calendar 14 Aug 06:38
eye 60
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Hizbulloh”ning zarbasi, Yaqin Sharqdagi shaylik va Zaporojyeda yongʻin (video)

image
AQSH Yaqin Sharqqa suvosti kemalarini joʻnatmoqda

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaqin Sharqqa atom suvosti kemasini joʻnatib, tezroq yetib borishga buyruq berdi. Shuningdek, u 'Abraham Lincoln' samolyotlar tashuvchi kemasini yoʻnaltirishni tezlashtirishga chaqirgan. Samolyot bortida F-35 va F/A-18 qiruvchi samolyotlari borligi maʼlum. Bu harakat HAMAS va 'Hizbulloh' yetakchilarining oʻldirilishidan soʻng Eronning javobidan xavotirlar fonida amalga oshirildi.

Avvalroq Pentagon Isroilni himoya qilish uchun mumkin boʻlgan barcha choralar koʻrilishi va mintaqaviy ziddiyatning kuchayishi munosabati bilan Yaqin Sharqda harbiy pozitsiyalarini kuchaytirishini taʼkidlagan edi.

AQSH harbiylarining ijtimoiy tarmoqlardagi postiga koʻra, USS Georgia atom suvosti kemasi iyul oyida Oʻrta yer dengizida boʻlgan, biroq suv osti kemasi joylashtirilgani ochiq eʼlon qilinmagan.

Shuningdek, Vashington Isroil mudofaasini Eronning ehtimoliy hujumidan kuchaytirishga intilayotgani sababli, AQSH harbiylari Yaqin Sharqqa qoʻshimcha qiruvchi samolyotlar va harbiy kemalarni joylashtirishini allaqachon maʼlum qilgan edi.

Pentagonning qoʻshimcha qilishicha, Ostin va Gallant fuqarolarga yetkazilgan zararni yumshatish, oʻt ochishni toʻxtatishga erishish va Gʻazoda garovga olinganlarni ozod qilish muhimligini ham muhokama qilgan.

'Hizbulloh' Isroilga raketa yoʻlladi

'Hizbulloh' guruhi Isroil shimoliga oʻrta masofali bir qancha raketa zarbasini yoʻllagan. 'CNN' nashriga koʻra, raketalar Livan janubidan, chegara oldi hududlarida uchirilgan.

Harakat rasmiylari bayonotiga koʻra, soʻnggi hujumlar Gʻazodagi Falastin xalqini qoʻllab-quvvatlash va Isroilning Livan janubidagi zarbalariga javob tariqasida otilgan.

Isroil tomoni hujumlarni tasdiqlab, 30 ga yaqin raketa uchirilganini maʼlum qilgan ammo fuqarolarga zarar yetkizmagan.

Tel-Aviv harbiy rahbariyati chegara hududlarida harbiy shaylik holati kuchaytirilganini xabar berib, aholi evakuatsiya xavfidan ogohlantirilgan.

Zaporojyeda yongʻin

Shu yilning 11-avgust kuni Zaporojye atom elektr stansiyasida yuz bergan yongʻin sababli Ukraina hamda Rossiya bir-birini ayblamoqda.

Kreml tomoni bunga Ukraina oʻqlari sabab boʻlganini aytdi. BMTning yadroviy nazorati tashkiloti obyektdan kuchli qora tutun chiqayotgani, ammo yadroviy xavfsizlikka hech qanday taʼsir koʻrsatmaganini aytdi.

Voqea Ukraina qoʻshinlari Rossiya ichkarisiga 30 kmgacha ilgarilab ketgan bir paytda roʻy berdi. Zelenskiy radiatsiya koʻtarilishi yoki yadro sizib chiqishi xavfi aniqlanmagani, Rossiya Kiyevni ayblash maqsadida ataylab olov keltirib chiqarganini maʼlum qildi. Kreml 12-avgust dushanba kuni yongʻin oʻchirilganini aytdi.

Atom elektr stansiyasi 2022-yildan beri Rossiya qoʻshinlari va rasmiylari nazoratida. U ikki yildan ortiq vaqt davomida quvvat ishlab chiqarmagan.

Rossiya hujumi oqibatida 2 kishi halok boʻldi

Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatiga transchegaraviy bostirib kirganligi bois Rossiya qasos uchun hujumlarga tayyorlanmoqda. Ukraina rasmiylarining maʼlum qilishicha, Kiyev tashqarisida Rossiya havo hujumi oqibatida kamida ikki kishi halok boʻlib, uch kishi yaralangan.

Shu yilning 11-avgust kuni Kiyev sharqida sodir boʻlgan hujumda 4 yoshli bola va uning 35 yoshli otasi halok boʻldi. Shuningdek, 3 kishi, jumladan, 12 yoshli bola ham yaralangan. Prezident Vladimir Zelenskiy bu holat Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan raketa bilan bogʻliqligini daʼvo qilmoqda. Hujum yuzasidan Rossiya tomoni hozircha izoh bermagan.

Kiyev havo-kuchlarining xabar berishicha, Moskvaning tungi zarbalarida Eronda ishlab chiqarilgan 57 ta uchuvchisiz dronlar uchirilgan boʻlib, 53 tasi havo mudofaasi tomonidan yoʻq qilingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:28
 
16
0
xs.uz

Tanzaniyada ikki avtobus toʻqnashuvi oqibatida 38 kishi qurbon boʻldi

Uning soʻzlariga koʻra, YTH 28-iyun kuni kechqurun Kilimanjaro viloyatiga qarashli Moshi shahri yaqinida sodir boʻlgan. Hodisada avtobuslardan birining shinasi yorilib ketgan va haydovchi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan boshqa bir avtobus bilan toʻqnashgan. Toʻqnashuvdan soʻng ikkala transport vositasi ham yonib ketgan.Kilimanjaro viloyati komissari 'Xinhua' agentligiga telefon orqali bergan intervyusida aytishicha, halok boʻlganlar orasida bir oi

31 May 08:50
 
58
0
xs.uz

Putin Lukashenkodan kartoshka soʻradi: Rossiyada kartoshka tanqisligi kuchaymoqda

Rossiyada kartoshka yetishmovchiligi tobora yaqqollashib bormoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, oʻtgan yili hosil yetarli darajada emas edi va mavjud zaxiralar ham deyarli tugagan. U mamlakatdagi vaziyatni ochiq tan oldi. Belarus esa bu yilgi barcha kartoshkasini Moskvaga yetkazib bergan.Yil boshidan beri Rossiyada kartoshka narxlari 52 foizga oshgan. Yigʻim-terim miqdori 12 foizga kamaygan. Belarusdan kartoshka importi hozirgi sharoitda yetarli taʼsir koʻrsatmayapti. Bundan tash

31 May 08:50
 
41
0
xs.uz

Ilon Mask Oq uyni tark etdi

Mashhur milliarder va tadbirkor Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi faoliyatini yakunladi. U 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida:'Maxsus davlat xodimi sifatida mening muddatim tugaydi. Samarasiz xarajatlarga qarshi kurashish imkoniyati uchun prezidentdan minnatdorman. Samaradorlik departamentining missiyasi vaqt oʻtishi bilan yanada mustahkamlanadi, chunki u butun hukumatning turmush tarziga aylanadi', ' deb yozdi Mask.Uning davlat xizmatidagi ishtiroki hukumat xarajatlari

31 May 08:50
 
120
0
xs.uz

AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi

Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongres