calendar 26 Jul 10:19
eye 75
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ozarbayjon va Eron chegarasida otishma bo‘ldi

image

Ozarbayjon va Eron chegarasidagi otishma oqibatida ikki ozarbayjon chegarachisi yaralandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Ozarbayjon Davlat chegarasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Kecha, 24 iyul kuni soat 03:30 da Davlat xizmati chegara qo‘shinlarining “Gyoytepe” chegara otryadining rasmiy hududida Erondan Ozarbayjonga ketayotgan ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan davlat chegarasini buzish holati qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, huquqbuzarlar chegarachilarning to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talablariga e’tibor bermay, chegarachilarga qarshilik ko‘rsatib, qochib ketishgan.

Shuningdek, Qurolli to‘qnashuv natijasida chegara qo‘shinining ikki nafar xodimi yengil tan jarohati oldi, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi. Otishma oqibatida qoidabuzarlardan biri ham tan jarohati olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron-Armaniston postida chegarachilar ozarbayjonlikni o‘ldirgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Jul 10:46
 
78
0
xs.uz

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri mamlakat armiyasidagi jiddiy muammolar haqida maʼlum qildi

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili mamlakat qurolli kuchlari qator jiddiy muammolarga duch kelayotganini aytdi.Shu oʻrinda u quruqlik, dengiz va havo kuchlari qiyinchiliklarga duch kelayotganini alohida taʼkidladi.Vazirning aytishicha, hozir armiyada kuchning kamayishi, behuda xaridlar, past maʼnaviyat, ishga olish va ushlab turish inqirozi hamda faxriylar oʻzlari munosib xizmatlardan foydalana olmasligi kabi muammolar mavjud.Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatda yangi leyboristlar hukum

22 Jul 17:37
 
47
0
xs.uz

Jo Baydenni qayta saylanishdan bosh tortishga kim koʻndirgani maʼlum boʻldi

AQSH prezidenti Jo Bayden ikki nafar eng yaqin maslahatchisi bilan uchrashuvdan soʻng qayta saylanishdan voz kechishga qaror qilgan. Bu haqda 'Politico' oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.Bayden kecha ikkinchi muddatga saylanmasligini eʼlon qildi. U oʻz vitse-prezidenti Kamala Xarris nomzodini qoʻllab-quvvatladi. Oʻz navbatida, Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Xarrisni magʻlub etish, unga Baydenni yengishdan koʻra ancha oson boʻlishini taʼkidladi.Nashrning yozishic

19 Aug 07:04
 
16
0
xs.uz

Toshkentdan Kuala-Lumpurga uchgan samolyotda oʻgʻrilar ushlandi

Qayd etilishicha, joriy yilning 15-avgust Toshkent-Kuala-Lumpur yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilgan aviaqatnovda yoʻlovchilarning qimmatbaho buyumlari oʻgʻirlangan. Samolyot Malayziyaga yetib kelgach, politsiya chaqirilgan.Ekipaj huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan birgalikda havo kemasini koʻzdan kechirish boʻyicha tegishli protseduralarni amalga oshirgan va jarayonda barcha buyumlar topilgan. Gumon qilingan chet el fuqarolari esa shu joyning oʻzida ushlanib, politsiya x

19 Aug 07:04
 
37
0
xs.uz

Rossiyada qarovsiz qolgan bir guruh bolalar Vatanga qaytarildi

14-avgust kuni Rossiyada ota-ona qaramogʻisiz qolgan bir guruh oʻzbekistonlik bolalar Vatanga qaytarildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Qayd etilishicha, bosh konsulxona koʻmagida Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlarida qarovsiz qolgan 14 yoshgacha boʻlgan 8 nafar bola Sibir poytaxtiga toʻplangan.Konsulxona Rossiya tomonidan zarur hujjatlarni imkon qadar tezroq olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan va bolalarni issiq ovqat bilan taʼminlagan.'