calendar 22 Jul 17:37
eye 47
comments 0
comments Manba: xs.uz

Jo Baydenni qayta saylanishdan bosh tortishga kim koʻndirgani maʼlum boʻldi

image
AQSH prezidenti Jo Bayden ikki nafar eng yaqin maslahatchisi bilan uchrashuvdan soʻng qayta saylanishdan voz kechishga qaror qilgan. Bu haqda 'Politico' oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Bayden kecha ikkinchi muddatga saylanmasligini eʼlon qildi. U oʻz vitse-prezidenti Kamala Xarris nomzodini qoʻllab-quvvatladi. Oʻz navbatida, Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Xarrisni magʻlub etish, unga Baydenni yengishdan koʻra ancha oson boʻlishini taʼkidladi.

Nashrning yozishicha, shanba kuni ertalab Bayden oʻz shtab-kvartirasiga saylov kampaniyasi qizgʻin pallada ekanini aytgan. U ikki nafar eng yaqin yordamchisi bilan uzoq suhbatdan keyin oʻz pozitsiyasini oʻzgartirdi. Manbalarga koʻra, Mayk Donilon va Stiv Rikchetti Baydenning Delaverdagi uyiga kelishgan. U yerda COVID-19 bilan kasallangan prezident oʻzini izolyatsiya qilgan. Donilon Baydenning bosh siyosiy strategi va spichrayteri hisoblanadi.

Donilon va Rikchetti Baydenga uning toʻxtab qolgan mablagʻ yigʻish kampaniyasi haqida maʼlumot berishgan va noyabrdagi saylovlarda gʻalaba qozonishning iloji yoʻqligini koʻrsatadigan oʻzlarining soʻrov maʼlumotlarini taqdim etishgan. Fikr almashish chogʻida Bayden bir qancha savollar bergan.

'The Wall Street Journal'ning yozishicha, aynan Donilon va Rikchetti Baydenning prezidentlik poygasidan chiqishini eʼlon qiluvchi bayonot tayyorlashga yordam bergan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 13:31
 
66
0
qalampir.uz

Maxfiy xizmat Trampning xavfsizligini kuchaytirishdan bosh tortdi – WP 

AQSH Maxfiy xizmati mamlakatning sobiq prezidenti Donald Trampning xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha mablag‘ so‘rovlarini uzoq vaqtdan beri rad etib keladi. Bu haqda to‘rtta manbaga tayanib, “The Washington Post” xabar berdi. Maxfiy xizmat vakili Entoni Gulelmi xizmat Tramp xavfsizligini mustahkamlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishdan bosh tortganini tan oldi. Shu bilan birga, matbuot kotibining ta’kidlashicha, rad etilgan so‘rovlar sobiq prezident hay

19 Jul 10:14
 
55
0
qalampir.uz

Xitoyda savdo markazidagi yong‘in oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi (video)

Kecha, 17 iyul kuni Xitoyning Szigun shahridagi savdo markazida katta yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida kamida 16 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi. Sichuan provinsiyasi hududida joylashgan 14 qavatli binodagi yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 18:00 atrofida boshlangan. Yong‘in birinchi qavatda sodir bo‘lgan. Taxminan to‘rt soatdan so‘ng, qutqaruvchilar savdo markazidan yong‘in tufayli qamalib qolgan 75 kishini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘

27 Jul 20:30
 
70
0
qalampir.uz

AQSH husiylarning 6 ta dronini yo‘q qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Yaman husiylarining oltita dronini yo‘q qildi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.  Bildirilishicha, so‘nggi 24 soat ichida AQSH kuchlari Yaman qirg‘oqlari yaqinida uchta uchuvchisiz yerusti apparatini yo‘q qildi.  “Yo‘q qilingan qurollar mintaqadagi tijorat kemalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf tug‘diradi”, deya qayd etadi CENTCOM.

19 Aug 07:04
 
15
0
xs.uz

Toshkentdan Kuala-Lumpurga uchgan samolyotda oʻgʻrilar ushlandi

Qayd etilishicha, joriy yilning 15-avgust Toshkent-Kuala-Lumpur yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilgan aviaqatnovda yoʻlovchilarning qimmatbaho buyumlari oʻgʻirlangan. Samolyot Malayziyaga yetib kelgach, politsiya chaqirilgan.Ekipaj huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan birgalikda havo kemasini koʻzdan kechirish boʻyicha tegishli protseduralarni amalga oshirgan va jarayonda barcha buyumlar topilgan. Gumon qilingan chet el fuqarolari esa shu joyning oʻzida ushlanib, politsiya x