calendar 12 May 13:33
eye 54
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Britaniya Ukrainaga rekord darajadagi harbiy yordam paketini uzatadi

image

Buyuk Britaniya Ukrainaga urush boshlanganidan beri eng katta harbiy yordam paketini taqdim etadi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi kecha, 11 may kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yordamning navbatdagi partiyasi to‘rt million o‘q-dori, 1600 dan ortiq zarba beruvchi va zenit-raketalar, shuningdek, 400 ta texnika, jumladan, 162 ta zirhli texnika va 78 ta yer usti texnikasidan iborat bo‘ladi.

O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari, bu davlatga siyosiy, harbiy va iqtisodiy yordam ko‘rsatish borasida kelishib olgani ma’lum bo‘lgan. “Welt am Sonntag” haftalik gazetasi qo‘lga kiritgan hujjatga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga yangi hujumlar sodir bo‘lgan taqdirda Kiyev bilan zudlik bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilishini kafolatlaydi. Shu bilan birga, yangi hujumlar sodir bo‘lgan taqdirda Ukraina armiyasi tomonida yevropalik askarlarning ishtiroki bilvosita istisno qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 10 may kuni Rossiya harbiylarining Xarkov viloyati chegarasiga hujumi boshlangandi. Prezident Vladimir Zelenskiy G‘arbdagi hamkorlarini Ukraina himoyachilariga va’da qilingan qurollarni o‘z vaqtida yetkazib berishda qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga chaqirdi. AQSH Prezidenti Jo Bayden esa Kiyevga 400 million dollargacha harbiy yordam ajratish haqidagi farmonni imzoladi. Shuningdek, AQSH Davlat departamenti Ukrainaga uchta HIMARS qurilmasini zudlik bilan sotishga ruxsat berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Mar 06:34
 
9
0
xs.uz

Janubiy Koreya prezidenti ozodlikka chiqarildi

Janubiy Koreya sudi prezident Yun Sok Yolni hibsga olish orderini bekor qildi va uni qamoqdan ozod qilishga qaror qildi. Bu haqda mahalliy 'Chosun' gazetasi xabar berdi.Qaror siyosatchi yanvar oyi oʻrtalarida harbiy holat joriy etish haqidagi buyrugʻi bilan isyon koʻtarganlikda ayblanib hibsga olinganidan 40 kun oʻtib qabul qilindi. Koreya qonunchiligiga koʻra, agar hibsga olishning qonuniy asoslari oʻz kuchini yoʻqotsa, qamoqqa olish bekor qilinishi mumkin.Seul markaziy okrug sudi prokur

28 Feb 01:19
 
31
0
xs.uz

Janubiy Koreya razvedkasi: Shimoliy Koreya Rossiyaga yana qoʻshin yubordi

Janubiy Koreya milliy razvedka xizmati maʼlumotlariga koʻra, Shimoliy Koreya Rossiyaga qoʻshimcha harbiy kuchlar yuborgan. Bu haqda 'Reuters' xabar bermoqda.Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, bu qoʻshinlar Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh Kursk viloyatidagi jang maydonlariga yoʻnaltirilgan.Avvalroq, Shimoliy Koreya Rossiyaga 11 mingdan ortiq askar yuborgani haqida maʼlum qilingan edi. Shuningdek, Gʻarb ekspertlari va Ukraina rasmiylari Rossiya armiyasi Shimol

06 Mar 16:12
 
13
0
xs.uz

Ukrainaga qoʻshin joylashtirmoqchi boʻlgan davlatlar soni yana bittaga koʻpaydi

Avstraliya hukumati bir qator mamlakatlar, xususan, Fransiya, Buyuk Britaniya hamda Kanada davlatlariga qoʻshilgan holda Rossiya va Ukrainaning tinchlik kelishuvidan soʻng Kiyevga tinchlikparvar kuchlarini yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 'Bloomberg' nashri maʼlum qildi.Maʼlum qilinishicha, avvalroq, Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze hukumat boshqa mamlakatga qoʻshin joylashtirishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor etgan. Keyinchalik, oʻz pozitsiyasini oʻzgartirgan hamda koʻ

19 Feb 00:21
 
28
0
xs.uz

Olmaotaga qoʻna olmagan samolyotlar Toshkentga yoʻnaltirildi

Quyuq tuman tufayli Olmaota shahriga qoʻna olmagan ikkita reys Toshkentdagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.'Loong Air' aviakompaniyasining Xanchjoudan Olmaotaga uchgan GJ8217 reysi 17-fevral kuni soat 23:05 Toshkentga qoʻndi. Yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolari mehmonxonalarga joylashtirildi. Manzil aeroportga uchish mahalliy vaqt bilan soat 14:00 ga rejalashtirilgan.Bundan tashqari, 'Azimut' aviakompaniyasining Mineralne Vodi ' Olmaota yoʻnalishi boʻyicha AZO6141 reysi mahalliy vaqt bilan