calendar 24 Aug 17:27
eye 15
comments 0
comments Manba: xs.uz

Putin 13 yildan soʻng Chechenistonga tashrif buyurdi

image


Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutilmaganda Chechenistonga tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, soʻnggi marotaba bunday tashrif 2011-yilda sodir boʻlgan. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tashrif chogʻida Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi aksariyat musulmonlar yashaydigan respublika rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashuv oʻtkazgan. Bu uchrashuvning ahamiyati shundaki, Moskva Kursk viloyatidagi harbiy bosimni kamaytirish uchun aynan jipslikni taʼminlashga harakat qilmoqda.

Qayd etish kerakki, Ukrainaning Kursk viloyatiga hujum boshlashi oqibatida Rossiya ayrim hududlarini yoʻqotdi va yangicha mudofaa va hujum strategiyasini qoʻllashga kirishdi. Vaziyat keskinligicha qolishi esa armiyani kuchaytirishni talab qiladi.

Chechenistonga tashrif davomida Putin oʻz sharafiga nomlangan maxsus harbiy kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi va u yerda Ukrainada jangga tayyorgarlik koʻrayotgan koʻngilli askarlar bilan suhbatlashdi. U qoʻshinlarga Rossiyada ular kabi fidoyi askarlari bor ekan, 'yengilmas' boʻlib qolishini aytgan.

Qodirov Putinga uning respublikasida Ukraina qoʻshinlariga qarshi jangga kirishga tayyor 'oʻn minglab' zaxiradagi askarlari borligini maʼlum qildi. Mojaro boshlanganidan beri Qodirovning maxsus kuchlar akademiyasi 40 mingdan ortiq jangchilarni tayyorlagan.'

Aytish mumkinki, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Kurskdagi jangovar salohiyatini zaiflashtirish ularning mudofaa operatsiyalarining asosiy qismi ekanligini taʼkidlagandi.

Hozircha Putinning Chechenistonga borishidagi asosiy maqsadlar maʼlum emas, shunga qaramasdan, bu mojaroni kuchaytirishi kutilmoqda.

Avvalroq, 18 yoshli oʻzbekistonlik shaxmatchi Magnus Karlsenni 3 daqiqada taslim qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 17:08
 
85
0
xs.uz

Hindistonda xavfli virus tarqalmoqda

Hindiston gʻarbidagi Gujarat shtatida 50 kishi xavfli Chandipura virusini yuqtirib olgan.Shtat sogʻliqni saqlash vaziri Rushikesh Patelning aytishicha, u bilan zararlangan 16 kishi hayotdan koʻz yumgan. Boshqa shtatlarda ham uchta holat qayd etilgan.Patelning qoʻshimcha qilishicha, virus haqidagi maʼlumotlar Gujaratdagi barcha qishloqlar va sogʻliqni saqlash markazlariga yetkazilgan.Chandipur virusi hasharotlar chaqishi orqali yuqadi. U Hindistonning Maxarashtra shtatidagi qishloq sharafig

03 Sep 21:35
 
17
0
xs.uz

Ilon Maskga tegishli kompaniya Qozogʻistondagi 1800 ta maktabni internet bilan taʼminladi

Qozogʻiston hukumati SpaseX kompaniyasining 'Starlink' terminallari yordamida deyarli 1,8 ming maktabni internetga uladi. Bu haqda Report.az xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hozirda orbitada 4500 dan ortiq 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshlari mavjud. Ushbu yoʻldoshlar orqali Qozogʻistondagi 1800 ta maktab endi internet bilan toʻla taʼminlanadi.'Raqamli infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda, bugungi kunda 1757 ta maktabda 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshli internet tar

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Kongressdagi demokratlarning yarmi Netanyaxu nutqini boykot qildi

AQSH Kongressidagi demokratlarning yarmi kecha, 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Kongress palatalarining qo‘shma yig‘ilishida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning nutqiga kelmadi. Bu haqda “Axios” portali xabar berdi. Ko‘plab demokratlarning ta’kidlashicha, Isroilning ilg‘or tanqidchilari, Netanyaxuning G‘azodagi urush uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’kidlab, norozilik sifatida tadbirni ochiqdan ochiq boykot qilgan. “Isroil Bosh vazirining nut

19 Jul 21:29
 
78
0
qalampir.uz

Rossiyada WSJ muxbiri 16 yilga qamaldi

Sverdlovsk viloyat sudi amerikalik “Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovichni 16 yilga qattiq rejimli koloniyaga hukm qildi. Bu haqda TASS xabar berdi. "Gershkovich Evan aybdor deb topilib, 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini qat’iy rejimli koloniyada o‘tashga tayinlansin", deyiladi sud hukmida. “Wall Street Journal” muxbiri Moskvadagi Lefortovo sudi qarori bilan josuslik ishi bo‘yicha hibsga olingan. Avvalroq prokuratura unga