calendar 10 May 13:30
eye 42
comments 0
comments Manba: postda.uz

BIRI-BIRIGA SHOGIRD, BIRI-BIRIGA USTOZ

image

Umidjon Soliyev uzoq yillar Andijon viloyati ichki ishlar organlari navbatchilik qismlarida xizmat qilib, viloyat IIB Situatsion markazi navbatchilik qismi boshlig‘i lavozimidan podpolkovnik unvoni bilan pensiyaga chiqdi. Uning ukasi Ulug‘bek tergov xizmatida faoliyat olib borgan. U ham podpolkovnik unvonigacha xizmat qilgan. So‘nggi paytlarda Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Nodirbek katta akalari izidan bordi. Hozirda u Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi inspektori, mayor.

Kamoliddin Soliyev 2020-yildan oilaviy an’analarni davom ettirib, amakilari izidan borishga qaror qildi. Dastlab tergov izolyatorida nazoratchi sifatida xizmat olib bordi, 2022-yildan esa Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarmasi Tezkor boshqaruv markazi 

«102» xizmati kichik mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Unga ustozi – podpolkovnik Umidjon Soliyev o‘zining hayot va xizmat tajribasini beminnat o‘rgatdi. Bugungi kunda safdor Kamoliddin Soliyev shogirdlari – safdorlar Shuhrat Mutalipov va Gulshona Abdukarimovalarga ustozlik qilmoqda. 

– Faoliyatimiz mashaqqatli va mas’uliyatli, – deydi safdor K. Soliyev. – Har smenada fuqarolardan 180 tadan 200 tagacha qo‘ng‘iroq kelib tushadi. Har bir murojaatni ro‘yxatga olish va mas’ul navbatchi ofitserga yetkazish zarur, u esa osoyishtalik posbonlarini manzil bo‘yicha yo‘naltiradi.

Kamoliddinning orzusi IIV Akademiyasining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirib, kelgusida ofitser bo‘lish.

Boris KLЕYMAN,

o‘z muxbirimiz.

Andijon viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:36
 
13
0
postda.uz

TAJRIBADA ILK BOR

Joriy yilning 27-oktabr kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda deputatlikka siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi. Ta’kidlash kerakki, milliy saylov tajribamizda ilk marotaba 5 ta siyosiy partiya tomonidan barcha darajadagi deputatlik o‘rinlariga 100 foiz nomzodlar ko‘rsatildi. Xususan, siy

03 Sep 21:35
 
28
0
xs.uz

Umumiy ovqatlanish korxonalari 750 milliard soʻmdan ortiq soliq toʻlagan

'Fiskal tahlillar' portali yanvar-iyul oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari 750 milliard soʻmdan ortiq soliq toʻlaganini maʼlum qildi.Maʼlum qilinishicha, joriy yil yanvar-iyul oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shugʻullanuvchi 19 ming 427 ta yuridik shaxs tomonidan 750,2 milliard soʻm soliq toʻlangan. Shundan 126,2 milliard soʻmi, yaʼni 16,8 foizi 20 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 1,8 trillion soʻmdan oshgan, qoʻllagan soliq imtiyozlar

26 Aug 12:29
 
41
0
xs.uz

Andijonda 44 nafar amaldor jarimaga tortildi

Biznes ombudsman Andijon viloyatida 44 nafar amaldor jarimaga tortilganini maʼlum qildi.Qayd etilishicha, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim amaldorlar tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlangan.Vazirlar Mahkamasining 434-son qaroriga asosan, chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratish boʻyicha tuzilgan tuman komissiyasi tom

09 Oct 12:40
 
17
0
xs.uz

Fuqarolar kredit olishni oʻz-oʻziga taqiqlashi mumkin boʻladi

Kredit-axborot tahliliy markazi portalida fuqarolar tomonidan oʻziga oʻzi kredit olishni taqiqlash imkoni joriy qilindi. Bu oʻzgalar nomiga kredit oluvchi kiberjinoyatchilardan himoyalanish imkonini beradi.Mazkur xizmat yoqib qoʻyilsa, hech kim (kredit-moliya tashkilotlari) fuqaroning kredit tarixi bilan bogʻliq maʼlumotlarini ololmaydi. Natijada kredit tashkilotlari fuqaroning kredit tarixini onlayn oʻrgana olmaydi va kredit ajratish imkonsiz boʻlib qoladi.Xizmatdan foydalanish uchun Kr