calendar 22 Jul 20:48
eye 68
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

NATO 500 mingdan ortiq askarini shay holatga keltirmoqda

image

NATO Ukraina-Rossiya masalasida o‘zining 500 mingdan ortiq qo‘shinini jangovar shay holatga keltirishni boshladi. Bu haqda alyans matbuot kotibi Farah Daxlallah kecha, 21 iyul kuni SNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Daxlallahga ko‘ra, 2014 yilda Qrimning noqonuniy anneksiya qilinishi ortidan 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi muqarrar ravishda NATOni urushga tayyorligini qayta ko‘rib chiqishga va mudofaasini kuchaytirishga majbur qilgan.

“2014 yildan beri NATO jamoaviy mudofaa tizimimizdagi eng muhim o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Sovuq urush davridan beri eng keng qamrovli mudofaa rejalarini ishlab chiqdik, hozirda 500 mingdan ortiq askar yuqori shay holatda turibdi”, degan Farah Daxlallah.

Uning fikricha, asosiy sabab ittifoqchilarning Ukrainadagi kabi uzoq davom etadigan urushga tayyorligidir.

“Gap sanoat salohiyati, mudofaa xarajatlari va aholining munosabati haqida bormoqda. Ikkinchisi armiyaga chaqiruv masalasini o‘z ichiga oladi. Qo‘shinlarni yollash va o‘qitish bo‘yicha qarorlar esa alohida davlatlarga tegishli”, deydi NATO vakili.

Daxlallah, shuningdek, NATO a’zolarining qariyb uchdan bir qismi majburiy harbiy xizmatga egaligi, ayrim ittifoqchilar harbiy xizmatni joriy etish haqida o‘ylayotganini ta’kidlagan.

NATO vakilining so‘zlariga ko‘ra, asosiysi ittifoqchilar o‘z hududi va xalqini himoya qilish uchun jangovar tayyor qurolli kuchlarga ega bo‘lishda davom etishidir.

“Bu ishlarning ortidan biz urushga safarbar qilish, harbiy texnika ishlab chiqarish, xodimlarni yollash va o‘qitish usullarini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelishi mumkinligini anglab turibmiz. 2024 yilda millionlab odamlarni potensial urushning go‘sht maydalagichiga tashlash uchun qanday safarbar qilish kerakligi haqidagi savollar bilan kurashayotganimiz fojiali haqiqat, ammo Rossiya bizni aynan shu joyga olib keldi”, degan Yevrosiyo tadqiqotlari direktori, iste’fodagi AQSH armiyasi polkovnigi Robert Hamilton.

NATO Oliy qo‘mondoni lavozimida ishlagan iste’fodagi general Uesli Klarkning fikriga ko‘ra esa, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘zining “Sovet imperiyasini tiklash” maqsadiga erishish yo‘lida Ukrainada nihoyat ochiq mojaroga murojaat qilganidan keyin Yevropada kengroq urush xavfi ortgan. 

“Hozir Yevropada biz tasavvur ham qilmagan urush ketmoqda. Bu yangi Sovuq urushmi yoki paydo bo‘layotgan issiq urushmi – noma’lum. Ammo bu NATOning mudofaani qayta tiklashimiz kerakligi haqidagi juda shoshilinch ogohlantirishidir”, deydi Kosovo urushi paytida NATO kuchlariga rahbarlik qilgan Klark.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO sammitida 24 davlat yetakchilari “Ukraina shartnomasi”ni imzolagani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
28
0
xs.uz

Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya rahbari bilan nimalarni muhokama qildi?

Suriyalik siyosatchining Kremldagi aniq missiyasi haqida deyarli maʼlumotlar mavjud emas. Ammo bu uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi ittifoqchilikni koʻrsatib berishi mumkin. Bu haqda 'Deutsche Welle' nashri xabar berdi.Qayd etilishicha, uchrashuvda Asad Yaqin Sharq boʻylab mojarolar kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu keskinlashuvni alohida taʼkidlab, bunday holatlarning Suriyaga bevosita taʼsirini qayd etgan. Bashar Asad ham bugungi kundagi glob

29 Jul 16:38
 
145
0
xs.uz

Shimoliy Koreya hududlarida kuchli yomgʻir yogʻdi. Aholini evakuatsiya qilishga shaxsan Kim Chen In rahbarlik qilgan

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Kim Chen In bir kun oldin qutqaruv markazi tashkil etilgan aviabazaga yetib kelgan va yomgʻirdan jabr koʻrgan mahalliy aholini evakuatsiya qilishni shaxsan oʻzi nazorat qilgan. Operatsiyaga Koreya xalq armiyasi havo kuchlari vertolyotlari va dengiz flotining qutqaruv kemalari jalb qilingani maʼlum.'

24 Aug 17:27
 
13
0
xs.uz

Isroil raketani bu safar qayerga yoʻnaltirgani maʼlum boʻldi

Isroil Hizbulloh guruhiga tegishliligi gumon qilingan Livan janubidagi 10 dan ortiq nuqtaga zarba berdi. Bu haqda 'Guardian' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Hizbulloh avvalroq Isroil tomonidan anneksiya qilingan Golan tepaliklariga 50 dan ortiq raketa otgan va uchuvchisiz dronlar orqali bombardimon qilgan. Isroilning hujumlari esa qurol omborlari, harbiy binolar va Hizbulloh tomonidan qoʻllanilgan oʻq otish moslamasini nishonga olganligi aytilmoqda.Otishma AQSH prezidenti Jo Bayden Is

26 Jul 10:19
 
43
0
qalampir.uz

Tayvanga “Gaemi” tayfuni yopirildi. Qurbonlar bor

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gaemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. To‘fon Tinch okeanining g‘arbiy qismini qamrab olgan. Filippinda esa mavsumiy yomg‘irlarni kuchaytirgan. Tayvandagi davlat idoralari va maktablar ikki kunga yopildi. Rasmiylar odamlarni uyda va qirg‘oq chizig‘idan uzoqroqda qolishga ch