calendar 26 Jul 15:26
eye 52
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shimoliy Koreya keng koʻlamdagi kiber jinoyatlarni amalga oshirayotgani aytilmoqda

image
Shimoliy Koreya xakerlari butun dunyo boʻylab hukumatlar va xususiy kompaniyalarning yadro hamda harbiy sirlarini oʻgʻirlashga urinmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya, AQSH, Janubiy Koreya ogohlantirmoqda.

Ushbu davlatlarga koʻra, 'Andariel' va 'Onyx Sleet' nomlari bilan mashhur guruh Pxenyanning harbiy va yadroviy dasturlari va maqsadlarini amalga oshirish yoʻlida maxfiy maʼlumotlarni olish uchun mudofaa, ayerokosmik, yadro hamda muhandislik sohalarini nishonga oladi.

Guruh uranni qayta ishlashdan tortib tanklar, suv osti kemalari va torpedalargacha boʻlgan keng doiradagi maʼlumotni qidirib kelgan. Shuningdek, ular Buyuk Britaniya, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston va boshqa joylar nishonga olingani maʼlum. Ular ichida AQSH havo kuchlari bazalari, NASA, mudofaa kompaniyalar borligi aytilmoqda.

Shuningdek, Seulning xabar berishicha, Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning chip uskunalari ishlab chiqaruvchi tashkilotlarini buzib kirgan.

Eng ommabop kiber hodisalar ham ushbu mamlakat bilan bogʻliq. 2014-yilda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chin Inning oʻldirilishi tasvirlangan Gollivud komediya filmi uchun qasos sifatida 'Sony Pictures' kompaniyasiga hujum qilgan. Shuningdek, Shimoliy Koreya millionlab dollarlik yirik oʻgʻirliklarni amalga oshirgan 'Lazarus Group' faoliyati bilan ham tanilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:09
 
36
0
qalampir.uz

ISHID rahbarining bevasi o‘limga hukm qilindi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahridagi Al-Karx tumani jinoiy sudi ISHID yetakchisi, marhum Abu Bakr al-Bag‘dodiyning Ummu Hudayfa nomi bilan tanilgan xotini Isro Rajab Sahr al-Qaisiyni o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Shafaq News” xabar berdi. Nashrga ko‘ra, al-Qaisiy terrorchi guruh bilan hamkorlikda va Sinjar viloyatida qo‘lga olingan qullikdagi ayollarni majburiy tarzda hibsga olganlikda aybdor deb topilgan. 2019 yilda AQSHning o‘sha vaqtdagi prezidenti Donald Tram

26 Jul 10:19
 
28
0
qalampir.uz

Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli qurilish kompaniyasi rahbari qo‘lga olindi

Rossiya Mudofaa vazirligining Harbiy qurilish kompaniyasining 46 yoshli bosh direktori Andrey Belkov Moskvada qo‘lga olindi. U davlat mudofaa topshiriqlarini bajarishda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumon qilinmoqda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 285.4-moddasi). Bu haqda 24 iyul kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, “Kommersant” gazetasi xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda o‘sha paytda maxsus ob’ektlar uchun Har

22 Jul 09:35
 
61
0
qalampir.uz

Harris kampaniyasi 5 soat ichida 27,5 mln dollar xayriya yig‘di

AQSH vitse-prezidenti Kamola Harrisning saylovoldi shtab-kvartirasi Amerika yetakchisi Jo Bayden saylovoldi poygasini tark etganidan keyin besh soat ichida 27,5 million dollar xayriya yig‘di. Bu haqda demokratlar uchun mablag‘ yig‘uvchi ActBlue platformasi bayonotida aytiladi. ActBlue’ning X sahifasidagi postga ko‘ra, besh soat ichida Harrisning kampaniyasiga kichik xayriyalar 27,5 million dollarni tashkil etgan. “Politico”ning yozishicha, Baydenning saylovoldi ka

10 Jul 19:22
 
57
0
qalampir.uz

Zelenskiy Ukrainaga qancha F-16 kerakligini aytdi

Ukraina mudofaasi uchun 128 ta F-16 qiruvchi samolyot kerak. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 10 iyul kuni Vashington shahridagi Reygan institutidagi nutqida aytib o‘tdi. Zelenskiy NATO tomonidan Ukrainaga va’da qilingan F-16 qiruvchi samolyotlarining soni juda kamligi, shuningdek, ular juda kechikayotganligini ta’kidladi. “F-16 qiruvchilari bilan bog‘liq muammo ularning soni va yetkazib berilish sanasida. Rossiya Ukrainaga qarshi hujumlarda har kuni 3