calendar 11 Jul 15:09
eye 62
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

ISHID rahbarining bevasi o‘limga hukm qilindi

image

Iroq poytaxti Bag‘dod shahridagi Al-Karx tumani jinoiy sudi ISHID yetakchisi, marhum Abu Bakr al-Bag‘dodiyning Ummu Hudayfa nomi bilan tanilgan xotini Isro Rajab Sahr al-Qaisiyni o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Shafaq News” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, al-Qaisiy terrorchi guruh bilan hamkorlikda va Sinjar viloyatida qo‘lga olingan qullikdagi ayollarni majburiy tarzda hibsga olganlikda aybdor deb topilgan.

2019 yilda AQSHning o‘sha vaqtdagi prezidenti Donald Tramp buyrug‘i bilan AQSH qo‘shinlari Suriya shimoli-g‘arbidagi al-Bag‘dodiy oila a’zolari bilan yashiringan hududga reyd o‘tkazgan. Tunnel ichiga qochgan Bag‘dodiy o‘zini va ikki farzandini portlatib yuborgan. Otishma paytida uning to‘rt xotinidan ikki nafari halok bo‘lgan.

2024 yilning fevralida Iroq adliya idoralari ISHIDning sobiq yetakchisi Abu Bakr Al-Bag‘dodiyning oilasini so‘roq qilishini e’lon qilib, ular Iroq tashqarisidan olib kelinganini ma’lum qilgandi.

Al-Bag‘dodiyning rafiqasi Asma Muhammad “Al Arabia” telekanaliga bergan intervyusida o‘zining ISHID yetakchisi bilan bo‘lgan oilaviy va shaxsiy masalalar haqida gapirib bergan. E’tiborlisi, Asma Muhammad 2018 yil iyun oyida Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh Hatay viloyatida hibsga olingan. Biroq Turkiya hukumati uning hibsga olingani haqida 2019 yilning noyabrigacha rasmiy xabar bermagan. Anqara o‘shanda Al-Bag‘dodiyning bevasi va boshqa o‘n kishi, jumladan uning qizi Layla bilan birga hibsga olinganini ma’lum qildi. Turkiya rasmiylaridan biri o‘shanda u Al-Bag‘dodiyning “birinchi xotini” ekanini aytgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
147
0
xs.uz

Polshaning saylangan prezidenti Ukraina boʻyicha kutilmagan bayonot berdi

Polshaning saylangan prezidenti Karol Navroskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga tezlashtirilgan qabul qilinishiga qarshi chiqdi. Bu haqda u Vengriyaning 'Mandiner' jurnaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Hozirda men Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishiga qarshiman', ' deydi u. Navroskiyning taʼkidlashicha, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga aʼzoligi Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti va qishloq xoʻjaligiga zarar yetkazadi.'Saylov kampaniyasi davomida men prezident sifatida Polsha qishloq

13 May 14:38
 
144
0
xs.uz

AQSH va Xitoy “savdo urushida” tanaffus oldi

Dushanba kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari va Xitoy qoʻshma bayonot chiqarib, oʻzaro tariflarni 90 kunga pasaytirish toʻgʻrisidagi kelishuvni eʼlon qildi. Bayonotda ikkala tomon ham barqaror, uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli iqtisodiy va savdo munosabatlarining muhimligini tan olgani keltirilgan.AQSH va Xitoy rasmiylari ushbu hafta oxirida Shveysariyaning Jeneva shahrida kengroq potensial savdo kelishuvi boʻyicha muzokaralarga asos yaratish uchun muhokamalar oʻtkazdi.Prezident Donald Tram

13 Jun 00:39
 
90
0
xs.uz

AQSHda Trampning “Oltin kartasi”ni olishni xohlovchilar uchun veb-sayt ishga tushirildi

AQSH prezidenti Donald Tramp 'Tramp kartalari'ga ariza topshiruvchilar uchun maxsus veb-sayt ishga tushirilganini maʼlum qildi. Bu hujjat ' 5 million dollarga AQSHda yashash uchun ruxsatnoma olish imkoniyatini taqdim etadi.Jurnalistlarning fikricha, TrumpCard.gov sayti doimiy yashash va keyinchalik fuqarolikni olishni xohlovchi potensial murojaat etuvchilar uchun moʻljallangan. Portal foydalanuvchilardan ism-sharifi, yashash hududi va elektron pochta manzilini qoldirishni, shuningdek, jismoniy

13 May 14:38
 
54
0
xs.uz

“Xiaomi”ning “SU7 Ultra” elektromobili noroziliklarga sabab boʻldi

'Xiaomi' kompaniyasining 'SU7 Ultra' mashinalari ustidan bir nechta mijozlar shikoyat qilishgan. Bu haqda 'CarNewsChina' nashri xabar qildi.Norozilikka eʼlonlarda funksionalligi aytilgan karbon tolali mashina kapotining faqat dekoratsiya vazifasini bajarayotgani sabab boʻlgan.7-may kunida esa kompaniya oʻzining marketing xabarlaridagi chalkashlikni tan olib, uzr soʻradi. 'Xiaomi' uglerod tolali kapot birinchi navbatda avtomobil koʻrinishida oʻzgarish yasash va qisman havo oqimi yoʻnalishi