calendar 26 Jul 10:21
eye 32
comments 0
comments Manba: xs.uz

Folklend orollari yaqinida kema choʻkib ketdi. Qurbonlar bor

image
Folklend orollari yaqinida Norvegiyaning 'Argos Georgia' baliqchi kemasi choʻkib ketishi oqibatida uch nafar Rossiya fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda 'RIA Novosti' agentligiga Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.

'Folklend qirgʻoq qoʻriqlash xizmati va kema egasining maʼlumotlariga koʻra, bortda sakkiz nafar rossiyalik boʻlgan. Ulardan toʻrt nafari omon qolgan, uch nafari halok boʻlgan, bir nafari bedarak yoʻqolganlar roʻyxatiga kiritilgan', ' dedi agentlik suhbatdoshi.

'Argos Georgia' dushanba kuni Folklend orollari yaqinida choʻkib ketdi. NRK teleradiokompaniyasi Qutqaruvni boshqarishning bosh markaziga tayanib, kema Norvegiyaning 'Ervik Havfiske' kompaniyasiga tegishli boʻlib, Muqaddas Yelena oroli bayrogʻi ostida harakat qilgan.

'EFE' axborot agentligi xabariga koʻra, kema bortida jami 27 kishi boʻlgan. Ulardan oʻn nafari Ispaniya, sakkiz nafari Rossiya, besh nafari Indoneziya, ikki nafari Urugvay va ikki nafari Peru fuqarosi boʻlgan.

'Ervik Havfiske' ijrochi direktori Stig Ervikning 'RIA Novosti'ga maʼlum qilishicha, 14 kishi qutqarib olinib, Folklend orollariga olib ketilgan. Toʻqqiz nafar dengizchining jasadi topilgan, toʻrt nafar ekipaj aʼzosi bedarak yoʻqolganlar roʻyxatiga kiritilgan. Qutqaruvchilar qidiruv ishlarini olib bormoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Kongressdagi demokratlarning yarmi Netanyaxu nutqini boykot qildi

AQSH Kongressidagi demokratlarning yarmi kecha, 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Kongress palatalarining qo‘shma yig‘ilishida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning nutqiga kelmadi. Bu haqda “Axios” portali xabar berdi. Ko‘plab demokratlarning ta’kidlashicha, Isroilning ilg‘or tanqidchilari, Netanyaxuning G‘azodagi urush uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’kidlab, norozilik sifatida tadbirni ochiqdan ochiq boykot qilgan. “Isroil Bosh vazirining nut

19 Jul 21:29
 
78
0
qalampir.uz

Rossiyada WSJ muxbiri 16 yilga qamaldi

Sverdlovsk viloyat sudi amerikalik “Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovichni 16 yilga qattiq rejimli koloniyaga hukm qildi. Bu haqda TASS xabar berdi. "Gershkovich Evan aybdor deb topilib, 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini qat’iy rejimli koloniyada o‘tashga tayinlansin", deyiladi sud hukmida. “Wall Street Journal” muxbiri Moskvadagi Lefortovo sudi qarori bilan josuslik ishi bo‘yicha hibsga olingan. Avvalroq prokuratura unga

26 Jul 10:19
 
42
0
qalampir.uz

Bayden nega prezidentlik poygasidan chiqishga qaror qilganini tushuntirdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden demokratiyani saqlab qolish uchun ikkinchi muddatga saylanmaslikka qaror qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul kuni Amerika xalqiga murojaatida ma’lum qildi. “Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yo‘lida hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli”, deydi Bayden. BBC xabariga

19 Aug 07:04
 
30
0
xs.uz

NATO Kaliningradda va Isroil Gʻazoda turarjoy qurmoqchi (+video)

NATO Kaliningrad anklavida serqatnov boʻlib qoldiNATO Rossiyaning shimoli-gʻarbiy chegaralari boʻylab, xususan, strategik Kaliningrad anklavi atrofida kuzatuvni kuchaytirdi.Amerika va Britaniya razvedka samolyotlari Polsha va Litva havo hududidan foydalanib, Rossiya chegaralari boʻylab bir nechta josuslik parvozlarini amalga oshirgan.Bu kuchaytirilgan monitoring NATOning Finlyandiya va Shvetsiya ittifoqqa qoʻshilishi ortidan Boltiq dengizi mintaqasida kengaygan tekshiruvlarining bir qismi s