calendar 10 Jul 23:21
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kiyevdagi bolalar shifoxonasiga urilgan raketaning qismlari AQSHda yasalgan – “Financial Times”

image

Ukraina poytaxti Kiyevdagi Oxmatdet bolalar shifoxonasiga zarba berishda Rossiya qo‘shinlari tomonidan qo‘llangan X-101 strategik qanotli raketasini tayyorlashda AQSH va Shveysariya ishlab chiqarilgan 16 ta komponentdan foydalanilgan. Bu haqda Ukrainadagi o‘z manbalariga tayanib, “Financial Times” yozmoqda.

Gazetada yozilishicha, ekpertlarning bunday fikrga kelishiga Rossiya havo qo‘shinlarining joriy yil yanvar oyida qilingan hujumlarida foydalangan X-101 ga o‘xshash raketa qoldiqlari turtki bo‘lmoqda. Raketa yasalishida Shveysariyaning STMicroelectronics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ikkita komponent va Intel, Texas Instruments, Analog Devices va boshqa kompaniyalarning 14 ta Amerika komponentlari mavjud.

“Sanksiyalar Rossiyani ba’zi ilg‘or komponentlardan uzib qo‘ygan bo‘lsada, Kremlning mudofaa sektori mikroprotsessorlar va harbiy maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallanmagan boshqa ilg‘or texnologiyalarga murojaat qildi”, deb yozadi FT.

Nashr shuningdek, barcha G‘arb komponentlari birinchi navbatda fuqarolik maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallanganligi va ularning ba’zilari ancha eski ekanligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, nashr qo‘lga kiritgan Rossiya hujjatlarida ehtiyot qismlarning Xitoy, Malayziya, Filippin, Tayvan yoki Tailandda ishlab chiqarilganligi bayon qilingan.

Ukraina Prezidenti devoni tomonidan gazetaga taqdim etilgan qog‘ozlarda esa X-101 raketasi tarkibida xorijda ishlab chiqarilgan 50 dan ortiq turli qismlar bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 iyul kuni Rossiyaning raketa zarbalari Ukraina shaharlaridagi asosiy nishonlarga, jumladan Kiyevdagi bolalar shifoxonasiga tekkani xabar qilingandi. Buyuk Britaniya, Fransiya, Ekvador, Sloveniya va AQSH butun Ukraina bo‘ylab ko‘plab kasal bolalarni davolashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan shifoxona o‘qqa tutilishi sababli BMTni Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirdi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Kiyevdagi bolalar shifoxonasiga Rossiya hujum qilganini rad etib chiqdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
35
0
qalampir.uz

Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli qurilish kompaniyasi rahbari qo‘lga olindi

Rossiya Mudofaa vazirligining Harbiy qurilish kompaniyasining 46 yoshli bosh direktori Andrey Belkov Moskvada qo‘lga olindi. U davlat mudofaa topshiriqlarini bajarishda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumon qilinmoqda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 285.4-moddasi). Bu haqda 24 iyul kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, “Kommersant” gazetasi xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda o‘sha paytda maxsus ob’ektlar uchun Har

26 Jul 10:19
 
33
0
qalampir.uz

Ukraina o‘z raketalarini yaratishga yaqinlashmoqda – Zelenskiy

 Ukraina uzoq masofali raketalarini yaratish va ishlab chiqarishda muvaffaqiyatga erishmoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi. "Raketa dasturimiz yaxshi dinamikaga ega. Bu qiyin vazifa bo‘lsa-da, asta-sekin o‘z raketalarimizdan foydalanish qobiliyatiga yaqinlashmoqdamiz", deydi Vladimir Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hamkorlardan yordam olish bilan bir qatorda, “barcha vositalar va bor kuchi bilan Rossiya qo‘shin

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Lukashenko va Putin Valaam orolida uchrashdi

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Kareliyadagi Valaam orolida (Ladoga ko‘li) uchrashdi. Bu haqda “BelTA” xabar berdi. Lukashenko hozirda Rossiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Vladimir Putin bilan turli formatdagi muzokaralar rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, Putin va Lukashenko Belarus-Rossiya munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari, ittifoq loyihalarini ilgari surish, mintaqaviy xavfsizlik mavzulari

26 Jul 10:19
 
51
0
qalampir.uz

Rossiya Harbiy-havo kuchlariga yangi qo‘mondon tayinlandi

Rossiya harbiy-havo kuchlarining yangi qo‘mondoni etib avvalroq Rossiya uzoq masofali aviatsiyasiga qo‘mondonlik qilgan general-leytenant Sergey Kobilash tayinlandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi. Kobilash 1965 yilda Odessada tug‘ilgan. Yeysk oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini, Gagarin nomidagi Harbiy-havo kuchlari akademiyasini va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan. 2023 yil yanvar oyida Ukraina Xa