calendar 14 May 14:33
eye 76
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kim Chen In yangi snayper miltig‘ini sinovdan o‘tkazdi

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatdagi qurol-yarog‘ zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, u qurol ishlab chiqarish jarayoni va xususiyatlari bilan tanishgan. Shimoliy Koreya rahbari ushbu zavodda ishlab chiqarilgan yangi snayper miltig‘iga alohida e’tibor qaratgan. E’lon qilingan tasvirlarda Kim Chen In hatto snayper miltig‘ini sinab ko‘rgani va undan o‘q uzganini ko‘rish mumkin. 

KXDR axborot agentligi Kimning otgan o‘qlaridan birortasi ham mo‘ljaldan adashmaganligini ko‘klarga ko‘tarib maqtagan.

"O‘rtoq Kim Chen In yangi snayper miltig‘iga qiziqish bildirgan va KXDR texniklari jahon darajasidagi eng yaxshi ko‘rsatkichlarni ko‘rsatayotganini aytdi", deyiladi xabarda.

Avvalroq xorijlik tahlilchilar Ukrainadagi urush Shimoliy Koreyaning o‘z qurollarini sinab olishi uchun arzon va foydali imkoniyat ekanini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukrainadagi urushda Shimoliy Koreya raketalaridan foydalangani tasdiqlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
36
0
xs.uz

Buyuk Britaniya 4 kunlik ish haftasiga oʻtishi mumkin

200 ta Buyuk Britaniya kompaniyasi oʻz xodimlarining amaldagi ish haqini saqlab qolgan holda 4 kunlik ish haftasiga oʻtishini maʼlum qildi. Bu haqda 'The Guardian' nashri xabar qildi.'4 Day Week Foundation'ning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 5000 dan ortiq kishi faoliyat olib boradigan ushbu kompaniyalarning aksariyat qismini xayriya tashkilotlari, marketing va texnologiya firmalari tashkil etadi. Ular 5 kunlik modelni eski iqtisodiy davrdan qolgan va endi undan foydalanish kerak emas,'deb

31 Jan 15:22
 
31
0
xs.uz

“DeepSeek” ilovasi muvaffaqiyati fonida “Nvidia” 589 mlrd dollar yoʻqotdi

Amerikaning 'Nvidia' kompaniyasi qiymati Xitoyning 'DeepSeek' sunʼiy intellekti muvaffaqiyati fonida 589 milliard dollarga kamaydi. Bu haqda Forbes xabar bergan.Grafik chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning narxi 3,5 trilliondan 2,9 trillion AQSH dollariga tushdi, bu esa 'Nvidia'ni eng qimmat kompaniya maqomidan mahrum qilgan.Kompaniya 'DeepSeek' mahsulotini sunʼiy intellekt sohasidagi ajoyib yutuq deb atagan. Lekin uning ishlashi uchun ham 'Nvidia' chiqaradigan grafik protsessorlar kerak.Xi

27 Jan 00:54
 
25
0
xs.uz

Bir poyezdan sakrab tushgan 12 kishini boshqa poyezd urib ketdi

Hindiston gʻarbidagi Maxarashtra shtatida poyezddan tushib qolmoqchi boʻlgan 12 kishini qoʻshni yoʻlda harakatlanayotgan boshqa bir poyezd bosib ketdi. Bu haqda CNN nashri'xabar bergan.Aniqlanishicha, yoʻlovchilarga poyezdda yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar berilgan va oʻnlab odamlar yongʻindan qochmoqchi boʻlib oʻz vagonlaridan sakrashgan. Natijada, qoʻshni yoʻlda harakatlanib kelayotgan boshqa bir poyezdning urib ketishi oqibatida 12 nafar yoʻlovchi halok boʻldi.'Dastlabk

27 Jan 00:54
 
47
0
xs.uz

Harbiy texnologiyalari eng kuchli mamlakatlar reytingi eʼlon qilindi

Janubiy Koreyaning mudofaa texnologiyalarini targʻib qilish instituti 2024-yil uchun mamlakatlarning mudofaa fanlari va texnologiyalari darajasi boʻyicha tadqiqotni taqdim etdi.Unga koʻra, jahonda harbiy texnologiyalari eng taraqqiy etgan davlat AQSH boʻlgan. Ikkinchi oʻrinda Fransiya va Rossiya turibdi. Ularning harbiy innovatsiyalar darajasi Qoʻshma Shtatlar bilan solishtirganda 89 foizni tashkil etadi. AQSH harbiy sohada rivojlanish boʻyicha soʻnggi olti yilda Germaniya (3-oʻrin), Bu