calendar 27 Jul 09:17
eye 69
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

YeI Rossiya aktivlaridan tushgan foydani ilk marta Ukrainaga berdi

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan foydani birinchi marta Kiyevga o‘tkazib berdi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi

Qayd etilishicha, aktivlaridan tushgan 1,5 milliard yevro miqdordagi foyda Ukrainani mudofaa va rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladi. YeI rahbarining ta’kidlashicha, buning uchun Moskvaning pullaridan foydalanish eng yaxshi variant hisoblanadi.

“Ukraina va butun Yevropani yashash uchun xavfsizroq joyga aylantirishda Kreml pulidan ko‘ra yaxshiroq narsa yo‘q”, deb yozadi Ursula fon der Lyayen.

Joriy yilning may oyida Yevropa Ittifoqi elchilari Bryusseldagi yig‘ilishda uzoq davom etgan maslahatlashuvlardan so‘ng, muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan mablag‘larni Ukrainaga harbiy yordamni moliyalashtirish uchun ishlatish rejasini kelishib olgandilar. O‘sha paytda YeIga raislik qilgan Belgiya rasmiylarining xabar qilganidek, pul Ukrainaning har tomonlama tiklanishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mamlakat mudofaasiga sarflanadi. Birgina 2024 yilda to‘lovlar miqdori 3 milliard yevrogacha yetishi mumkin. Uning 90 foizi mamlakatning harbiy ehtiyojlariga yo‘naltiriladi.

Ushbu reja bo‘yicha muzokaralar, jumladan, Avstriya va boshqa bir qator davlatlar qurol va o‘q-dorilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishda ishtirok etishdan bosh tortganligi sababli uzoq vaqt davom etdi. Germaniyaning “dpa” axborot agentligiga ko‘ra, ushbu davlatlarning iltimosiga asosan, Rossiya daromadlaridan keladigan foizlarning bir qismi yordamning boshqa turlariga yo‘naltirilishi to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning mart oyida Yevropa Ittifoqi 2022-2023 yillarda muzlatilgan Rossiya aktivlarini investitsiya qilishdan olingan 5 milliard yevro daromadni Ukrainaga o‘tkazmaslikka qaror qilgandi. YeI aksincha aktivlardan tushgan mablag‘larni markaziy qimmatli qog‘ozlar depozitariylarining Ukrainadagi urush tufayli ko‘rgan xarajatlari, risklari va yo‘qotishlarini qoplashga sarflashni taklif etgan. Ukraina hukumati esa bu qarorga qarshi chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi va Ukraina Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari haqidagi kelishuvni imzolagani xabar qilingandi. Shuningdek, YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni olti oyga uzaytirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Jul 19:22
 
57
0
qalampir.uz

Zelenskiy Ukrainaga qancha F-16 kerakligini aytdi

Ukraina mudofaasi uchun 128 ta F-16 qiruvchi samolyot kerak. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 10 iyul kuni Vashington shahridagi Reygan institutidagi nutqida aytib o‘tdi. Zelenskiy NATO tomonidan Ukrainaga va’da qilingan F-16 qiruvchi samolyotlarining soni juda kamligi, shuningdek, ular juda kechikayotganligini ta’kidladi. “F-16 qiruvchilari bilan bog‘liq muammo ularning soni va yetkazib berilish sanasida. Rossiya Ukrainaga qarshi hujumlarda har kuni 3

15 Jul 12:02
 
48
0
qalampir.uz

Putinga suiqasdlar bo‘ldi, lekin ular muvaffaqiyatsiz tugadi – Budanov

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga suiqasd uyushtirishga urinishlar bo‘ldi, biroq ularning barchasi muvaffaqiyatsiz tugadi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov NV nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. "Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga nisbatan suiqasdlar bo‘ldi , lekin ular  hozirgacha muvaffaqiyatsiz", dedi Budanov. Shuningdek, Putin o‘z doirasi uchun murosasiz shaxs yoki "hammaga mos keladigan hakammi

14 Aug 06:38
 
12
0
xs.uz

“Hizbulloh”ning zarbasi, Yaqin Sharqdagi shaylik va Zaporojyeda yongʻin (video)

AQSH Yaqin Sharqqa suvosti kemalarini joʻnatmoqdaAQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaqin Sharqqa atom suvosti kemasini joʻnatib, tezroq yetib borishga buyruq berdi. Shuningdek, u 'Abraham Lincoln' samolyotlar tashuvchi kemasini yoʻnaltirishni tezlashtirishga chaqirgan. Samolyot bortida F-35 va F/A-18 qiruvchi samolyotlari borligi maʼlum. Bu harakat HAMAS va 'Hizbulloh' yetakchilarining oʻldirilishidan soʻng Eronning javobidan xavotirlar fonida amalga oshirildi.Avvalroq Pentagon Isroilni himo

17 Jul 15:54
 
92
0
qalampir.uz

Respublikachilar qurultoyi yaqinida politsiya bir kishini otib o‘ldirdi

AQSHning Miluoki shahrida politsiyachilar respublikachilarning milliy qurultoyi o‘tkaziladigan joydan uch kilometr uzoqlikda shubhali erkakni otib o‘ldirdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi. Qayd etilishicha, guvohlar Miluokidagi 14 va Vliet ko‘chalari yaqinida beshta o‘q ovozini eshitgan. Otishmada Kolumbiya shtati politsiya boshqarmasi xodimlari ishtirok etgan. Miluoki meri Kavaler Jonsonning aytishicha, otishmaning Respublikachilar partiyasining shaharda o‘tkaz