calendar 19 Aug 07:04
eye 31
comments 0
comments Manba: xs.uz

NATO Kaliningradda va Isroil Gʻazoda turarjoy qurmoqchi (+video)

image
NATO Kaliningrad anklavida serqatnov boʻlib qoldi

NATO Rossiyaning shimoli-gʻarbiy chegaralari boʻylab, xususan, strategik Kaliningrad anklavi atrofida kuzatuvni kuchaytirdi.

Amerika va Britaniya razvedka samolyotlari Polsha va Litva havo hududidan foydalanib, Rossiya chegaralari boʻylab bir nechta josuslik parvozlarini amalga oshirgan.

Bu kuchaytirilgan monitoring NATOning Finlyandiya va Shvetsiya ittifoqqa qoʻshilishi ortidan Boltiq dengizi mintaqasida kengaygan tekshiruvlarining bir qismi sifatida talqin qilinmoqda.

'NATO koʻli' deb ataladigan Boltiq dengizi Rossiyaning Boltiq floti joylashgan Kaliningrad va Sankt-Peterburg orqali Atlantika okeaniga chiqish yoʻli boʻlganligi boisdan ham Moskva uchun ahamiyatli hududlar hisoblanadi. 'Bu ikki tomon oʻrtasidagi keskinlik kuchayib borayotganini koʻrsatadi', deb yozgan xalqaro nashrlar.

Ushbu harakatlar NATO shartnomasining 5-moddasiga muvofiq keng koʻlamli harbiy mojaroga olib kelmasdan, NATO mamlakatlarini beqarorlashtirishga qaratilgani pisanda qilinayotgan boʻlsada, bu Rossiyaning keng koʻlamli harbiy harakatlari fonida qoralanmoqda.

Ushbu missiyalarda ishtirok etgan Britaniya va Amerika razvedka samolyotlari NATOning muhim mintaqalarda, jumladan Boltiq dengizi va Qora dengizda razvedka maʼlumotlarini toʻplash boʻyicha katta saʼy-harakatlarining bir qismidir. Shunga qaramasdan, bunday 'serqatnovlik' potensial toʻqnashuvlarni yuzaga keltirishi mumkin.

HAMAS Gʻazo boʻyicha yangi muzokaralarda qatnashishdan bosh tortmoqda

HAMAS vakilining maʼlum qilishicha, Isroil muzokaralar niqobi ostida urush olib borishda davom etayotganligi uchun oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarda qatnashishni istamaydi. Isroil esa muzokaralarda ishtirok etishga tayyorligini tasdiqladi.

Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu tashqi razvedka xizmati 'Mossad' va Bosh xavfsizlik xizmati 'Shin-Bet' rahbarlari muzokaralar uchun Qatar poytaxtiga borishini maʼlum qilgan edi.

Isroil bosib olingan hududlarda yangi aholi punktlari qurishga qaror qilganligi aytilmoqda. 'Isroilning birorta raqibi va birorta ham anti-sionist yangi turar-joy qurilishini toʻxtata olmaydi, biz Falastin davlati haqidagi xavfli gʻoyaga qarshi kurashamiz', degan Isroil moliya vaziri Besalel Smotrich.

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Mixail Podolyak Kursk viloyatidagi operatsiyadan koʻzlangan maqsadlarni maʼlum qildi.

'Ulardan biri Rossiya Federatsiyasining harbiy va fuqarolik rahbariyati tezkor, samarali qarorlar qabul qilishga qodir emasligini hamda oʻz harakatlari bilan vaziyatni toʻliq nazorat qila olmasligini yana bir bor isbotlashdir. Bundan tashqari, Ukraina mamlakatning chegara hududlari xavfsizligini taʼminlash uchun Rossiya artilleriyasini kerakli masofagacha surib chiqarmoqchi', deya izoh berdi Podolyak.

Buyuk Britaniya hukumati oʻz ittifoqchilarini Ukrainaga Rossiya hududiga 250 kmgacha uchadigan 'Storm Shadow' qanotli raketalari bilan zarbalar berishga ruxsat berish zarurligiga ishontirmoqda. Shuningdek, Germaniya ham Ukrainani qoʻllab-quvvatlashda davom etishini, Finlyandiya va Polsha Kurskka bostirib kirish huquqini qoʻllagan.

