calendar 09 Oct 12:40
eye 73
comments 0
comments Manba: xs.uz

Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi

image
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 2-oktyabr kuni Izmir shahridagi aeroportdan chiqishda 6 nafar ayol, shuningdek, ularni kutib olishga mashinada kelgan erkak qoʻlga olingan.

Avtomobil va ayollarni koʻzdan kechirish chogʻida ularda har biri 110 grammlik 82 dona oltin quymalari, 18 dona oʻyin pristavkalari (Playstation), bundan tashqari, 3 dona smartfon borligi aniqlangan.

Sud qarori bilan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazilganida esa ayollar jinsiy aʼzosida 84 dona oltin quymalari yashirilgani aniqlangan. Jarrohlik yoʻli bilan chiqarib olingan oltin quymalarining umumiy ogʻirligi 9,2 kilogrammni tashkil etgan.

Ulardan olib qoʻyilgan oltin quymalarining jami ogʻirligi 18 kilogramm 500 grammni tashkil etib, qiymati 55 million turk lirasi (1,5 million dollar)ga baholanmoqda. Hozirgi kunda qoʻlga olinganlarning barchasi Izmir sudi tomonidan hibsga olingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
152
0
xs.uz

Moskva viloyati muzeyida “Olamlar o‘rtasidagi nur” nomli yangi xalqaro ko‘rgazma ochildi

Ko'p yillardan so'ng ilk bor ikkita noyob muzey ' I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat san'at muzeyi va 'Yangi Iyerusalim' muzeyining kolleksiyalari bir ekspozitsiyada birlashdi.Ko'rgazma 'Yangi Sharq ustalari'dan tortib 'Metafizika'gacha bo'lgan tematik bo'limlarni, shuningdek, mualliflarning 'ovozini eshitishga' imkon beruvchi ovozli installyatsiyalarni o'z ichiga oladi.Ko'rgazma 2025-yil 8-noyabrgacha davom etadi.

18 Jun 21:56
 
197
0
xs.uz

Tramp Erondan “soʻzsiz taslim” boʻlishni talab qildi. Eron esa yahudiy davlati havo hududini nazoratga oldi

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning 'soʻzsiz taslim boʻlishini' talab qildi.Unga koʻra, ayni paytda Eronning havo hududi endi toʻliq AQSH nazorati ostida. AQSH Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning qayerda joylashganini aniq biladi, ammo Vashington 'hech boʻlmaganda hozircha'uni yoʻq qilish niyatida emas.Oq uy rahbari Eron muammosini hal qilish uchun AQSH armiyasidan foydalanishni istamaydi, ammo sabr-toqati tugayapti.'Eronda yaxshi kuzatuv uskunalari va boshqa mudofaa uskunalar

15 Jun 20:14
 
96
0
xs.uz

“ChatGPT”dan foydalangan talabalar qoʻlga tushmoqda

Buyuk Britaniyada 'ChatGPT' va boshqa sunʼiy intellekt vositalaridan notoʻgʻri foydalanish holatlari tobora kuchaymoqda. 'The Guardian' nashri oʻtkazgan surishtiruvga koʻra, 2023'2024 oʻquv yilida universitetlarda akademik halollik qoidalarini buzish bilan bogʻliq deyarli 7 mingta holat aniqlangan. Bu har ming talabaga 5,1 ta holatdan toʻgʻri keladi. Solishtirish uchun, oʻtgan yili bu koʻrsatkich atigi 1,6 tani tashkil qilgan edi. Mutaxassislar fikricha, bu raqam yil oxirigacha 7,5 ta

31 May 08:50
 
45
0
xs.uz

Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl