calendar 27 Jul 12:52
eye 104
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkent viloyatida oilaning barcha a’zolari o‘ldirilib, uyiga o‘t qo‘yildi

image

Toshkent viloyatida bir oilaning barcha  a’zolari o‘ldirilib, uyiga o‘t qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov QALAMPIR.UZ’ga  ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kecha, 26 iyul kuni soat 06:19 larda Yangiyo‘l tumani Nurafshon ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan Yangiyo‘l tumani FVB Yong‘in qutqaruv qismi o‘t o‘chiruvchilari voqea joyiga yetib borgan va kelib chiqqan yong‘in bartaraf etilgan.

Xonadonni ko‘zdan kechirish davomida 1991 yilda tug‘ilgan  erkak, 1999  yilda tug‘ilgan ayol, 2021 va 2022 yilda tug‘ilgan bolalar, 2018 yilda tug‘ilgan qizning murdalari  turli tan jarohatlari bilan topilgan. Ma’lum qilinishicha, vafot etganlar er-xotin va ularning  2 nafar farzandi, 1 nafar qiz jiyani bo‘lgan.

“Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deydi Hayot Shamsuddinov.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Sirdaryoda bir ayol hamda voyaga yetmagan bola va qizning jasadi uyidagi yong‘indang so‘ng, qotillik alomatlari bilan topilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:22
 
20
0
xs.uz

Bosh prokurorga yangi oʻrinbosar tayinlanadi. Uning vazifasi nima?

Hududiy prokuraturalarda Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boʻlinmalari tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning 'Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Farmonida koʻrsatib oʻtildi.Maʼlum boʻlishicha, farmonga bilan Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qili

09 Oct 12:39
 
13
0
xs.uz

“Oʻzgidromet” 9-oktyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 26-28 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Ustyurtda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 24-29 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyatla

03 Sep 21:35
 
17
0
xs.uz

Prezident navqiron avlodning Yangi Oʻzbekiston ravnaqiga qoʻshayotgan hissasini yuqori baholadi

'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida boʻlib oʻtayotgan Respublika mustaqilligining 33-yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirida Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda navqiron farzandlarimiz Yangi Oʻzbekiston ravnaqiga munosib hissa qoʻshayotganini taʼkidladi.Buning tasdigʻi yaqinda Parijda boʻlib oʻtgan 33-yozgi Olimpiya oʻyinlarida yana bir bor yaqqol namoyon boʻldi. Azmu shijoatli oʻgʻil-qizlarimiz dunyodagi eng yirik sport anjumanida 8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medalni qoʻ

09 Oct 12:39
 
20
0
xs.uz

“Avitsenna” nomli milliy brend yaratiladi. U qaysi sohani qamrab oladi?

Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Xabar qilinishicha, qarorga muvofiq, 'Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi' ('Medical service hospitality') dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, bu orqali 'Avitsenna' nomi ostida Oʻzbekistonning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladiBundan ta