calendar 03 Sep 21:35
eye 18
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ilon Maskga tegishli kompaniya Qozogʻistondagi 1800 ta maktabni internet bilan taʼminladi

image
Qozogʻiston hukumati SpaseX kompaniyasining 'Starlink' terminallari yordamida deyarli 1,8 ming maktabni internetga uladi. Bu haqda Report.az xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hozirda orbitada 4500 dan ortiq 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshlari mavjud. Ushbu yoʻldoshlar orqali Qozogʻistondagi 1800 ta maktab endi internet bilan toʻla taʼminlanadi.

'Raqamli infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda, bugungi kunda 1757 ta maktabda 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshli internet tarmogʻi oʻrnatildi, buning natijasida 122 ta maktabda internet tarmogʻiga ulanish ishlari tugallandi. Shu vaqt ichida maktab oʻquvchilari uchun 11 platformada mavjud boʻlgan barcha darsliklar va elektron versiyalarini raqamlashtirish tugallandi', ' deyiladi hukumat matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, joriy yilda Qozogʻistonning 15 universitetida 'Generative AI' dasturi doirasida 12 ming talaba uchun sunʼiy intellekt boʻyicha 'Google' kurslari ham oʻqitiladi.

Shu bilan birga, 'Google for Education pilot' loyihasida ikkita oliy taʼlim muassasasi ishtirok etadi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, 'Starlink' internet qimmat yoki umuman mavjud boʻlmagan joylarda yuqori tezlikdagi internetga kirishni taʼminlash uchun 'SpaceX' tomonidan joylashtirilgan global sunʼiy yoʻldosh tizimi hisoblanadi.

Avvalroq, Elbek Sultonov Paralimpiya oʻyinlari chempioni boʻlgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 16:33
 
69
0
xs.uz

«Men Xudoning inoyati bilan oldingizda turibman» — Tramp suiqasd haqida soʻz ochdi

Oxirgi bir hafta Amerika Qoʻshma Shtatlari siyosati ancha shov-shuvli oʻtdi. Ayniqsa, prezidentlikka nomzod Donald Trampga oʻz tarafdorlari oldida oʻq uzilishi keng muhokamalarga sabab boʻldi. Payshanba oqshomida sobiq prezident respublikachilar oldida 90 daqiqa nutq soʻzladi. Unda u suiqasd haqida gapirib oʻtdi.Trampning aytishicha, u ilohiy aralashuvlar bilan tirik qolgan. Oʻsha vaqtda u immigratsiya haqidagi jadvalni koʻrish uchun boshini biroz burgan.'Jadvalni koʻrish uchun men oʻ

26 Jul 15:20
 
54
0
qalampir.uz

AQSH qo‘shinlari Nigerdan quvildi

AQSH qo‘shinlari Nigerdan avgust oyining boshida olib chiqib ketiladi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar armiyasi generali Kennet Ekman ma’lum qildi. O‘tgan yili davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyatni qo‘lga kiritgan Niger xuntasi AQSH va Fransiya kuchlarini mamlakatni tark etishini talab qildi. AQSH generalining so‘zlariga ko‘ra, Nigerning shimolidagi Agadez dron bazasida joylashgan qolgan amerikalik askarlar joriy yilning avgust oyi boshlarida mamlakatni tark etadi.  Qo

23 Jul 10:39
 
63
0
xs.uz

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri mamlakat armiyasidagi jiddiy muammolar haqida maʼlum qildi

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili mamlakat qurolli kuchlari qator jiddiy muammolarga duch kelayotganini aytdi.Shu oʻrinda u quruqlik, dengiz va havo kuchlari qiyinchiliklarga duch kelayotganini alohida taʼkidladi.Vazirning aytishicha, hozir armiyada kuchning kamayishi, behuda xaridlar, past maʼnaviyat, ishga olish va ushlab turish inqirozi hamda faxriylar oʻzlari munosib xizmatlardan foydalana olmasligi kabi muammolar mavjud.Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatda yangi leyboristlar hukum

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

Qozog‘istonda mast holda avtomobil boshqargan imom 15 sutkaga qamaldi

Qozog‘istonda avtotransport vositasini mast holda boshqargan Qo‘stanay viloyati Bosh imomi Baxitbek Tajimbet 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda mamlakat Musulmonlar diniy boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23 iyul kuni Baxitbek Tajimbet Oqmo‘la viloyatining Burabay qishlog‘idagi tungi klublardan birining yonida Toyota Highlander rusumli avtomashinani mast holatda haydab ketayotganda to‘xtatib qolingan. “Huquqiy normalar va odob-axloq qoidalarini qo‘