calendar 14 May 14:33
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Tolibon” Pokiston harbiy delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifini bekor qildi

image

“Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan Afg‘oniston muvaqqat hukumati Pokiston harbiy delegatsiyasining kecha, 12 may kuniga belgilangan tashrifini bekor qildi. Bunga Pokistonning Afg‘onistonning Paktika viloyatidagi terrorchilar boshpanalariga yangi havo va raketa hujumlari sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Dawn” gazetasi xabar berdi

Nashrning yozishicha, Qobul Pokiston delegatsiyasining Qandahor shahriga tashrifini bekor qilish sabablarini hali rasman e’lon qilmagan. U Afg‘oniston razvedka boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari mulla Shirin Oxund bilan “Tehrik-i-Tolibon Pokiston” (“Pokiston Toliboni” harakati, TTP) jangarilarining Afg‘onistonda joylashishini va Pokistonga hujumlar uyushtirishini to‘xtatish masalasini muhokama qilishi kerak edi.

“Aamaj News” 12 may kuni Pokiston Qurolli kuchlari Paktika viloyatidagi terrorchilar lagerlariga zarba bergani haqida xabar berdi. Islomobod bu ma’lumotga izoh berishdan o‘zini tiydi.

18 mart kuni Pokiston Harbiy-havo kuchlari birinchi marta ushbu guruh jangarilarining Pokistonning Mir Ali shahrida joylashgan harbiy bazadagi yetti nafar askarning o‘limiga sabab bo‘lgan hujumiga javoban Paktika va Xost viloyatlaridagi TTP boshpanalari va lagerlariga havo zarbalarini berdi. 

OAV xabarlariga ko‘ra, Afg‘oniston o‘z hududida joylashgan, Pokistonda teraktlar uyushtirish uchun mas’ul bo‘lgan TTP ekstremistik guruhini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishdan bosh tortgani sababli Islomobod va Qobul o‘rtasidagi munosabatlar amalda muzlatib qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun, TTP "Al-Qoida" bilan aloqador tashkilot sifatida 2011 yildan beri BMT sanksiyalari ostida. TTPda 50 minggacha jangari borligi taxmin qilinadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
23
0
xs.uz

“Mojaro aniq” — AQSH sentyabrgacha Eronni yoʻq qilish bilan tahdid qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron va Vashington yadroviy qurol masalasida murosaga kela olmasa, Eronni keng koʻlamli bombardimon qilish bilan tahdid qildi.Oq uy rahbarining keskin bayonotlari Eron Islom Respublikasi maʼmuriyatining AQSH soʻroviga javobi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Unda Islom Respublikasi rasmiylari yadroviy qurol boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻlgan, biroq raketa dasturini muhokama qilishni istisno qilgan.Mutaxassislarning fikricha, Eron bilan harbiy toʻq

26 Feb 17:06
 
55
0
xs.uz

Yevropa Ittifoqi Rossiya kompaniyalari va ommaviy axborot vositalariga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

Yevropa Ittifoqi 16-sanksiya paketining bir qismi sifatida Rossiyaning 'soya floti' deb ataladigan kemalar egalariga va Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qoʻllab-quvvatlovchi yoki undan foyda koʻruvchilarga cheklovlar qoʻyadi. Bu haqda Yevrokomissiya tarqatgan press-relizda aytildi.Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalari Rossiyaning birlamchi alyuminiyini import qilishni taqiqlashni oʻz ichiga oladi hamda xloropikrin va xrom birikmalari uchun prekursorlarni Rossiyaga sotish

18 Apr 11:08
 
13
0
xs.uz

Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada

20 Mar 12:55
 
51
0
xs.uz

Rossiya Yevropa xavfsizligiga asosiy tahdid – Yevropa Ittifoqi

Yevropa Ittifoqining yangi mudofaa boʻyicha Oq kitobida Rossiya yaqin kelajakda Yevropa xavfsizligiga 'fundamental tahdid' boʻlib qolishi taʼkidlangan. Ushbu hujjat 2030-yilgacha Yevropa mudofaasining operativ tayyorgarligi boʻyicha tahlillarni oʻz ichiga oladi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.Hujjatda Rossiya yadro qurollari borasida agressiv siyosat olib borayotgani, Belarusga yadroviy qurol joylashtirayotgani va boshqa avtoritar davlatlar bilan hamkorligini kuchaytirayotgani taʼkidlangan