calendar 26 Jul 10:19
eye 48
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bayden nega prezidentlik poygasidan chiqishga qaror qilganini tushuntirdi

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden demokratiyani saqlab qolish uchun ikkinchi muddatga saylanmaslikka qaror qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul kuni Amerika xalqiga murojaatida ma’lum qildi.

“Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yo‘lida hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli”, deydi Bayden.

BBC xabariga ko‘ra, Bayden so‘nggi haftalarda u mamlakat va Demokratik partiyani birlashtirishi kerakligini tushunganini va oldinga siljishning eng yaxshi yo‘li “estafetani yangi avlodga topshirish” ekanligini aytdi.

“Bu xalqimizni birlashtirishning eng yaxshi usuli. Ko‘p yillik tajribaga ega odamlar uchun jamiyatda vaqt va o‘rin bor. Yangi va yosh ovozlar uchun ham vaqt va joy bor. Men bu lavozimni afzal ko‘raman, lekin o‘z vatanimni yanada yaxshi ko‘raman. Bu mamlakatga Prezident sifatida xizmat qilish mening hayotim sharafi bo‘ldi”, deya qo‘shimcha qildi u.

Bayden, shuningdek, amerikaliklarni yaqin kelajakda AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lishi kerak bo‘lgan Kamola Harrisni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

“Men o‘z tanlovimni qildim, endi tanlov sizniki”, deydi Bayden.

“Politico” va CNN manbalarga tayanib yozishicha, Jo Bayden o‘zining ikki yaqin maslahatchisi Mayk Donilon va Stiv Rikchetti bilan uchrashuvdan so‘ng, noyabr oyidagi saylovlarda nomzodini qaytarib olishga qaror qilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 14:00
 
79
0
qalampir.uz

Bayden koronavirusga chalindi

AQSH Prezidenti Jo Baydenda COVID-19 testi ijobiy chiqdi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Perning kecha, 17 iyul kuni bergan bayonotida aytiladi. “Bugun ertaroq Las-Vegasdagi birinchi tadbiridan so‘ng, Prezident Bayden COVID-19 uchun sinovdan o‘tdi va natija ijobiy chiqdi. U bir necha bor emlangan va yengil alomatlarga ega”, deydi Jan-Per. Oq uy matbuot kotibining aniqlik kiritishicha, Prezident Delaverdagi rezidensiyasiga qaytib, u yerda o‘zini izolyatsiya qi

15 Jul 12:03
 
59
0
xs.uz

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi

AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirildi.Hodisa u Pensilvaniyada oʻz tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida yuz bergan. Tramp qulogʻidan yaralangan va xavfsizlik xizmati xodimlari qurshovida voqea joyini tark etgan.AQSH prezidentligiga nomzodning matbuot kotibi Stiven Chunning maʼlum qilishicha, siyosatchi Pensilvaniya shtatidagi kasalxonada tibbiy koʻrikdan oʻtgan. Keyinroq maʼlum boʻlishicha, Tramp oʻng qulogʻidan yaralangan va koʻp qon yoʻqotgan.'BNO News' portal

11 Jul 15:12
 
57
0
xs.uz

Fethiye: madaniyat va tabiatning mukammal uygʻunligi

1. OʻlidenizFethiyeni Oʻlidenizsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Butun dunyoga mashhur ushbu plyaj oʻzining firuza rang shaffof dengizi va oq qumlari bilan barchani hayratda qoldirmoqda. Oʻlidenizda paraplanda uchib, yuqoridan bamisoli qush kabi ajoyib manzarani tomosha qilish va sokin suvlarda suzish kabi zavqli mashgʻulotlar bilan taʼtilni maroqli oʻtkazish mumkin.2. Likiya yoʻliFethiyening Likiya yoʻli tabiat qoʻynida sayr qilishni sevuvchilar va trekking ixlosmandlari uchun munosib ma

26 Jul 10:19
 
32
0
qalampir.uz

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlarni ishlatish taqiqlandi

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlardan foydalanish taqiqlandi. Tegishli qonun Prezident Sadir Japarov tomonidan imzolandi.  Bunday qonun qabul qilinishining sababi firibgarlar investorlarning pullarini jalb qilish maqsadida shirkat nomlarida diniy atamalar ishlatgan. Taqiqlash ustavida asosiy maqsad daromad olishdan iborat bo‘lmagan diniy notijorat tashkilotlarga, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslarga