calendar 27 Jul 20:30
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH husiylarning 6 ta dronini yo‘q qildi

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Yaman husiylarining oltita dronini yo‘q qildi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. 

Bildirilishicha, so‘nggi 24 soat ichida AQSH kuchlari Yaman qirg‘oqlari yaqinida uchta uchuvchisiz yerusti apparatini yo‘q qildi. 

“Yo‘q qilingan qurollar mintaqadagi tijorat kemalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf tug‘diradi”, deya qayd etadi CENTCOM.

Shuningdek, qo‘mondonlik Qo‘shma Shtatlarning harakatlari navigatsiya erkinligini himoya qilish va xalqaro suvlar xavfsizligini oshirishga qaratilganini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun, AQSH va Buyuk Britaniya Yamandagi husiylar nazoratidagi hududlarga zarba berishni boshlaganidan so‘ng, husiylar bu mamlakatlardan kelgan barcha kemalarga hujum qilishga va’da berishdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Iroq g‘arbidagi amerikalik harbiylar joylashgan Ayn al-Assad aviabazasi raketalardan o‘qqa tutilgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
52
0
qalampir.uz

Bayden nega prezidentlik poygasidan chiqishga qaror qilganini tushuntirdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden demokratiyani saqlab qolish uchun ikkinchi muddatga saylanmaslikka qaror qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul kuni Amerika xalqiga murojaatida ma’lum qildi. “Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yo‘lida hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli”, deydi Bayden. BBC xabariga

14 Aug 06:38
 
21
0
xs.uz

Rossiya Kiyevga zarba berishi oqibatida ikki kishi halok boʻldi

Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatiga transchegaraviy bostirib kirganligi bois Rossiya qasos uchun hujumlarga tayyorlanmoqda. Ukraina rasmiylarining maʼlum qilishicha, Kiyev tashqarisida Rossiya havo hujumi oqibatida kamida ikki kishi halok boʻlib, uch kishi yaralangan.Shu yilning 11-avgust kuni Kiyev sharqida sodir boʻlgan hujumda 4 yoshli bola va uning 35 yoshli otasi halok boʻldi. Shuningdek, 3 kishi, jumladan, 12 yoshli bola ham yaralangan. Prezident Vladimir Zelenskiy bu holat Shimoliy K

03 Sep 21:35
 
6
0
xs.uz

Rossiyada yuz bergan YTHda 8 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi

Rossiyaning Nijegorodsk viloyatida ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan mikroavtobus halokatga uchrashi oqibatida 8 kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat politsiyasi Telegramʻdagi kanalida xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hodisa 2024-yil 1-sentyabr kuni sodir boʻlgan. 32 yoshli tojikistonlik haydovchi 'Hyundai' rusumli mikroavtobusining boshqaruvini yoʻqotgan. Shundan soʻng mikroavtobus toʻsiqqa urilib, agʻdarilib ketgan.Oqibatda uning ichida boʻlgan 11 nafar oʻzbekistonlikning 8 naf

26 Jul 10:21
 
58
0
xs.uz

Netanyahu AQShda va Isroil qilmishlari (+video)

Isroilning Xon Yunisdagi qilmishlariXon Yunis oxirgi kunlarda qonga botirilmoqda. Isroil askarlari aholini hududni tark etishga chaqirganidan koʻp oʻtmay oʻqqa tutgan. Odamlar oziq-ovqat va suvsiz qolmoqda. Ularni evakuatsiya qiladigan hech kim yoʻq. Xon Yunisda faqat bitta Nosir shifoxonasi ishlayapti. Hududning tez tibbiy yordam xodimlari yetib bora olmaydigan joylari ham bor.Hududdan bir kunning oʻzida 150 mingdan ortiq odam qochishga majbur boʻlgan. Soʻnggi kunlardagi zarbalardan toʻ