calendar 03 Sep 21:35
eye 5
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident navqiron avlodning Yangi Oʻzbekiston ravnaqiga qoʻshayotgan hissasini yuqori baholadi

image
'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida boʻlib oʻtayotgan Respublika mustaqilligining 33-yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirida Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda navqiron farzandlarimiz Yangi Oʻzbekiston ravnaqiga munosib hissa qoʻshayotganini taʼkidladi.

Buning tasdigʻi yaqinda Parijda boʻlib oʻtgan 33-yozgi Olimpiya oʻyinlarida yana bir bor yaqqol namoyon boʻldi. Azmu shijoatli oʻgʻil-qizlarimiz dunyodagi eng yirik sport anjumanida 8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medalni qoʻlga kiritdilar. Ular milliy sportimiz tarixida shonli sahifa ochdilar.

Shu kunlarda Parijdan yana ketma-ket quvonchli xabarlar kelayotgani aytildi. Paralimpiyachi oʻgʻil-qizlarimiz ham xalqimiz uchun Mustaqillik bayramiga munosib sovgʻalar hadya etishmoqda.

Mahoratli sportchilarimiz Asila Mirzayorova, Qudratulla Maʼrufxoʻjayev, Elbek Sultonov oltin medallarni, matonatli oʻgʻil-qizlarimiz Ziyodaxon Isoqova, Kubaro Hakimova kumush medallarni, Muslima Odilova, Tolibboy Yoʻldoshev, Mohigul Xamdamova esa bronza medallarini qoʻlga kiritdilar.

'Mana, bizning qanday qahramonlarimiz, qanday oʻtyurak pahlavonlarimiz bor! Ularga tahsin va tasannolar boʻlsin!' dedi Prezident.

Bugungi nihoyatda murakkab va tahlikali davr oldimizga yangi-yangi sinov va muammolarni koʻndalang qilib qoʻyayotgani koʻrsatib oʻtildi.

'Lekin hayot qanchalik mashaqqatli boʻlmasin, mamlakatimizda demokratik islohotlarni izchil davom ettirib, xalqimizni rozi qilishga, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Qurolli Kuchlarimizni zamonaviy qurol-yarogʻ va texnikalar bilan taʼminlash, ularning jangovar va maʼnaviy salohiyatini oshirishga bundan buyon ham ulkan eʼtibor qaratamiz.

Lekin, tinchlikni saqlash faqat harbiylarimizning ishi boʻlib qolmasligi kerak. Bu barchamizning, har bir Oʻzbekiston fuqarosining muqaddas burchi boʻlishi shart.

Yurtning kuchi ' birlikda, qadri esa tinchlikdadir!' dedi davlat rahbari.

Hozirgi kunda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda asosiy eʼtibor 5 ta ustuvor yoʻnalishga qaratilayotgani taʼkidlandi.

Bular: sifatli taʼlim tizimini yoʻlga qoʻyish; biznesni rivojlantirish; korrupsiyadan xoli, adolatli sud tizimini yaratish; sogʻliqni saqlash sohasini tubdan yaxshilash; ekologik barqarorlikni taʼminlash.

'Muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat taʼlimda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham ' faqat va faqat taʼlim va tarbiyadir. Shu sababli maktab taʼlimini isloh qilish boʻyicha katta dastur qabul qildik.

Maktablarimizda avvalo ona tili va adabiyotini chuqur oʻrgatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Farzandlarimizga chet tillaridan sifatli taʼlim berish maqsadida xorijiy til egalarini olib kelmoqdamiz.

Maktab oʻquvchilari jahondagi ilgʻor tajribalar asosida tayyorlangan zamonaviy darsliklar bilan taʼminlanmoqda.

Yurtimizda dunyodagi nufuzli oliygohlarning filiallarini ochib, Oʻzbekistonni yirik taʼlim markaziga aylantirishni maqsad qilganmiz.

Yoshlarimiz yetakchi xorijiy universitetlarda tahsil olib, tajriba orttirib, Vatan ravnaqi yoʻlida xizmat qilishga bel bogʻlaganlar. Buning uchun ularga 'El-yurt umidi' jamgʻarmasi orqali yanada qulay imkoniyatlar yaratamiz.

Ayniqsa, xotin-qizlarning bilim olishlari, kasb egallashlariga alohida eʼtibor qaratishimiz lozim.

Men hurmatli ota-onalarga qarata aytmoqchiman: qizlaringizni oʻqiting, orzu-umidlarini roʻyobga chiqarishlarida ularga koʻmakchi boʻling!

Ulugʻlarimiz aytganlaridek, oʻgʻil bolani oʻqitsak, bir kishi savodli boʻladi. Qiz bolani oʻqitsak, butun oila, butun jamiyat bilimli boʻladi!' dedi Shavkat Mirziyoyev.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
12
0
xs.uz

Oʻzbekistonda sholi yetishtiruvchilarga imtiyozli kreditlar ajratiladi

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-sentyabrdan fermer, dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga sholi yetishtirish va xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun prezident qarorida belgilangan shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu haqda 'Sholi yetishtiruvchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi prezident qarorida belgilandi.Qarorga koʻra, 2025'2026-yillarda sholi ekish uchun xarid qilingan va ishlab chiqarilganiga bir yi

26 Jul 10:21
 
53
0
xs.uz

Toshkent, Buxoro va Namanganda zargarlik markazlari tashkil etiladi

Farmonga koʻra:2025-yil 1-yanvargacha zargarlik markazlarini tashkil etish uchun davlat koʻchmas mulk obyektlarini yaxlit mulk sifatida yoki lotlar (qismlar va xonalar)ga boʻlgan holda tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklariga uzoq muddatli ijaraga yoki mulk huquqi asosida, qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash shartlarida realizatsiya qilish choralari koʻriladi.Farmonga muvofiq tashkil etiladigan zargarlik markazlaridagi ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni kechiktirib toʻlash s

22 Jul 14:47
 
62
0
xs.uz

Oʻzbekistonda seysmik zaif bino-inshootlar soni maʼlum qilindi

Hujjatga koʻra, bugungi kunda turar va noturar joy obyektlarining energotejamkorligini oshirish, yashil hududlarni koʻpaytirish, shaharlarning tashqi arxitekturaviy qiyofasini yangilash, avariya holatidagi va eskirgan obyektlarni buzish, qayta qurish jarayonlari hamda mulkdorlarning huquqlari himoyasini huquqiy jihatdan toʻgʻri tartibga solish maqsadga muvofiq.Maʼlumot uchun, ayni paytda respublikada 42 mingga yaqin koʻp kvartirali uylar mavjud boʻlib, ularning 30 795 tasi (73 foiz) 1991-

26 Jul 10:20
 
33
0
qalampir.uz

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

Inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganligini inobatga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz darajasida shakllanib, inflyatsiyaning barqaror komponentlari va meva-sabzavotlar narxlarida sezilarli pasayish kuzatilgan. Tash