Kurskdagi vaziyat. Tahlilchilar nima demoqda?

Oʻtgan hafta Ukraina qoʻshinlari Rossiyaning Kursk viloyatiga qilgan hujumini kremlparast sharhlovchilar NATO tomonidan ishlab chiqilganligiga daʼvo qiladi. Elektr va suv oʻchirilishi ortidan aholi uylarini tark etishga majbur boʻlgan.

Mahalliy Telegram kanallari Rossiyaning turli shaharlarida bepul turar joy takliflarini koʻpaytirdi va hukumat evakuatsiya qilinganlarga kompensatsiya sifatida bir martalik 100 dollardan sal koʻproq mablagʻ taklif qilgan. Baʼzi bir jiddiy shikastlanganlarga esa 6500 AQSH dollari berilishi aytilgan.

Kreml bilan hamnafas boʻlgan Rossiya ommaviy axborot vositalari ukrainaliklarning muvaffaqiyatini beixtiyor tan oldi. 'Zelenskiy rejimi kuchli qadam tashladi, natijada biz uchun unchalik maʼqul boʻlmagan xulosa va oqibatlar olib keldi', degan rossiyalik jurnalist.

'Ukraina Qurolli Kuchlarining harakatlari nafaqat ularning yuqori professionalligidan, balki Ukraina rahbariyatining ijodkorligidan ham dalolat beradi. Chunki ular hech kim kutmagan ishni qilishdi. Urush manzarasini butunlay oʻzgartirib yubordi', deb yozadi Kremlni tanqid qilib turadigan siyosatchi Leonid Gozman 'Novaya gazeta' gazetasida.

Gozmanning taʼkidlashicha, Rossiya fuqarolari haligacha ukrainaliklarga ommaviy qarshilik koʻrsatmagan va Rossiyaning mudofaa qobiliyati haqida salbiy fikrlar bildirgan. Rossiya chegarachilari haqiqiy tahdidlarga qarshi turishga qodir emaslar, turli rus gvardiyalari tinch namoyishchilarga qarshi kurashni qoyillatishadi qurolli banditlarga qarshi chiqishni esa xohlashmaydi. Shuningdek, u generallar haqida fikr bildirar ekan, ular boshqa mamlakatlarga hujum qilishni qoyillatishi lekin oʻzlarini himoya qila olmasligini qoʻshimcha qilgan.

Rossiya ommaviy axborot vositalari Ukraina armiyasini tinch aholini nishonga olganlikda, tez yordam mashinasiga uchuvchisiz havo hujumi uyushtirgandan soʻng uning haydovchisi va bir feldsher oʻldirilishida ayblamoqda. Shuningdek, Ukraina askarlari Kurilovka qishlogʻida mashinalarga qarata oʻt ochib, homilador ayolning oʻlimiga sababchi boʻlgani, tinch aholini evakuatsiya qilishda yordam berayotgan koʻngillilarni asirga olgani haqida xabarlar bor.

'Rossiya-1' telekanalidagi oʻzining tok-shousida Putin bilan doʻst boʻlgan teleboshlovchi Vladimir Solovyov bosqinni uyushtirganlikda Ukrainaning gʻarblik ittifoqchilarini aybladi.

'Bu operatsiyani Zelenskiy yoki uning shtab-kvartirasi tashkil qilmagani aniq. Ushbu operatsiya NATO mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning imzo uslubi aniq koʻrinadi. Koʻplab yollanma askarlar, shuningdek, hozirgacha himoyalangan boʻlinmalar ham ishtirok etmoqda', degan u. Shuningdek, teleboshlovchi Telegram kanallar va ommaviy axborot vositalarini vahima qoʻzgʻatganlikda ayblagan.

Isteʼfodagi podpolkovnik Roman Shkurlatov 'Izvestiya' gazetasiga dushman bir nechta maqsadlarga ega boʻlishni maqsad qilgan.

'Birinchisi, gʻarblik homiylari va rahbarlariga Ukraina Qurolli Kuchlari nafaqat chekinishi, balki qandaydir natijalar ham berishi mumkinligini koʻrsatish. Ikkinchi ehtimoliy maqsad muzokaralarda savdolashish uchun Kursk viloyati hududida tayanch punktini qoʻlga kiritishga urinish. Uchinchisi, bizni boshqa yoʻnalishlarni ochib, Kursk yaqinidagi zaxiralarni tortib olishga majburlashga harakatdir. Ammo ular bu borada muvaffaqiyat qozona olmasligi aniq. Chunki foydalanilmayotgan zaxiralarimiz yetarlicha', degan Shkurlatov.

