calendar 19 Jul 16:33
eye 68
comments 0
comments Manba: xs.uz

«Men Xudoning inoyati bilan oldingizda turibman» — Tramp suiqasd haqida soʻz ochdi

image
Oxirgi bir hafta Amerika Qoʻshma Shtatlari siyosati ancha shov-shuvli oʻtdi. Ayniqsa, prezidentlikka nomzod Donald Trampga oʻz tarafdorlari oldida oʻq uzilishi keng muhokamalarga sabab boʻldi. Payshanba oqshomida sobiq prezident respublikachilar oldida 90 daqiqa nutq soʻzladi. Unda u suiqasd haqida gapirib oʻtdi.

Trampning aytishicha, u ilohiy aralashuvlar bilan tirik qolgan. Oʻsha vaqtda u immigratsiya haqidagi jadvalni koʻrish uchun boshini biroz burgan.

'Jadvalni koʻrish uchun men oʻng tarafga burila boshladim va bir oz koʻproq burilishni boshlashga tayyorlanayotgan edim, ammo buni qilmaganim uchun omadim kuldi. Qulogʻimga shivirlash ovoz eshitildi va nimadir qulogʻimga urildi. Bu faqat oʻq boʻlishi mumkin dedim. Men Xudoning inoyati bilan oldingizda turibman', deydi u.

Shuningdek, Tramp AQSHning amaldagi yetakchisi Jo Baydenni prezidentlar ichida eng yomoni ekanligini qoʻshimcha qilgan. Unga koʻra, Baydenning mamlakatga yetkazgan zararini tasavvur qilib boʻlmaydi.

Nutqida Donald Tramp janubiy chegara devorining qolgan qismini qurishga vaʼda berdi. Shu bilan birga u oziq-ovqat mahsulotlari 50, benzin 60-70 foiz, ipoteka stavkalari toʻrt baravar koʻtarilganini taʼkidladi.

Uningcha, inflyatsiya amerikalik saylovchilar uchun asosiy muammodir. Bayden 2021-yil yanvar oyida lavozimga kirishganidan beri narxlar jami 20 foizga oshgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:56
 
69
0
xs.uz

Moldova Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalariga qoʻshilishdan bosh tortdi

Moldova Yevropa Ittifoqining (YI) Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 14-paketiga qoʻshilishdan bosh tortdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel maʼlum qildi.'Nomzod davlatlar Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya, Albaniya, Ukraina, Bosniya va Gersegovina, shuningdek, Yevropa erkin savdo hududi davlatlari ' Islandiya, Norvegiya va Lixtenshteyn Yevropa Ittifoqi kengashining 24-iyundagi qaroriga qo

27 Jul 22:36
 
93
0
qalampir.uz

Erdo‘g‘an va Asad avgust oyida uchrashishi mumkin

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Suriya Prezidenti Bashar Asad o‘rtasidagi uchrashuv  avgust oyida chegara nazorat punktida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda manbalarga tayanib, “Turkiye” gazetasi xabar berdi. “Anqaradagi manbalar uchrashuv istalgan vaqtda bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi. Erdo‘g‘an va Asad o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi varianti Iroq edi, biroq endi Anqara uchrashuvni Turkiyaning Suriya bilan chegarasidagi “Kas

10 Jul 23:21
 
67
0
qalampir.uz

Kiyevdagi bolalar shifoxonasiga urilgan raketaning qismlari AQSHda yasalgan – “Financial Times”

Ukraina poytaxti Kiyevdagi Oxmatdet bolalar shifoxonasiga zarba berishda Rossiya qo‘shinlari tomonidan qo‘llangan X-101 strategik qanotli raketasini tayyorlashda AQSH va Shveysariya ishlab chiqarilgan 16 ta komponentdan foydalanilgan. Bu haqda Ukrainadagi o‘z manbalariga tayanib, “Financial Times” yozmoqda. Gazetada yozilishicha, ekpertlarning bunday fikrga kelishiga Rossiya havo qo‘shinlarining joriy yil yanvar oyida qilingan hujumlarida foydalangan X-101 ga o‘xshash ra

20 Jul 19:38
 
74
0
xs.uz

Dunyo boʻylab vabo kasalligi tarqalish xavfi ortmoqda — JSST

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning yanvar-iyun oylarida dunyoning 25 ta davlatida 250 ming nafarga yaqin kishi vabo bilan kasallangan va ulardan 2 137 nafari vafot etgan. Birgina iyun oyida 18 mamlakatda yashovchi 40,5 ming nafardan koʻproq bemorda mazkur xastalik aniqlangan. Ularning 166 nafari epidemiya oqibatida hayotdan koʻz yumgan.Aksariyat vabo oʻchoqlari, yaʼni 32,5 mingga yaqin yangi kasallanish holatlari Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasi mamlakatlarida roʻyxatga olingan. Afgʻo