calendar 22 Jul 21:54
eye 93
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Nyu-Yorkda oila a’zolarini o‘ldirgan o‘zbekistonlik 200 yilga qamalishi mumkin

image

AQSHning Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik oilaning 4 nafar a’zosi o‘ldirib ketilgani, qurbonlar qotilning 56 yoshdagi onasi, akasining 27 yoshli ayoli va 4 va 5 yoshli jiyanlari ekanligi haqida xabar berilgandi.

Bruklinda ushbu qotillikni sodir etgan shaxsning ismi Shahboz Rajabboyev ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “New York Daily News” xabar berdi.

Nyu-York politsiyasi kecha, 21 iyul kuni Bruklindagi qotillikni sodir etgan 24 yoshli erkakka qarshi rasmiy ayblovni e’lon qildi. Nashrning yozishicha, oila qotiliga 4.1 va 4.2-darajali qotillikni amalga oshirganlik ayblovi bilan jami 200 yil qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

“New York Post” nashri oila qo‘shnilariga tayanib bergan ma’lumotida gumonlanuvchining ruhiy nosog‘lom bo‘lishi mumkinligi va giyohvand moddalar iste’mol qilishini keltirib o‘tgan. Biroq sudga Rajabboyevning tarmoqdagi raqamli izlaridan uning ruhiy sog‘lom va giyohvand bo‘lmagan holda jinoyatga qasddan qo‘l urgani ma’lum bo‘ldi. Erkakning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari Rajabboyevning AQSHdagi eng yirik banklardan biri – Bank of America’da ishlaganini ko‘rsatadi.

AQSH qonunchiligiga ko‘ra, mamlakatda qotillik darajalarga qarab turlanadi. Odam o‘ldirishning eng og‘ir turi 1-darajali qotillik bo‘lib, bu qasddan odam o‘ldirishdir. 2-darajali qotillik esa jahl ustida, ya’ni rejalashtirmagan holda odam o‘ldirishga aytiladi. Ba’zi hollarda qotillik tafsilotiga qarab, inson birdaniga bir inson o‘limi uchun 1 va 2-kategoriyada qotillikni amalga oshirishda ayblanishi mumkin. Nyu-York Amerikaning o‘lim jazosi qo‘llamaydigan shtati hisoblanadi. Bu jinoyat uchun Rajabboyev har bir 1-toifa qotilligi uchun 25 yildan umrbod qamoq jazosi hamda 2-toifa qotillikning har biri uchun 25 yilgacha qamoq jazosi, jami 200 yil qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Pensilvaniya shtatida o‘zbekistonlik ayol sobiq eri tomonidan o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi. Ayolning 44 yoshli Al Allaberg ismli sobiq turmush o‘rtog‘i uning xonadoniga bostirib borgan va uning ko‘krak qafasiga bir necha marta o‘q uzgan. Sobiq xotinining o‘lganiga ishonch hosil qilgan Allaberg o‘zining boshiga o‘q otib, joniga qasd qilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
48
0
qalampir.uz

Xitoy Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi

Xitoy Ukrainaga insonparvarlik yordami yuborishda davom etadi. Bu haqda bugun, 24 iyul kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ukrainalik mavqedoshi Dmitriy Kulebaga Guanchjoudagi uchrashuvda aytdi. “Xitoy Ukrainadagi gumanitar vaziyatdan xavotirda va unga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishda davom etadi”, dedi Van I Qayd etish joizki, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli agressiyasi boshlanganidan beri Xitoyga birinchi t

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

Netanyaxu AQSHni Eronga qarshi harbiy ittifoq tuzishga taklif qildi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHga Eron tahdidiga qarshi turish uchun o‘z mamlakati bilan harbiy ittifoq tuzishni taklif qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul AQSH Kongressida so‘z ochdi. Netanyaxu Vashingtonni Isroilga G‘azo sektoridagi HAMAS guruhini tezda mag‘lub etishi uchun harbiy yordam yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi. Netanyaxuning iddao qilishicha, Isroilning HAMASga qarshi urushi ikki sivilizatsiya o‘rtasidagi ziddiyat emas, balki “sivilizatsiya va vah

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Polsha Xitoyga eksport yo‘lini to‘sib qo‘yish bilan tahdid qildi – “Bloomberg”

Polsha hukumati Belarus bilan chegaradagi migratsiya inqirozining kuchayishini sekinlashtirish uchun Xitoydan Belarusga bosim o‘tkazish uchun foydalandi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Polsha Prezidenti Anjey Duda iyun oyi oxirida Pekinga tashrifi chog‘ida Xitoydan Yevropaga migratsiya va tovarlarni mamlakat orqali olib o‘tish masalalarini ko‘targan. Xususan, “Malashevich” nazorat-o‘tkazish punk

27 Jul 17:16
 
79
0
qalampir.uz

Shahzoda Garri xotini Meganga suiqasd uyushtirilishidan qo‘rqmoqda

Britaniya qiroli Charlz III ning kenja o‘g‘li shahzoda Garri agar uning rafiqasi, Sasseks gersoginyasi Megan Markl Buyuk Britaniyaga qaytib kelsa, unga nisbatan suiqasd uyushtirilishidan cho‘chimoqda. Bu haqda u ITV’ga bergan intervyusida so‘z ochdi. Shahzodaning aytishicha, Britaniya tabloidlari amerikalik aktrisaning salbiy obrazini yaratishi, bu ruhiy jihatdan nosog‘lom odamni ham jinoyat sodir etishga undashi mumkin. Shahzoda Garri bir necha yildan buyon qirollik sudlar