calendar 25 Sep 13:14
eye 57
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rossiyaning harbiy samolyotlari NATO osmonida “qoʻlga tushdi”. Tashkilot oʻz nizomining 5-moddasini qoʻllashi mumkin

image
NATO qiruvchi samolyotlari Boltiq dengizi uzra uchayotgan Rossiyaning beshta harbiy samolyotini aniqlab qurshab olgan. Latviya harbiy-havo kuchlariga koʻra, rus samolyotlarida parvoz rejalari yoki faol transponderlari boʻlmagani uchun vaziyatni chigallashtirilgan. Bu haqda 'Newsweek' xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Rossiyaga tegishli samolyotlari ikki alohida holatda Boltiqboʻyi davlatlari yaqinidagi xalqaro havo hududida uchib yurganida radarlarga tushib qolgan. Moskva oʻchoqlari mintaqadagi transponderlarini oʻchirib qoʻyishi odatiy holdir, bu NATOning potentsial javobini sinab bilish uchun boʻlishi ham mumkin. 'Asirga olingan' samolyotlar orasida bitta 'Sukhoi Su-35' va toʻrtta 'Sukhoi Su-30MKI'lar bor.

Qayd etilishicha, Latviya hududida joylashtirilgan 'Eurofighter' qiruvchi samolyotlari hodisaga tezkorlik bilan javob qaytardi va Rossiya samolyotlariga yetib olgan. NATO davlatlari Rossiyaning hujumlaridan xavfsiragan holda shu kabi havo hududi monitoringini kuchaytirishmoqda. Eslatib oʻtish kerakki, sentyabr oyi boshida Rossiyaning uchuvchisiz samolyoti Belarusdan kirib kelganidan soʻng Latviyada qulagan edi.

Umuman olganda, NATO ayrim hollarda mintaqada sunʼiy xaos koʻtarishdan manfaatdordek ham tuyilmoqda. Masalan, oʻtgan hafta oʻrtasida Latviya radarlari Belarus chegarasi yaqinida nomaʼlum obyektni aniqlaganida NATOning navbatdagi havo tekshiruvlari boshlangan hamda tashkilot oʻz qiruvchi samolyotlarini yuborgandi. Keyinchalik esa bu obyekt qushlar galasi boʻlib chiqqandi.

NATO Boltiqboʻyi va Polshada ham Ukrainadagidek holat takrorlanishidan xavotirda. Agarda bunday holat yana takrorlansa, tashkilotning 5-moddasi qoʻllanilishi mumkin. Bunda biron bir aʼzo hujumga uchrasa, qolganlari uni himoya qilish uchun qurolli kuchlarini safarbar etishga majbur. Bu qoida faqat bir marta, 2001-yildagi 11-sentyabr xurujlaridan keyin qoʻllanilgan.

Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
56
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *

20 Mar 12:50
 
60
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

12 Apr 21:15
 
42
0
xs.uz

Qozogʻistonda ayrim oʻzbekistonlik haydovchilar harakatiga taqiq qoʻyildi

Unga koʻra, taqiqqa uchragan fuqarolar Qozogʻistonning 'Kaspi bank' onlayn tizimidagi 'davlat xizmatlari' jarimalar qismida tayinlangan jarimani toʻlashi zarur. Shundan soʻng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash boʻyicha choralar koʻriladi.'Hurmatli haydovchilar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan oʻzingizni xalos eting', deyiladi xabarda.

23 Mar 16:44
 
71
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar