calendar 14 Aug 06:38
eye 20
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tomas Bax XOQ rahbariligiga yangi muddatga saylanmasligini eʼlon qildi

image
Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) rahbari Tomas Bax 2025 yilning mart oyida yangi muddatga saylanmasligini e'lon qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

2024 yil iyul oyida Parijda bo'lib o'tgan XOQ 142-sessiyasida Olimpiya Xartiyasiga Baxga o'z vakolatlarini kengaytirish va yangi muddatga saylanish imkonini beradigan tuzatish rad etildi. XOQ 141-sessiyasida tashkilotning bir qancha a'zolari shunday tashabbus bilan chiqqan edi.

Endi XOQ yangi rahbari uchun saylov 2025 yil mart oyida Gretsiyada bo'lib o'tadi.

70 yoshli Bax 2013 yilning kuzidan beri XOQ rahbari bo'lib ishlayapti. Bu lavozimda u Jak Rogge o'rnini egalladi. 2021 yilda bu lavozimga qayta saylandi.

Bax XOQ rahbarligida ishlagan birinchi nemis va birinchi olimpiya chempioni sanaladi. 1976 yilda Bax qilichbozlikning jamoaviy musobaqasida Olimpiada oltin medalini qo'lga kiritgan. 1977 yilda jahon chempioni bo'lgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
29
0
qalampir.uz

AQSH Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritdi

Qo‘shma Shtatlar olti nafar Xitoy fuqarosi va beshta Xitoy kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi xabar berdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, olti nafar xitoylik hamda tashkilotlar KXDRning ballistik raketa va kosmik raketa dasturiga yordam beruvchi tovarlarni xarid qilishda ishtirok etgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar xalqaro sanksiyalarni amalga oshirish uchun barcha vositalarni qo‘llash, jumladan, noqonuniy xarid tarmoqlarini kesish n

22 Jul 20:48
 
67
0
qalampir.uz

NATO 500 mingdan ortiq askarini shay holatga keltirmoqda

NATO Ukraina-Rossiya masalasida o‘zining 500 mingdan ortiq qo‘shinini jangovar shay holatga keltirishni boshladi. Bu haqda alyans matbuot kotibi Farah Daxlallah kecha, 21 iyul kuni SNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Daxlallahga ko‘ra, 2014 yilda Qrimning noqonuniy anneksiya qilinishi ortidan 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi muqarrar ravishda NATOni urushga tayyorligini qayta ko‘rib chiqishga va mudofaasini kuchaytirishga majbur qilgan. &ld

26 Jul 10:19
 
107
0
qalampir.uz

Xitoy Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi

Xitoy Ukrainaga insonparvarlik yordami yuborishda davom etadi. Bu haqda bugun, 24 iyul kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ukrainalik mavqedoshi Dmitriy Kulebaga Guanchjoudagi uchrashuvda aytdi. “Xitoy Ukrainadagi gumanitar vaziyatdan xavotirda va unga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishda davom etadi”, dedi Van I Qayd etish joizki, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli agressiyasi boshlanganidan beri Xitoyga birinchi t

26 Jul 10:19
 
44
0
qalampir.uz

Tayvanga “Gaemi” tayfuni yopirildi. Qurbonlar bor

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gaemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. To‘fon Tinch okeanining g‘arbiy qismini qamrab olgan. Filippinda esa mavsumiy yomg‘irlarni kuchaytirgan. Tayvandagi davlat idoralari va maktablar ikki kunga yopildi. Rasmiylar odamlarni uyda va qirg‘oq chizig‘idan uzoqroqda qolishga ch