calendar 19 Jul 21:29
eye 79
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiyada WSJ muxbiri 16 yilga qamaldi

image

Sverdlovsk viloyat sudi amerikalik “Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovichni 16 yilga qattiq rejimli koloniyaga hukm qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

"Gershkovich Evan aybdor deb topilib, 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini qat’iy rejimli koloniyada o‘tashga tayinlansin", deyiladi sud hukmida.

“Wall Street Journal” muxbiri Moskvadagi Lefortovo sudi qarori bilan josuslik ishi bo‘yicha hibsga olingan. Avvalroq prokuratura unga 18 yil qamoq jazosini so‘ragani xabar qilingan edi. Gershkovich esa josuslik bo‘yicha jinoiy ishda aybini tan olishdan bosh tortdi.

Ayni paytda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalist ishi bo‘yicha sud majlislari maxfiyligi sababini tushuntirdi.

“Bu yerda josuslik ayblovi bor, bu juda-juda nozik soha, shuning uchun sudya yopiq rejimni tanladi”, deydi u.

Gershkovich 2023 yil 30 mart kuni Yekaterinburgda josuslikda ayblanib hibsga olingan edi. U Sovet davridan beri Rossiyada hibsga olingan birinchi g‘arb jurnalisti bo‘ldi.

Rossiya tomonining ta’kidlashicha, muxbir 2023 yil mart oyida Markaziy razvedka boshqarmasi ko‘rsatmasi bilan "Uralvagonzavod" mudofaa korxonasi faoliyati to‘g‘risida maxfiy ma’lumotlarni yig‘ish uchun Yekaterinburgga kelgan va u, xususan, harbiy texnika ishlab chiqarish va ta’mirlashga oid ma’lumotlarga qiziqqan.

Amerika hukumati Gershkovichning hibsga olinishini noqonuniy deb atadi va uning ozod etilishini talab qilishiga ishontirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 15:26
 
54
0
xs.uz

Shimoliy Koreya keng koʻlamdagi kiber jinoyatlarni amalga oshirayotgani aytilmoqda

Shimoliy Koreya xakerlari butun dunyo boʻylab hukumatlar va xususiy kompaniyalarning yadro hamda harbiy sirlarini oʻgʻirlashga urinmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya, AQSH, Janubiy Koreya ogohlantirmoqda.Ushbu davlatlarga koʻra, 'Andariel' va 'Onyx Sleet' nomlari bilan mashhur guruh Pxenyanning harbiy va yadroviy dasturlari va maqsadlarini amalga oshirish yoʻlida maxfiy maʼlumotlarni olish uchun mudofaa, ayerokosmik, yadro hamda muhandislik sohalarini nishonga oladi.Guruh uranni qayta ishlash

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Kongressdagi demokratlarning yarmi Netanyaxu nutqini boykot qildi

AQSH Kongressidagi demokratlarning yarmi kecha, 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Kongress palatalarining qo‘shma yig‘ilishida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning nutqiga kelmadi. Bu haqda “Axios” portali xabar berdi. Ko‘plab demokratlarning ta’kidlashicha, Isroilning ilg‘or tanqidchilari, Netanyaxuning G‘azodagi urush uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’kidlab, norozilik sifatida tadbirni ochiqdan ochiq boykot qilgan. “Isroil Bosh vazirining nut

27 Jul 09:17
 
70
0
qalampir.uz

YeI Rossiya aktivlaridan tushgan foydani ilk marta Ukrainaga berdi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan foydani birinchi marta Kiyevga o‘tkazib berdi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.  Qayd etilishicha, aktivlaridan tushgan 1,5 milliard yevro miqdordagi foyda Ukrainani mudofaa va rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladi. YeI rahbarining ta’kidlashicha, buning uchun Moskvaning pullaridan foydalanish eng yaxshi variant

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Moskvada mashina portlatildi (video)

Bugun, 24 iyul kuni Rossiyaning Moskva shahri Sinyavinskaya ko‘chasidagi turarjoy binosi hovlisida noma’lum shaxs tomonidan shu yerda turgan avtomobil portlatib yuborildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi. Toyota Land Cruiser rusumli ushbu mashina portlashi oqibatida ikki kishi jabrlangani haqida bir qator OAVda turlicha talqinlar keltirilmoqda. Ularning aksariyati transport vositasida Rossiya Mudofaa vazirligi ofitseri, sun’iy aloqa radiomarkazi boshlig‘i o‘rinbosari