calendar 29 Oct 20:48
eye 25
comments 0
comments Manba: xs.uz

Andijonda elektr energiyasi taʼminoti yaxshilandi

image
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Qish fasli yaqinlashgani sari aholini elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq tashvishlari ortadi. Shu bois 'Hududiy elektr tarmoqlari' AJning Andijon hududiy filiali tomonidan 71 ta MFYda sohaga oid muammolarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Andijon shahridagi 'Bogʻi eram' MFYda 100 dan ortiq aholi xonadonlarida taʼminot sifati yaxshilandi.

' Har yili kuz-qish mavsumida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilardi, ' deydi ushbu mahallada yashovchi Sobirjon Soyibnazarov. ' Ayniqsa, yogʻingarchilik paytlari chiroqsiz oʻtirardik. Mahallamizda olib borilgan saʼy-harakatlar tufayli mavsumni betalafot oʻtkazadigan boʻldik. Buning uchun hududimizga 26 ta temir beton tayanchlar oʻrnatilib, 1000 metr masofaga elektr uzatish tarmogʻi tortildi. 1 ta transformator ishga tushirildi.

Rejaga binoan, 32,9 km. tarmoq tortish, 56 ta transformatorlarni ishga tushirish hamda 1177 ta temir beton tayanchlarni oʻrnatish orqali hamyurtlarimizning elektr energiyasiga ehtiyojini toʻliq qondirish koʻzda tutilgan.








Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 10:49
 
30
0
xs.uz

Namangan teatri Janubiy Koreyada konsert berdi

Qudratilla Najmiddinov/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning bahorida Namanganda oʻtkazilgan 63-Xalqaro gullar festivaliga kelgan Janubiy Koreya Respublikasi sanʼat namoyondalari anjumanda oʻzining milliy badiiy dasturini namoyish qilgan edi. Ayni jarayonda gullar shahri va Buyeo-Gun viloyatlari oʻrtasida madaniyat sohasida hamkorlik oʻrnatish yuzasidan memorandum ham imzolangan. Namangan viloyat musiqali drama teatri jamoasi oktyabr oyining birinchi haftasida Buyeo-Gunda ijodiy safarda boʻldi. Ham

18 Nov 04:57
 
15
0
xs.uz

15 yillik turmush qadri

Odatda, ish yuzasidan turli taqdir egalari bilan uchrashamiz. Bu har kungi holat boʻlgani bois ularning aksariyati ajablanarli emas. Biroq bugungi voqea meni oʻylashga majbur qildi.' Turmush oʻrtogʻim bilan 15'yil birga yashadik, ' deydi ayol suhbat chogʻida. ' Bu orada uch nafar farzandli boʻldik. Birgalikda savdo sohasida faoliyat yuritdik. Oʻzimdan, roʻzgʻordan orttirib, kredit asosida avtomobil ham sotib oldim. Taqdir emas ekan, oʻtgan yili ajralishimizga toʻgʻri keldi. Ishsiz qo

11 Nov 03:17
 
12
0
xs.uz

Odamlarni tizimdan rozi qilish masalasi doimo eʼtiborimiz markazida — Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlariga bayram tabrigi yoʻlladi

Qadrli tibbiyot xodimlari!Avvalo, oʻz hayotini inson salomatligini asrashdek olijanob ishga bagʻishlab kelayotgan siz azizlar ' fidoyi shifokor va hamshiralarni, soha faxriylarini kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Barchamiz yaxshi tushunamizki, el-yurt salomatligi ' jamiyatning bebaho boyligidir. Tinchlik va sogʻliq boʻlgan joyda albatta oʻsish va oʻzgarish, baxtli va farovon hayot boʻladi.Shu maʼnoda, Yangi Oʻzbekistonimiz erishayotgan katta yutuqlarda, inson kapi

20 Nov 01:36
 
14
0
xs.uz

Oʻquvchilar maktabni hunarli boʻlib bitirmoqda

Ahmadali ShERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo viloyati maktablarida har yili koʻplab bitiruvchilar umumiy oʻrta taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi shahodatnoma bilan birga qaysidir hunarni oʻrgangan holda qadrdon maskanlari bilan xayrlashmoqda.Yangiyer shahridagi 7-maktab bu borada hududdagi eng namunali taʼlim muassasalari sirasiga kiradi. Ushbu maktabda bir necha hunarlarni, xususan, tikish-bichish yoki pazandalikni mukammal oʻrganish mumkin.Bundan tashqari, oʻquvchilarga informatika va ax