Xalqaro hamkorlik va hamkorlik markazi asoschisi Aleksey Malininning 'Al Jazeera'ga aytishicha, Rossiya nuqtayi nazaridan Kurskga bostirib kirish tinchlik muzokaralariga teskari samara beradi.

'Ukraina qoʻshinlarining Kursk viloyatiga bostirib kirishi Ukraina oʻzining muzokaralardagi pozitsiyasini mustahkamlashni maqsad qilganini koʻrsatadi. Biroq, bu harakat muzokaralar jarayonini yaqinlashtirish uchun hech qanday yordam bermaydi. Aksincha, muzokaralarni keskin kechiktiradi. Hozirda muzokaralar haqida aholi punktlari va tinch aholining dahshatli bombardimonidan keyin avvalgidek xotirjam gapira olmaymiz.', dedi u.

Malininning qoʻshimcha qilishicha, Kurskdagi vaziyat hal boʻlgach, rus harbiylari intensiv hujum bilan javob qaytaradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
74
0
qalampir.uz

Ozarbayjon va Eron chegarasida otishma bo‘ldi

Ozarbayjon va Eron chegarasidagi otishma oqibatida ikki ozarbayjon chegarachisi yaralandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Ozarbayjon Davlat chegarasi matbuot xizmati xabar berdi. “Kecha, 24 iyul kuni soat 03:30 da Davlat xizmati chegara qo‘shinlarining “Gyoytepe” chegara otryadining rasmiy hududida Erondan Ozarbayjonga ketayotgan ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan davlat chegarasini buzish holati qayd etildi”, deyiladi xabarda. Bildirilishicha,

26 Jul 10:21
 
40
0
xs.uz

Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi. Boshqalar-chi?

146 ta davlat ichida oʻtkazilgan jinoyatchilik va xavfsizlik indekslari asosida tuzilgan roʻyxatda Oʻzbekiston 120-oʻrinni egallagan. Jinoyat indeksida 29 ball, xavfsizlik indeksida 71 ball bilan Oʻzbekiston xavfsizlik boʻyicha mintaqaviy yetakchi sifatida qayd etildi.Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari, xususan, Qozogʻiston jinoyat indeksi boʻyicha 45.6 va xavfsizlik boʻyicha 54.4 ball, Qirgʻiziston esa mos ravishda 54.1 va 45.9 ball toʻplagan. Turkmaniston va Tojikiston esa ushbu r

26 Jul 10:19
 
49
0
qalampir.uz

Polsha Xitoyga eksport yo‘lini to‘sib qo‘yish bilan tahdid qildi – “Bloomberg”

Polsha hukumati Belarus bilan chegaradagi migratsiya inqirozining kuchayishini sekinlashtirish uchun Xitoydan Belarusga bosim o‘tkazish uchun foydalandi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Polsha Prezidenti Anjey Duda iyun oyi oxirida Pekinga tashrifi chog‘ida Xitoydan Yevropaga migratsiya va tovarlarni mamlakat orqali olib o‘tish masalalarini ko‘targan. Xususan, “Malashevich” nazorat-o‘tkazish punk

24 Aug 17:27
 
14
0
xs.uz

AQShda yuz bergan YTHda oʻzbekistonlik 16 yoshli yigit halok boʻldi

AQSHda asli oʻzbekistonlik boʻlgan 16 yoshli yigit avtohalokat qurboni boʻldi. Mahalliy nashrlar xabariga koʻra, joriy yilning 19-avgust kuni Bruklinda yashovchi Umidjon Joʻrayev ismli oʻsmir doʻstlari bilan skuterda yuk mashinasiga toʻqnashib ketgan.Avariya oqibatida Umidjon vafot etgan, doʻstlaridan biri turli jarohatlar bilan shifoxonaga tushgan. Manbaga koʻra, marhum oilada yolgʻiz farzand boʻlib, onasi bilan birga yashagan.Kuzatuv kameralariga koʻra, dushanba kuni sodir boʻlga