calendar 29 Jul 13:28
eye 69
comments 0
comments Manba: xs.uz

Isroil HAMAS bilan sulhga kelishib, Livan bilan urush ochilishi mumkin — ekspert

image
Livan jabhasida kuchlarni toʻplash uchun Isroil Falastinning HAMAS harakati bilan oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻlishi mumkin. Bu fikrlarni Turkiyaning Xavfsizlik va mudofaa strategiyalarini tadqiq qilish va amalga oshirish markazi direktori, Istanbul universiteti professori, isteʼfodagi general Fahri Erenel aytib oʻtdi.

Oldinroq, 'New York Times' oʻz manbalariga tayanib muzokarachilar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu sulhga erishish uchun Falastinning HAMAS harakati bilan Gʻazo sektoridagi mojaroni hal qilish boʻyicha oʻz pozitsiyasini yumshatishini taʼkidlayotgani haqida xabar bergan edi.

'Koʻrinishidan, Isroil Gʻazo sektoridagi operatsiyasini yakunlamoqda, Netanyahu AQSHga soʻnggi safari chogʻida AQSHning amaldagi prezidenti va nomzodlaridan qoʻllab-quvvatlov oldi. Shu nuqtayi nazardan, u butun harbiy kuchni mamlakat shimoliga oʻtkazish uchun HAMAS bilan oʻt ochishni toʻxtatish uchun jiddiy qadamlar qoʻyishi mumkin', deydi Erenel.

Uning fikricha, Livanga qarshi operatsiya boshlansa, Fransiya, Eron va Rossiya vaziyatga aralashishi mumkin. Xususan, Moskva buni Vashington manfaatlari yoʻlida AQSH tomonidan Oʻrtayer dengizi sharqida uyushtirilgan operatsiya sifatida koʻradi.

Shu oʻrinda mutaxassis Isroil Livanga bostirib kirish uchun bahona topish maqsadida Golan tepaliklaridagi sport maydonchasiga zarba berish bilan provokatsiya uyushtirishi yoki razvedka xatosi yuz berishi mumkinligini istisno etmadi.

'Hizbulloh' bunday zarbaga javoban qanday reaksiya boʻlishi mumkinligini yaxshi biladi', ' deydi ekspert.

Erenel, Golan tepaliklarida Isroil armiyasining eng muhim razvedka va maʼlumotlarni tahlil qilish markazlaridan biri joylashganligini taʼkidladi.

Shu yilning 10-iyul kuni Livanning 'Hizbulloh' harakati bosh kotibi Hasan Nasrulloh Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishilsa, Livan janubida muzokaralarsiz oʻt ochish toʻxtatilishini aytgandi.

Shanba kuni Isroil tez yordam xizmati Golan tepaliklariga berilgan zarbada 12 kishi halok boʻlganini maʼlum qildi. Isroil hujumda 'Hizbulloh' harakatini aybladi. Bosh vazir Benyamin Netanyahu Isroil ushbu hujumni javobsiz qoldirmasligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, 'Hizbulloh' bu uchun 'juda katta tovon' toʻlaydi.

Oʻz navbatida, 'Hizbulloh' Isroil tomonidan bosib olingan Golan tepaliklarida joylashgan Majdal Shams qishlogʻini oʻqqa tutishga aloqadorligini rad etdi. Shunga qaramay, Isroil rasmiylari Livan bilan urush yaqinlashib qolganini eʼlon qila boshladilar. Yakshanba kuni ertalab Isroil armiyasi Livan va mamlakat janubidagi 'Hizbulloh'ning bir qator marralariga zarbalar berganini aytdi.

1967-yilgacha Golan tepaliklari Suriyaning Kuneytra provinsiyasi tarkibiga kirgan. Unda asosan arablarning alohida etnik-diniy guruhi boʻlgan druzlar istiqomat qilgan. 1967-yilgi olti kunlik urush, shuningdek, 1973-yilgi Toʻrtinchi arab-Isroil urushi paytida ushbu strategik hududning uchdan ikki qismi Isroil tomonidan bosib olingan. 1981-yilda yahudiy davlati bir tomonlama ravishda mintaqa ustidan suverenitetini eʼlon qildi. Ammo BMT Xavfsizlik Kengashi bu qarorni tan olmadi.

Isroil ' Livan chegarasidagi vaziyat 2023-yil oktyabr oyida Gʻazo sektorida Isroil harbiy amaliyotlari boshlanganidan keyin yomonlashdi. Isroil armiyasi va 'Hizbulloh' jangarilari chegaradagi hududlarda har kuni bir-birlarining pozitsiyalariga oʻq uzmoqda. Livan Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning oʻqqa tutishi tufayli Livan janubida 100 mingga yaqin odam uyini tark etishga majbur boʻlgan. Isroil tomoni xuddi shunday vaziyatga tushib qolgan 80 mingga yaqin shimoliy Isroil aholisi haqida xabar berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
46
0
qalampir.uz

Ukraina o‘z raketalarini yaratishga yaqinlashmoqda – Zelenskiy

 Ukraina uzoq masofali raketalarini yaratish va ishlab chiqarishda muvaffaqiyatga erishmoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi. "Raketa dasturimiz yaxshi dinamikaga ega. Bu qiyin vazifa bo‘lsa-da, asta-sekin o‘z raketalarimizdan foydalanish qobiliyatiga yaqinlashmoqdamiz", deydi Vladimir Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hamkorlardan yordam olish bilan bir qatorda, “barcha vositalar va bor kuchi bilan Rossiya qo‘shin

26 Jul 22:52
 
139
0
qalampir.uz

Iroqdagi AQSH harbiy bazasi raketa zarbasiga uchradi

Iroq g‘arbidagi amerikalik harbiylar joylashgan Ayn al-Assad aviabazasi raketalardan o‘qqa tutildi. Bu haqda “Shafaq news” portali xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayanib xabar berdi.    Bidirilishicha, bazaga kamida ikkita raketa uchirilgan, biroq ishlatilgan raketalar turi noma’lumligicha qolmoqda. Hujum ortida kim turgani haqida ham hozircha noma’lum. “Xavfsizlik xizmatlari raketalar qaysi hududdan uchirilganini aniqlash bo‘yicha qidiruv ishlarini

14 Aug 06:38
 
20
0
xs.uz

Tomas Bax XOQ rahbariligiga yangi muddatga saylanmasligini eʼlon qildi

Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) rahbari Tomas Bax 2025 yilning mart oyida yangi muddatga saylanmasligini e'lon qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.2024 yil iyul oyida Parijda bo'lib o'tgan XOQ 142-sessiyasida Olimpiya Xartiyasiga Baxga o'z vakolatlarini kengaytirish va yangi muddatga saylanish imkonini beradigan tuzatish rad etildi. XOQ 141-sessiyasida tashkilotning bir qancha a'zolari shunday tashabbus bilan chiqqan edi.Endi XOQ yangi rahbari uchun saylov 2025 yil mart oyida Gretsiyada bo'lib o't

22 Jul 21:54
 
92
0
qalampir.uz

Nyu-Yorkda oila a’zolarini o‘ldirgan o‘zbekistonlik 200 yilga qamalishi mumkin

AQSHning Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik oilaning 4 nafar a’zosi o‘ldirib ketilgani, qurbonlar qotilning 56 yoshdagi onasi, akasining 27 yoshli ayoli va 4 va 5 yoshli jiyanlari ekanligi haqida xabar berilgandi. Bruklinda ushbu qotillikni sodir etgan shaxsning ismi Shahboz Rajabboyev ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “New York Daily News” xabar berdi. Nyu-York politsiyasi kecha, 21 iyul kuni Bruklindagi qotillikni sodir etgan 24 yoshli erkakka qarshi rasmiy ayblovni e