calendar 26 Jul 13:01
eye 111
comments 0
comments Manba: xs.uz

Dunyodagi eng qudratli narkobaronlardan biri Texasda qoʻlga olindi

image
Dunyoning eng qudratli narkobaronlaridan biri, Meksikaning 'Sinaloa' karteli rahbari Ismoil 'El Mayo' Zambada AQSH federal agentlari tomonidan Texasning El-Paso shahrida hibsga olindi.

76 yoshli Zambada jinoiy tashkilotga hozirda AQSH qamoqxonasida oʻtirgan Xoakin 'El Chapo' Gusman bilan asos solgan. 25-iyul kuni Zambada bilan birga Gusmanning oʻgʻli Xoakin Gusman Lopes hibsga olingan. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi maʼlum qildi. AQSH Bosh Prokurori Merrik Garland bu ikki shaxs dunyodagi eng zoʻravon va kuchli giyohvandlik moddalar savdosi tashkilotlaridan birini boshqarishini taʼkidlagan.

Fevral oyida Zambada AQSH prokuraturasi tomonidan geroindan kuchliroq dori boʻlgan fentanilni ishlab chiqarish va tarqatish fitnasida ayblangan. Amerika prokurorlarining aytishicha, 'Sinaloa' karteli AQSHga eng yirik givandlik moddalari yetkazib beruvchi hisoblanadi. Rasmiylar avvalroq fentanil 18 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan amerikaliklar oʻlimining asosiy sababi ekanligini taʼkidlagan edi.

AQSH Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi Zambadani qoʻlga olganlik uchun 15 million dollar miqdorida mukofot vaʼda qilgan edi.

2019-yilda Xoakin 'El Chapo' Gusmanning sudida uning advokatlari Zambadani ayblovdan qoʻrqmasdan ochiqda yashab yurganiga ishora qilib, butun Meksika hukumatiga pora berganlikda ayblagan edi. Ularning aytishicha, hamma ishni Zambada qilgan.

AQSH davlat departamenti maʼlumotlariga koʻra, Zambada Meksikadagi bir qancha qonuniy korxonalar, jumladan, yirik sut kompaniyasi, avtobus liniyasi va mehmonxona, koʻchmas mulk aktivlarining egasidir.

Fentanil ayblovlari bilan bir qatorda, u AQSHda giyohvand moddalar savdosi, qotillik, odam oʻgʻirlash, pul yuvish va uyushgan jinoyatchilik kabi ayblovlarga duch kelmoqda.

Zambada dunyodagi eng katta narkobaron va Amerikada dongʻi ketgan. U oʻnlab yillar davomida hokimiyatdan qochib kelgan va shuning uchun uning hibsga olinishi Meksikada hammani hayratga soldi.

Meksika va AQSH rasmiylariga iqtibos keltirgan holda 'The Wall Street Journal' gazetasining yozishicha, Zambada ichki xavfsizlik boʻyicha tergov va Federal qidiruv byurosining bir necha oy davom etgan operatsiyasidan soʻng yuqori martabali 'Sinaloa' aʼzosi tomonidan samolyotga aldab chiqarilgan.

Ushbu operatsiya Jo Bayden maʼmuriyati davrida amalga oshirilgan enga katta operatsiyalardan biridir.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
71
0
xs.uz

Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yoʻq qilmoqchi

AQSH prezidenti Donald Tramp bugun, 20-mart kuni Taʼlim vazirligini tugatish haqidagi farmonni imzolashi kutilmoqda. Bu haqda 'Politico' gazetasi hujjat loyihasiga tayanib yozmoqda.Nashrning yozishicha, tegishli hujjatda taʼlim vaziri Linda Makmaxonga idorani yopishga yordam berish uchun 'barcha zarur choralarni koʻrishi' taʼkidlanadi.'Prezident Donald Tramp payshanba kuni Taʼlim vazirligini tugatish jarayonini boshlash toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashga tayyor. Bu harakat orqali u saylovo

23 Mar 16:44
 
57
0
xs.uz

AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik “oltin kartalar” sotdi

AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik 'oltin kartalar' sotdi. Bu haqida Qoʻshma Shtatlar savdo vaziri Hovard Latnik 'All In' podkastidagi nutqida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda 'Financial express' nashri.Latnikning taʼkidlashicha, AQSH bir kun ichida mingta 'oltin karta' sotgan hamda bu orqali hukumat 5 milliard dollar daromad qilgan. Uning fikricha sotilgan 'Oltin kartalar'dan tushgan mablagʻlar davlat byudjeti defitsitini qisqartirishga yoʻnaltiriladi.Maʼlumot uchun, 'Oltin kartalar' max

04 Apr 16:20
 
55
0
xs.uz

Vengriya Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqmoqda

Vengriya Xalqaro jinoiy sud (XJS)dan chiqadi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri maʼmuriyati rahbari Gergey Guyyash maʼlum qildi. Tegishli qaror mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan.Uning soʻzlariga koʻra, Vengriya konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy bazaga muvofiq vakolatlarni tugatish tartibi 3-apreldan mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan boshlanadi.Shu yilning 3-aprel kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Vengriyaga kelgani maʼlum boʻldi. 2024-yilning 21-noyabrida Xalqaro jinoiy

18 Apr 11:08
 
29
0
xs.uz

Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni sinovdan oʻtkazdi

Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni muvaffaqiyat sinovdan oʻtkazdi. Mamlakat Mudofaa vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu qurol dronlar toʻdasini bir zumda zararsizlantirishi mumkin.'Urush tabiati oʻzgarganda, bu qurollar dron tahdidlaridan himoyalanish imkoniyatiga ega', ' deyiladi vazirlik bayonotida. Qayd etilishicha, bu qurol yoʻnaltirilgan radiochastota energiya qurolining bir turi hisoblanadi.Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, radiotoʻlqinli qurollar sohasida tadqiq