calendar 20 Sep 00:23
eye 36
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ukraina Rossiyaning oʻq-dori omborlariga hujumlarini davom ettirmoqda. Navbatdagi manzil Toropets

image


Toropets shahridagi Rossiyaning oʻq-dorilarni saqlash omborida kuchli portlash sodir boʻldi. Xabar qilinishicha, bunga Ukrainaning uchuvchisiz dronlari hujumi sabab ekanligi aytilmoqda. Bu haqda 'Newsweek' xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, katta portlash chorshanba tongida sodir boʻlgan va osmonga katta olov sharini hosil qilgan. Rossiyaning Tver viloyatida joylashgan Toropets Ukraina chegarasidan 300 chaqirim shimolda joylashgan boʻlib, avvalroq uchuvchisiz dronlar tomonidan nishonga olingan harbiy qism joylashgan shahar hisoblanadi.

Rossiyaning norasmiy OAVlarga tayanadigan boʻlsak, ukrainalik dronlarning qoldiqlari obʼyektga kelib urilgan, natijada yongʻin va portlash sodir boʻlgan. Katta miqdordagi oʻq-dorilar saqlanadigan ombor havo hujumlari va yadroviy portlashlardan himoyalanish uchun moʻljallangan. Rasmiy Kiyev bu hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan kadrlarda portlash sodir boʻlgani va ombordan quyuq tutun koʻtarilayotgani aks etgan. Ukraina rasmiylari va jurnalistlar hujumning ahamiyatini taʼkidlab, bu yerda 30 ming tonnagacha oʻq-dorilar saqlanishi mumkinligini aytishmoqda. Mahalliy gubernator yaqin atrofdagi aholi xavfsizligini taʼminlash uchun qisman evakuatsiya qilishni buyurgani ham aytilmoqda.

Favqulodda xizmatlar Toropetsdagi vaziyatni nazorat qilish ustida ishlamoqda, deyiladi Tver viloyati gubernatori bayonotida. Rossiya Mudofaa vazirligi Tverdagi dron hujumini tasdiqlamagan boʻlsa-da, bir kechada Ukrainaning 54 ta uchuvchisiz samolyoti boshqa viloyatlarda urib tushirilgani haqida xabar berdi. Yongʻinni oʻchirish harakatlari davom etar ekan, vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Avvalroq, QQS toʻlovchilari soni deyarli 5 foizga oshgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 16:37
 
37
0
xs.uz

Netanyahu Livanni Gʻazo kabi halokatga uchratishdan ogohlantirdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan Gʻazo kabi halokatga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi va oʻldirilgan 'Hizbulloh' yetakchisi Hasan Nasrullohning oʻrnini egallagan shaxs yoʻq qilinganini tasdiqladi.Uning bu soʻzlari seshanba kuni Livan fuqarolariga yoʻllangan videomurojaatda paydo boʻldi hamda 'Hizbulloh' oldingidan ham zaiflashganini taʼkidladi. 'Hizbulloh' tomoni Netanyahuning soʻnggi soʻzlariga hali hech qanday izoh bermadi.'Sizda Livanni Gʻazoda koʻrib turganimizdek

09 Oct 15:17
 
33
0
xs.uz

Isroil mudofaa vaziri AQSHga safarini nega bekor qildi?

Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant AQSHga tashrifini bekor qildi. Toʻxtatilgan sayohat Isroilning Eronning raketa hujumiga javob qaytarishiga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi. Vazir AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashishi kerak edi.Pentagon matbuot kotibi bu maʼlumotni tasdiqladi va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSH prezidenti Jo Bayden bilan telefonda gaplashmaguncha va Isroilning Eronga javobini maʼqullamaguniga qadar tashrif toʻxtatilgani haqidagi xabarlarga izo

01 Nov 21:30
 
22
0
xs.uz

Mushuk sabab yangi virus topildi

Florida universitetida (AQSH) virus mutaxassisi ilgari koʻrilmagan virus turini tasvirlab berdi. Bu kashfiyot mushuk tufayli aniqlandi.Gap shundaki, Pepper nomli uy hayvoni oʻz egasi, olim Jon Lednikkiga oʻlik kemiruvchi olib keldi. Virusolog uni tekshirish uchun laboratoriyaga yuborishga qaror qildi. Maʼlum boʻlishicha, kemiruvchi (sichqon) jeylongvirus tashuvchisi hisoblanadi.Jeylongviruslar ilgari Afrika, Osiyo, Yevropa va Janubiy Amerikada aniqlangan. Ular sutemizuvchilar, sudraluvchila

29 Oct 20:50
 
18
0
xs.uz

“Dahshatli“, “gʻayritabiiy“, “halokatli oqibatlarga olib keladi” — Xalqaro hamjamiyat Isroilning UNRWA faoliyatini taqiqlashini keskin qoralab chiqdi

Isroil parlamentining Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) faoliyatini taqiqlashi halokatli oqibatlarga olib keladi.Bu fikrlarni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus aytib oʻtdi.Dushanba kuni Isroil Knesseti (parlamenti) BMTning Yaqin Sharq agentligining Isroilda, shuningdek, u nazorat qiladigan hududlarda faoliyatini taqiqlashga qaratilgan qonun loyihalarini m