Netanyahu Livanni Gʻazo kabi halokatga uchratishdan ogohlantirdi
Uning bu soʻzlari seshanba kuni Livan fuqarolariga yoʻllangan videomurojaatda paydo boʻldi hamda 'Hizbulloh' oldingidan ham zaiflashganini taʼkidladi. 'Hizbulloh' tomoni Netanyahuning soʻnggi soʻzlariga hali hech qanday izoh bermadi.
'Sizda Livanni Gʻazoda koʻrib turganimizdek vayronagarchilik va azob-uqubatlarga olib keladigan, uzoq davom etayotgan urushga tushib qolishdan qutqarish imkoningiz bor', dedi Netanyahu murojaatda.
Uning bu keskin ogohlantirishi Isroil harbiylari Livanga qoʻshimcha qoʻshin kiritib, janubiy qirgʻoq hududlari va poytaxt Bayrutning janubiy chekkalaridagi aholini evakuatsiya qilishni buyurgan paytga toʻgʻri keldi.
Shuningdek, Isroil 'Hizbulloh'ning Bayrutdagi nishonlariga zarba berganini aytganidan soʻng guruh Hayfa va uning chekka hududlariga raketa uchirgan, ularning bir qanchasi tutib qolingan.
Isroil oʻn minglab isroilliklarning shahar va aholi punktlariga qaytishiga imkon berish uchun Livan bilan shimoliy chegarasini himoya qilishga vaʼda berdi.
Shu qatorda Gʻazodagi Falastinning HAMAS va Livanning 'Hizbulloh' guruhlari Isroilga qarshi chiqishga shayligini bildirdi. Xususan, 'Hizbulloh' yetakchisi oʻrinbosari Naim Qosim guruh isroilliklarning shimolga qaytishiga imkon bermasligini aytdi.
Isroil hujumlari Livanning janubiy va sharqiy qismiga, shuningdek, janubiy va markaziy Bayrutga qaratilgan boʻlib, bir milliondan ortiq odamni oʻz uylarini tashlab ketishga majbur qildi.
Harbiy va xavfsizlik boʻyicha tahlilchi Ilyos Magniyerning aytishicha, Naim Qosim 'Hizbulloh'ning matbuot kotibi boʻlgan.
'Bu uning soʻnggi bir necha hafta ichida Livanga qarshi urush boshlanganidan keyingi ikkinchi chiqishi. U oʻziga ishongan, xotirjamroq, oʻzini yaxshi tutmoqda', dedi tahlilchi.
Rossiyaning harbiy samolyotlari NATO osmonida “qoʻlga tushdi”. Tashkilot oʻz nizomining 5-moddasini qoʻllashi mumkin
NATO qiruvchi samolyotlari Boltiq dengizi uzra uchayotgan Rossiyaning beshta harbiy samolyotini aniqlab qurshab olgan. Latviya harbiy-havo kuchlariga koʻra, rus samolyotlarida parvoz rejalari yoki faol transponderlari boʻlmagani uchun vaziyatni chigallashtirilgan. Bu haqda 'Newsweek' xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Rossiyaga tegishli samolyotlari ikki alohida holatda Boltiqboʻyi davlatlari yaqinidagi xalqaro havo hududida uchib yurganida radarlarga tushib qolgan. Moskva oʻchoqlari mintaqad
Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 2-oktyabr kuni Izmir shahridagi aeroportdan chiqishda 6 nafar ayol, shuningdek, ularni kutib olishga mashinada kelgan erkak qoʻlga olingan.Avtomobil va ayollarni koʻzdan kechirish chogʻida ularda har biri 110 grammlik 82 dona oltin quymalari, 18 dona oʻyin pristavkalari (Playstation), bundan tashqari, 3 dona smartfon borligi aniqlangan.Sud qarori bilan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazilganida esa ayollar jinsiy aʼzosida 84 dona oltin quymalari yashirilgani a
Qrimdagi koʻrfaz meduza bilan toʻldi
Qrimdagi Balaklava koʻrfazi meduzalar toʻldi. Ularning soni shunchalik koʻpki, qirgʻoqdagi suv oq jelega oʻxshaydi.Mahalliy aholi sayyohlarni qoʻrqitmoqda. Shu sabab odamlar suzishmayapti. Biroq, baliqchilar juda xursand. Chunki meduzalar baliq uchun yaxshi oʻlja hisoblanadi.Qrim yarim oroli qirgʻoqlarida meduzalar tez-tez mehmon boʻlishadi. Kuchli shamol va dengiz oqimlari tufayli ular qirgʻoqqa yaqinlashadi.
Olimlar: AQSHda 9 magnitudali zilzila va 30 metrli sunami qayd etiladi
Mutaxassislar Qoʻshma Shtatlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kuchli kataklizm belgilarini aniqladi. Mamlakatda 9 magnitudali zilzila va 30 metrli sunami boʻlishi mumkin.Olimlar Kanada janubidan Kaliforniya shimoligacha choʻzilgan Kaskad togʻlarini oʻrganib chiqdilar va AQSH-Kanada chegarasidan Kaliforniya shimoligacha boʻlgan 970 kilometrlik yoriq boʻylab toʻrtta alohida segmentni aniqladilar. Mutaxassislarning fikricha, yaqin yillarda bu hududda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan zilzil