“Avitsenna” nomli milliy brend yaratiladi. U qaysi sohani qamrab oladi?
Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.
Xabar qilinishicha, qarorga muvofiq, 'Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi' ('Medical service hospitality') dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, bu orqali 'Avitsenna' nomi ostida Oʻzbekistonning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi
Bundan tashqari, davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda sanatoriy va pansionatlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimi joriy qilinishi, konsalting ' diagnostika ' davolash ' turoperator ' transport ' tibbiy tarjimon xizmatlarini birgalikda koʻrsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi ham koʻzda tutilmoqda.
Shuningdek, toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Qayd etilishicha, togʻli, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) obyektlari mavjud boʻlgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalari tashkil qilinadi.
Maʼlum qilinishicha, 2025-yil 1-aprelgacha internet tarmogʻi orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi (E-mehmon)ga ulangan xususiy tibbiyot va sogʻlomlashtirish muassasalari dastlabki 6 oylik abonent toʻlovi toʻlashdan ozod qilinishi ham qaror bilan belgilab qoʻyilgan.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Andijonda elektr energiyasi taʼminoti yaxshilandi
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Qish fasli yaqinlashgani sari aholini elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq tashvishlari ortadi. Shu bois 'Hududiy elektr tarmoqlari' AJning Andijon hududiy filiali tomonidan 71 ta MFYda sohaga oid muammolarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Andijon shahridagi 'Bogʻi eram' MFYda 100 dan ortiq aholi xonadonlarida taʼminot sifati yaxshilandi.' Har yili kuz-qish mavsumida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilardi, ' deydi ushbu m
Yosh xodimlar uchun saylovning aralash tizimi boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Joriy yilning 24-oktyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar oʻrtasida huquqiy va elektorat madaniyatini yuksaltirish boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi.Oʻzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 'Huquqiy fanlar' kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari doktori (DCc), 'Maʼrifat' targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Jaloliddin Yusubov saylovlar va islohotlar haqida umumiy maʼlumot berib oʻtib, 20
Saylov jarayonlari davom etmoqda
Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi tashkil etilgan 582-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari qizghtml5-dom-document-internal-entity2-39-endin davom etmoqda.Saylovchilar soni 2849 ta. Shundan 21 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan. Shu bilan birga 41 nafar birinchi marta ovoz beruvchi yoshlar ishtirok etadi.Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'
Toshkent viloyatida 417,1 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri, Zangiota tumani boʻlimlari va 'Zangiotatumangaz' xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.Unda fuqarolar R.D. va A.Z. tumandagi 'Madaniyat' hamda 'Farobiy' MFY hududidagi binolarda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 417,1 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.Shu kabi, Departamentning Sherobod tumani bo