calendar 10 Oct 16:59
eye 40
comments 0
comments Manba: xs.uz

Isroil BMTning Livandagi missiyasiga hujum qildi

image
Isroil harbiylari BMTning Livandagi muvaqqat kuchlari (UNIFIL) tinchlikparvar qoʻshinlari shtab-kvartirasi hududidagi obyektga qarata oʻt ochgan. Bu haqda 'Al Jazeera' telekanali missiyadagi manbaga tayanib xabar tarqatdi.

'Isroil armiyasi Ras an-Nakuradagi shtab-kvartirasida UNIFIL kuchlarining kuzatuv minorasiga hujum qildi', ' deyiladi telekanal saytida.

'Al Jazeera' manbalariga koʻra, jami Isroil harbiylari Livan janubidagi BMT tinchlikparvar kuchlarining uchta pozitsiyasiga oʻt ochgan, ikki kishi yengil yaralangan.

'Times of Israel' avvalroq yozganidek, Isroil mudofaa kuchlari 'Hizbulloh'ga qarshi quruqlikdagi operatsiya vaqtida tinchlikparvarlik missiyasi yonida oʻz pozitsiyalarini joylashtirgan va BMT vakillarini xavf ostiga qoʻygan. Missiya vakillarining gazetaga aytishicha, Isroil tinchlikparvar kuchlarni qayta joylashtirishni soʻragan, biroq rad javobi berilgan. 'Hizbulloh' matbuot xizmatining xabar berishicha, Marun Ar-Ras aholi punkti hududidagi Isroil harbiy otryadi BMT tinchlikparvar kuchlaridan tirik qalqon sifatida foydalangan.

Shu yilning 23-sentyabridan beri Isroil mudofaa kuchlari 'Hizbulloh' manzillarini ommaviy bombardimon qilmoqda. Bunda harakat yetakchilari, jumladan, Bosh kotib Hasan Nasrulloh va uning ehtimoliy vorislari halok boʻlgan. 1-oktyabr kuni Isroil armiyasi Livanda quruqlikdagi operatsiyani boshladi.

Isroilda harbiy kampaniyaning asosiy maqsadi bir yil avval 'Hizbulloh' tomonidan HAMASni qoʻllab-quvvatlash maqsadida boshlangan oʻqqa tutilishi tufayli evakuatsiya qilishga majbur boʻlgan mamlakatning shimoliy hududlarida yashovchi 60 ming aholining qaytishi uchun sharoit yaratishdan iborat.

Kuzatuvchilarning qayd etishicha, Isroil 2006-yildagi Ikkinchi Livan urushidan beri Livanga bunday shiddat bilan hujum qilmagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Nov 03:18
 
11
0
xs.uz

Dunyodagi eng xavfli infeksiya maʼlum boʻldi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari dunyodagi eng halokatli yuqumli kasallik nomini maʼlum qildi. Qayd etilishicha, COVID-19 rekordini sil kasalligi yangiladi.Hisobot mualliflari 2023-yil uchun 193 mamlakat maʼlumotlarini tahlil qildi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, 1,25 million kishi sil kasalligidan, 320 ming kishi esa koronavirusdan vafot etgan.2023-yilda 10,8 million kishi sil kasalligiga chalingan, bu bir yil avvalgidan (10,7 million) biroz koʻp. Bu koʻrsatkichining 56 foi

09 Oct 12:40
 
34
0
xs.uz

Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi

Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir

18 Nov 04:58
 
10
0
xs.uz

Shafqatsiz Sara: Gondurasda 20 ming kishi yaralandi

Tohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endfondan yuzlab oilalar jabr kohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endrdi. Kohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endpchilikda elektr va ichimlik suvi yohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endq.'Bu dahshatli. Biz birinchidan Xudoning, ikkinchidan hokimiyatning yordamiga muhtojmiz. Ular hamma narsani tashlab ketishdi. Hech bohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endlmaganda yaxshi kohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endprik qursalar edi...'

18 Nov 04:58
 
13
0
xs.uz

Uch, ikki, bir - uyqu: uxlab qolish formulasi ma’lum bohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endldi

Formuladagi 10-raqam uyqudan oldin soatlar soni bo'lib, unda siz dietangizdan qahva, choy, energetik ichimliklar, shokolad va gazlangan ichimliklarni chiqarib tashlashingiz kerak. Shuningdek, shirinliklardan voz kechish tavsiya etiladi.'3' - uxlashdan oldingi soatlar sonini bildiradi. Bu vaqtda umuman ovqatlanmaslik hamda spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaslik yaxshiroq. Og'ir yoki achchiq ovqatlar noqulaylik tug'diradi va uyquga xalaqit beradi, spirtli ichimliklar esa uyqu sifatini yomonlasht