroq Pashinyan Yerevan YeI bilan munosabatlarni Yevroittifoq bunga tayyor bo‘lgani kabi rivojlantirishga ham tayyorligini bildirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, yaqin kunlarda Yerevanda minglab namoyishchilar Pashinyan iste’fosini talab qilib oyoqqa turgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 13:28
 
64
0
xs.uz

Isroil HAMAS bilan sulhga kelishib, Livan bilan urush ochilishi mumkin — ekspert

Livan jabhasida kuchlarni toʻplash uchun Isroil Falastinning HAMAS harakati bilan oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻlishi mumkin. Bu fikrlarni Turkiyaning Xavfsizlik va mudofaa strategiyalarini tadqiq qilish va amalga oshirish markazi direktori, Istanbul universiteti professori, isteʼfodagi general Fahri Erenel aytib oʻtdi.Oldinroq, 'New York Times' oʻz manbalariga tayanib muzokarachilar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu sulhga erishish uchun Falastinning HAMAS harakati bilan Gʻazo s

19 Aug 07:04
 
12
0
xs.uz

Ostona aeroportiga favqulodda qoʻngan samolyot yoʻlakdan chiqib ketdi

Shveysariya aviakompaniyasiga tegishli samolyot Qozogʻiston poytaxtidagi aeroportga favqulodda qoʻnib, ekipaj xatosi tufayli yoʻlakdan chiqib ketdi. Bu haqda 'Tengrinews' xabar berdi.Qayd etilishicha, bugun, 17-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da Tokiodan Syurixga uchayotgan Boeing 777-300ER samolyoti Ostona aeroportiga favqulodda qoʻngan. Bunga 50 yoshli yoʻlovchida insult alomatlari aniqlangani sabab boʻlgan.Maʼlumotlarga koʻra, samolyot muvaffaqiyatli qoʻnganidan soʻng, bu

27 Jul 14:46
 
60
0
qalampir.uz

Modi Ukrainaga ham borishi mumkin 

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi avgust oyida Ukrainaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda diplomatik manbalarga tayanib, WION axborot kanali xabar berdi. Manbalarga ko‘ra, hozircha tayyorgarlik bosqichida bo‘lgan tashrif avgust oyining uchinchi haftasida, katta ehtimol bilan 23 avgust kuni bo‘lib o‘tishi mumkin. Telekanalning qayd etishicha, avvalroq Vladimir Zelenskiy Modi bilan telefon orqali muloqot qilgan va Hindiston rahbarini o‘z mamlakatiga tashrif buyurishga taklif qi

19 Aug 07:04
 
20
0
xs.uz

Britaniya tanklari Kurskda, Dohada muzokaralar va Mahmud Abbos Turkiyada (+video)

Dohada nima gap?Dohadagi muzokaralar Gʻazoda qurbon boʻlgan falastinliklar soni 40 mingdan oshgani sababli mintaqaviy vaziyat kuchayishidan qoʻrquvlar fonida oʻtmoqda. Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbi payshanba kuni Dohada Isroil, AQSH, Qatar va Misr rasmiylari ishtirokida muzokaralar olib borilayotganini maʼlum qilgan edi.AQSH va mintaqaviy rasmiylarning bildirishicha, Gʻazo boʻyicha yangi boshlangan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar bugun ham davom etishi kutilmoqda.Muzokara