calendar 20 Jul 19:38
eye 76
comments 0
comments Manba: xs.uz

Dunyo boʻylab vabo kasalligi tarqalish xavfi ortmoqda — JSST

image
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning yanvar-iyun oylarida dunyoning 25 ta davlatida 250 ming nafarga yaqin kishi vabo bilan kasallangan va ulardan 2 137 nafari vafot etgan. Birgina iyun oyida 18 mamlakatda yashovchi 40,5 ming nafardan koʻproq bemorda mazkur xastalik aniqlangan. Ularning 166 nafari epidemiya oqibatida hayotdan koʻz yumgan.

Aksariyat vabo oʻchoqlari, yaʼni 32,5 mingga yaqin yangi kasallanish holatlari Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasi mamlakatlarida roʻyxatga olingan. Afgʻonistonda qariyb 18,7 ming, Yamanda 6,6 mindan ortiq, Pokistonda esa 5200 dan ziyod kishi ushbu infeksiyani yuqtirgan.

'JSST dunyo boʻylab epidemiyalar soni ortishi va ularning tarqalish koʻlami kengayishi, shuningdek, vaksinalar va boshqa resurslar taqchilligini hisobga olib, global darajadagi xavfni juda yuqori, deb baholashda davom etmoqda', deyiladi hisobotda.

Qayd etilishicha, qator davlatlarda vaboga qarshi emlash vositalari yetishmovchiligi kuzatilyapti. Oʻtgan yil yanvar oyidan buyon 17 ta mamlakat 102 million doza vaksina soʻragan boʻlsa, ishlab chiqarish miqdori 51 million dozani tashkil etgan. Bugun esa zaxiradagi 7,5 million doza emlash vositasi qolgan xolos.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
36
0
xs.uz

Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya rahbari bilan nimalarni muhokama qildi?

Suriyalik siyosatchining Kremldagi aniq missiyasi haqida deyarli maʼlumotlar mavjud emas. Ammo bu uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi ittifoqchilikni koʻrsatib berishi mumkin. Bu haqda 'Deutsche Welle' nashri xabar berdi.Qayd etilishicha, uchrashuvda Asad Yaqin Sharq boʻylab mojarolar kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu keskinlashuvni alohida taʼkidlab, bunday holatlarning Suriyaga bevosita taʼsirini qayd etgan. Bashar Asad ham bugungi kundagi glob

21 Jul 23:38
 
90
0
qalampir.uz

Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik oilaning 4 a’zosi o‘ldirib ketildi

AQSHning Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik oilaning 4 nafar a’zosi o‘ldirib ketildi. Bu haqda “Pix 11” xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Bruklinda bir oilaning to‘rt a’zosi, jumladan, ikki yosh bola halok bo‘lgan. Politsiya 24 yashar gumonlanuvchini qo‘lga olgan. U oila egasining ukasi va hozirda hibsga olingan. U 56 yoshdagi onasi, akasining 27 yoshli ayoli va 4 va 5 yoshli jiyanlarini o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda. Nashrning qayd etishicha, gumonlanuvchi ru

27 Jul 18:46
 
73
0
qalampir.uz

Italiya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi

Italiya diplomatik aloqalari uzilganidan 12 yil o‘tib, Suriyaga o‘z elchisini qayta yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani 25 iyul kuni parlament qo‘mitalari oldida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Rim Rossiyaning Yaqin Sharqdagi diplomatik sa’y-harakatlari monopoliyaga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Suriya bilan diplomatik aloqalarni tiklashga harakat qilmoqda. Bunday diplomatik harakat esa Yevropa Ittifoqi mamlaka

26 Jul 10:19
 
56
0
qalampir.uz

KXDRning axlat sharlari Prezident qarorgohigacha yetib bordi 

Bugun, 24 iyul kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yolning Seuldagi davlat idorasiga Shimoliy Koreya tomonidan yuborilgan 300 ga yaqin axlat sharlari kelib tushdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.  Taxminan 250 ga yaqin sharlar asosan poytaxt Seul va yaqin atrofdagi Kyonnggi provinsiyasining shimoliy hududiga qulagan. Prezident xavfsizlik xizmati havo shari tarkibini o‘rganib chiqqan va uning kimyoviy, biologik va radiatsiyaviy xavf tug‘dirmasligini ma’lum qilgan. Xavf