O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist hamda Qoraqalpog‘iston xalq artisti Kengesboy Serjanov 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Kengesboy Serjanov faoliyati davomida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida, Repsublika estrada-sirk kollejida dars bergan. Alisher Navoiy nomidagi katta akademik opera va balet teatrida opera xonandasi sifatida sermahsul ijod qilib, ko‘plab bosh rollarni ijro etgan.
U keng diapazonli, sahroyi ovoz sohibi edi. Serjanov ko‘plab xalqaro tanlovlar g‘olibi bo‘lgan. U taniqli opera xonandalarini yetishtirishda, mamlakatda opera san’atini rivojlantirishda salmoqli hissa qo‘shgan.
Eslatib o‘tamiz, 13 may kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi va dramaturg, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori Nasrullo Qobilov vafot etgani xabar qilgandi.