calendar 20 Jul 09:28
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekiston Afg‘onistonda madrasa qurmoqda

image

Afg‘onistonning Balx viloyatida O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan madrasa qurilmoqda. Bu haqda Afg‘onistondagi “Tolibon” hukumati oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.

Afg‘onistonning Qobul shahrida mamlakat oliy ta’lim vaziri vazifasini bajaruvchi shayx ul Hadis Mavlaviy Nida Muhammad Nadem joriy yilning 16 iyul kuni O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yaxshilash masalalarini muhokama qilgan. Uchrashuvda Muhammad Nadem O‘zbekiston Afg‘onistonga turli sohalarda, xususan, oliy ta’lim sohasida hamisha sidqidildan yordam berib kelayotgan davlatlardan biri ekanini ta’kidlagan.

Shuningdek, vazir vazifasini bajaruvchi elchiga Balx viloyatida O‘zbekiston tomonidan qurilayotgan seminariya (madrasa) uchun minnatdorchilik bildirgan va bunday hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratgan.

Bundan tashqari, elchi Shodmonov vazirga o‘z rejasi, jumladan, oliy ta’lim haqida batafsil ma’lumot bergan hamda ikki tomon o‘rtasida fikr almashilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlarni ishlatish taqiqlandi

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlardan foydalanish taqiqlandi. Tegishli qonun Prezident Sadir Japarov tomonidan imzolandi.  Bunday qonun qabul qilinishining sababi firibgarlar investorlarning pullarini jalb qilish maqsadida shirkat nomlarida diniy atamalar ishlatgan. Taqiqlash ustavida asosiy maqsad daromad olishdan iborat bo‘lmagan diniy notijorat tashkilotlarga, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslarga

15 Jul 12:02
 
42
0
qalampir.uz

NATOga a’zo bo‘lsakkina tinch uxlaymiz – Kuleba

Ukriana Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba NATOga qo‘shilish uchun mamlakat yana 75 yil kuta olmasligini aytdi. Bu haqda u SNN telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi. “Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi va’da bajarilishi kerak, ammo ukrainaliklar buni yana 75 yil kuta olmaydi. Biz alyansga a’zo bo‘lganimizdagina to‘liq xursand bo‘lamiz va tinch uxlaymiz”, degan TIV rahbari. Shu bilan birga, vazirning ta’kidlashicha, so‘nggi ikki kun ichida

26 Jul 13:01
 
73
0
xs.uz

Dunyodagi eng qudratli narkobaronlardan biri Texasda qoʻlga olindi

Dunyoning eng qudratli narkobaronlaridan biri, Meksikaning 'Sinaloa' karteli rahbari Ismoil 'El Mayo' Zambada AQSH federal agentlari tomonidan Texasning El-Paso shahrida hibsga olindi.76 yoshli Zambada jinoiy tashkilotga hozirda AQSH qamoqxonasida oʻtirgan Xoakin 'El Chapo' Gusman bilan asos solgan. 25-iyul kuni Zambada bilan birga Gusmanning oʻgʻli Xoakin Gusman Lopes hibsga olingan. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi maʼlum qildi. AQSH Bosh Prokurori Merrik Garland bu ikki shaxs dunyodagi eng

15 Jul 12:02
 
43
0
qalampir.uz

Isroilning G‘azoga qilgan hujumida HAMASning yana bir qo‘mondoni halok bo‘ldi (video)

Isroilning aviatsiya qo‘shinlari Xon Yunusdagi Al-Mavosi hududiga qilgan hujumlari oqibatida HAMAS bo‘linmalaridan birining qo‘mondoni Rafa Salama halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.    G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 71 kishi halok bo‘lgan, 280 dan ortiq kishi jarohatlangan. G‘azo janubidagi Xon Yunus shahri yaqinidagi hujumdan maqsad HAMASning harbiy qanoti rahbari Muhammad Deyfni nishonga olish bo‘lgani ayt