calendar 09 Feb 09:52
eye 50
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

YeOII mamlakatlarida benzin narxi oshdi

image

2023 yilda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo davlatlarda benzin 7 foizga, dizel yonilg‘isi 9 foizga, elektr energiyasi uchun iste’mol narxlari esa 0,3 foizga qimmatlagan. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma’lum qilindi.

2023 yilning dekabr oyidagi yillik ko‘rsatkichlarga ko‘ra, YeOIIda avtomobil benzini narxi 10,6 foizga, dizel yoqilg‘isi bahosi 10,1 foizga, elektr energiyasi uchun to‘lovlar 10,2 foizga ko‘tarilgan. 

Shu jumladan, Armaniston benzin narxlari ko‘tarilishida yetakchi bo‘lib, mamlakatda bir yil mobaynida benzin narxi 24,3 foizga oshgan. Qozog‘istonda esa ushbu yonilg‘i narxi 13,7 foizga qimmatlagan. Shuningdek, qo‘shni davlatda dizel yoqilg‘isi narxi 15,2 foizga o‘sgan. Rossiyada esa bu ko‘rsatkich 10 foizni tashkil etmoqda.

YeOII ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil dekabr oyida benzinning o‘rtacha narxi quyidagicha bo‘lgan (1 litri uchun):

  • Armanistonda – 1,39 dollar;
  • Belarusda - 0,73 dollar;
  • Qozog‘istonda – 0,44 dollar;
  • Qirg‘izistonda – 0,71 dollar;
  • Rossiyada – 0,60 dollarga yetgan.


Abdullayev Azizbek


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 May 14:33
 
3
0
qalampir.uz

Kim Chen In yangi snayper miltig‘ini sinovdan o‘tkazdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatdagi qurol-yarog‘ zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda markaziy axborot agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha, u qurol ishlab chiqarish jarayoni va xususiyatlari bilan tanishgan. Shimoliy Koreya rahbari ushbu zavodda ishlab chiqarilgan yangi snayper miltig‘iga alohida e’tibor qaratgan. E’lon qilingan tasvirlarda Kim Chen In hatto snayper miltig‘ini sinab ko‘rgani va undan o‘q uzganini ko‘rish mumkin.  KXDR axborot agen

12 May 13:33
 
24
0
qalampir.uz

Britaniya Ukrainaga rekord darajadagi harbiy yordam paketini uzatadi

Buyuk Britaniya Ukrainaga urush boshlanganidan beri eng katta harbiy yordam paketini taqdim etadi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi kecha, 11 may kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi. Qayd etilishicha, yordamning navbatdagi partiyasi to‘rt million o‘q-dori, 1600 dan ortiq zarba beruvchi va zenit-raketalar, shuningdek, 400 ta texnika, jumladan, 162 ta zirhli texnika va 78 ta yer usti texnikasidan iborat bo‘ladi. O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi Ukraina u

14 May 14:33
 
3
0
qalampir.uz

“Tolibon” Pokiston harbiy delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifini bekor qildi

“Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan Afg‘oniston muvaqqat hukumati Pokiston harbiy delegatsiyasining kecha, 12 may kuniga belgilangan tashrifini bekor qildi. Bunga Pokistonning Afg‘onistonning Paktika viloyatidagi terrorchilar boshpanalariga yangi havo va raketa hujumlari sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Dawn” gazetasi xabar berdi.  Nashrning yozishicha, Qobul Pokiston delegatsiyasining Qandahor shahriga tashrifini bekor qilish sabablarini hali rasman e’l

10 May 13:30
 
23
0
qalampir.uz

Baydenning po‘pisasi Isroilni xavotirga solyapti – “Axios” 

AQSHning Isroilga o‘q-dorilarni yetkazib berishni to‘xtatish haqidagi qarori Tel-Avivning HAMAS bilan garovga olinganlarni qaytarish bo‘yicha muzokaralariga yomon ta’sir qilishi mumkin. Bu haqda "Axios" portali Isroilning ikki yuqori martabali rasmiysiga tayanib, xabar berdi. Qayd etilishicha, Vashington o‘tgan haftada G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga hujum uyushtirish rejalari tufayli o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatganini xabar qildi. Jumladan