calendar 09 Jul 14:23
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bayden Parkinson kasalligiga chalinmagan – Oq uy

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenda Parkinson kasalligi mavjud emas va ushbu xastalik bilan oldin ham og‘rimagan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per ma’lum qildi.

“Prezident Parkinson kasalligi bilan davolanmayapti va bu bo‘yicha hech qanday dori-darmon qabul qilmayapti. Aniqrog‘i, Bayden Parkinsonga umuman chalinmagan”, deya javob bergan Jan-Per.

Biroq Oq uy matbuot kotibi Baydenning yillik tibbiy ko‘riklar doirasida uch marta nevrologga tashrif buyurganini ta’kidladi.

Avvalroq “The New York Post” nashri Oq uyga tashrif buyuruvchilarga tayanib, AQSH Prezidentining davolovchi shifokori Kevin O'Konnor 2024 yilning yanvar oyida Parkinson kasalligiga ixtisoslashgan nevrolog Kevin Kanard bilan uchrashgani haqida xabar bergan edi. “The New York Times” nashrining yozishicha, Kanard 2023 yilning yozidan 2024 yilning bahorigacha Oq uyga sakkiz marta tashrif buyurgan.

Ma’lumot uchun, Parkinson kasalligi – markaziy nerv sistemasining surunkali kasalligi. Ingliz shifokori Jeyms Parkinson 1817 yilda ta’riflab bergan ushbu kasallikda muskullar taranglashadi, yuz harakatsiz bo‘lib, qotib qoladi. Bemor mayda qadam tashlab yuradi, harakatlari cheklanadi, hatto kiyinish, tugmalarni qadashda qiynaladi. Titroq falaj ko‘proq qo‘l panjalaridan boshlanadi. Bemorning boshi, oyoqlari ham titraydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uyda demokrat gubernatorlar bilan yopiq uchrashuvda Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Tramp bilan teledebatdagi muvaffaqiyatsiz chiqishidan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hech qanday jiddiy tekshiruvlarni o‘z ichiga olmagan qisqa tibbiy ko‘rik bo‘lgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 22:52
 
137
0
qalampir.uz

Iroqdagi AQSH harbiy bazasi raketa zarbasiga uchradi

Iroq g‘arbidagi amerikalik harbiylar joylashgan Ayn al-Assad aviabazasi raketalardan o‘qqa tutildi. Bu haqda “Shafaq news” portali xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayanib xabar berdi.    Bidirilishicha, bazaga kamida ikkita raketa uchirilgan, biroq ishlatilgan raketalar turi noma’lumligicha qolmoqda. Hujum ortida kim turgani haqida ham hozircha noma’lum. “Xavfsizlik xizmatlari raketalar qaysi hududdan uchirilganini aniqlash bo‘yicha qidiruv ishlarini

26 Jul 10:19
 
35
0
qalampir.uz

Ozarbayjon va Eron chegarasida otishma bo‘ldi

Ozarbayjon va Eron chegarasidagi otishma oqibatida ikki ozarbayjon chegarachisi yaralandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Ozarbayjon Davlat chegarasi matbuot xizmati xabar berdi. “Kecha, 24 iyul kuni soat 03:30 da Davlat xizmati chegara qo‘shinlarining “Gyoytepe” chegara otryadining rasmiy hududida Erondan Ozarbayjonga ketayotgan ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan davlat chegarasini buzish holati qayd etildi”, deyiladi xabarda. Bildirilishicha,

19 Jul 17:35
 
62
0
qalampir.uz

Netanyaxu Rafahga bordi (video)

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga bordi. Bu haqda Bosh vazir maslahatchisi Dmitriy Gendelman ma’lum qildi. Netanyaxu Isroil armiyasining 162-diviziyasi joylashgan hududga tashrif buyurdi, harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdi va Isroilning Filadelfiya koridori deb ataladigan hududni - G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi chegaradagi hududni va Rafah nazorat-o‘tkazish punktini nazorat qilishi anklavdagi operatsiyani “davomi uchun glob

22 Jul 09:35
 
63
0
qalampir.uz

Harris kampaniyasi 5 soat ichida 27,5 mln dollar xayriya yig‘di

AQSH vitse-prezidenti Kamola Harrisning saylovoldi shtab-kvartirasi Amerika yetakchisi Jo Bayden saylovoldi poygasini tark etganidan keyin besh soat ichida 27,5 million dollar xayriya yig‘di. Bu haqda demokratlar uchun mablag‘ yig‘uvchi ActBlue platformasi bayonotida aytiladi. ActBlue’ning X sahifasidagi postga ko‘ra, besh soat ichida Harrisning kampaniyasiga kichik xayriyalar 27,5 million dollarni tashkil etgan. “Politico”ning yozishicha, Baydenning saylovoldi ka