calendar 10 May 13:30
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Baydenning po‘pisasi Isroilni xavotirga solyapti – “Axios” 

image

AQSHning Isroilga o‘q-dorilarni yetkazib berishni to‘xtatish haqidagi qarori Tel-Avivning HAMAS bilan garovga olinganlarni qaytarish bo‘yicha muzokaralariga yomon ta’sir qilishi mumkin. Bu haqda "Axios" portali Isroilning ikki yuqori martabali rasmiysiga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, Vashington o‘tgan haftada G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga hujum uyushtirish rejalari tufayli o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatganini xabar qildi. Jumladan, Rafahga zarba berishda qo‘llanilishi mumkinligidan qo‘rqib, 2000 funtlik bombalarini jo‘natmagan.

Bundan tashqari, Pentagon rahbari Lloyd Ostin Senatning mablag‘lar bo‘yicha qo‘mitasi Qo‘shma Shtatlar “og‘ir sig‘imli o‘q-dorilar” yetkazib berishni to‘xtatgani va Isroilga qisqa muddatli harbiy yordam ko‘rsatish masalasini ham ko‘rib chiqayotganini tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida harbiy amaliyot boshlasa, unga ayrim turdagi qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qilgandi. 

Shu bilan birga, u Qo‘shma Shtatlar Isroilga mudofaa qobiliyatini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan "Temir gumbaz" havo mudofaa tizimi uchun snaryadlarni yetkazib berishda davom etishiga ishontirgan. 

"Isroil xavfsizligini ta’minlashdan bosh tortmaymiz, ammo uning hududlarda (masalan, Rafahda) urush olib borish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlashni istamaymiz", degan Jo Bayden.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
118
0
xs.uz

Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Jabrlanganlar bor

Turkiyaning janubiy viloyatlarida 5,8 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya maʼlum qildi.Mugʻla viloyatida va yana bir nechta hududlarda sezilgan yer silkinishlari 3-iyunga oʻtar kechasi mahalliy vaqt bilan 02:17 da yuz bergan. Uning epitsentri Marmaris kurorti yaqinidagi dengizda, 67 kilometr chuqurlikda yuzaga kelgan.Tabiiy ofat oqibatida 69 kishi jabrlangan. Ularning koʻpchiligi uylarining derazalaridan sakrash chogʻida jarohatlangan. Hozi

01 Jul 04:28
 
8
0
xs.uz

Ukraina Ottava shartnomasidan chiqmoqda

Ukraina piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash toʻgʻrisidagi konvensiyadan chiqish niyatida.Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Ottava shartnomasidan chiqish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Ushbu shartnoma piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash toʻgʻrisidagi bitim hisoblanadi.Ottava konvensiyasi 1999-yildan beri BMT shafeligida ishlaydi. U ishtirokchi mamlakatlarga piyodalarga qarshi minalar zaxiralarini saqlashni, ulardan foydalanishni va boshqa mamlakatlarga oʻtkazishni t

18 Jun 21:56
 
197
0
xs.uz

AQSHda Trampning Isroil — Eron mojarosiga aralashishini taqiqlovchi rezolyutsiya tayyorlandi

AQSH Kongressiga Donald Trampni Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaroga aralashishdan ogohlantiruvchi ikki partiyaviy rezolyutsiya taqdim etilgan. Bu haqda 'Sky News' telekanali xabar berdi.Hujjat respublikachi Tomas Massi va demokrat Aleksandriya Okasio-Kortez tomonidan ishlab chiqilgan. Ikkinchisiga koʻra, Konstitutsiya Amerika Qoʻshma Shtatlari ijroiya hokimiyatiga bir tomonlama 'urush harakatlari'ni amalga oshirishga ruxsat bermaydi.'Kongress Eronga urush eʼlon qilishning eksklyuziv huquqiga

17 May 21:47
 
62
0
xs.uz

NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin darajada oshirishga kirishdi

NATO davlatlari AQSH prezidenti Donald Trampning yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini yumshata oladigan tarzda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda 'Bloomberg' manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Harbiy alyansdagi muzokarachilar NATOning iyun oyida Gaagada boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan 2032-yilgacha mudofaa va mudofaa bilan bogʻliq xarajatlar uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga erishish yoʻlida muvaf