' Turmush oʻrtogʻim bilan 15'yil birga yashadik, ' deydi ayol suhbat chogʻida. ' Bu orada uch nafar farzandli boʻldik. Birgalikda savdo sohasida faoliyat yuritdik. Oʻzimdan, roʻzgʻordan orttirib, kredit asosida avtomobil ham sotib oldim. Taqdir emas ekan, oʻtgan yili ajralishimizga toʻgʻri keldi. Ishsiz qolganim yetmaganidek, sobiq erim mashinamni bermay qoʻydi. Men-ku, shunga ham rozi edim, lekin tadbirkorlik faoliyatimga doir soliq va boshqa qarzdorliklar haqida xabar kelgach, boshim qotib qoldi. Sababi, bugungi kunda daromad manbaim yoʻq, qarzlarni esa toʻlashim kerak. Shu bois Majburiy ijro byurosi (MIB)ga kelib, turmush oʻrtogʻimda qolib ketgan mening nomimdagi avtomobilni topib berishlarida yordam soʻradim.
Qarshimda oʻtirgan ayolning soʻzlariga quloq solar ekanman, xayolimda javobsiz savollar paydo boʻla boshladi. Nahotki, inson bolasi mehnat qilsa topiladigan mol-mulkni deb 15-yillik turmushiga, ayolining qadr-qimmatiga, uch nafar farzandining yuziga oyoq qoʻyishi mumkin boʻlsa?! 15-yil ichida, garchi, bir tan-u bir jon boʻlishning uddasidan chiqa olmagan boʻlsalar-da, bir-birini qalban tushunib, his qilishlari, oʻz gʻam-tashvishlari-yu quvonchlarini baham koʻra olish darajasiga yetishlari kerak emasmidi? 15-yillik turmush qadri uchun mol-mulkni yashirish shart emasdi. Bilmadim, bu holatga qanday baho berish mumkin...
Shunday qilib, fuqaro D.Q.ning murojaatiga asosan qarzdorliklar boʻyicha qidiruvda boʻlgan 'NEXIA 3' rusumli avtomashina Andijon shahar 'Toʻqqiz ariq' MFYda yashovchi sobiq turmush oʻrtogʻi O.D.ning xonadonidan topilib, jarima maydonchasiga olib kelindi.
Qarzdorlik shu tariqa oʻz yechimini topishi muqarrar. Biroq mening koʻz oldimdan 15-yil davomida ishongan suyanchi, farzandlarining otasi tomonidan zarracha mehrga tashna ayolning nigohi-yu hammasiga oyoq qoʻygan otaning gʻazabli qarashlari ketmayapti... Afsuski, bu holatga tushgan birgina shu ayol emas. Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, yilning oʻtgan davri mobaynida MIB Andijon viloyati shahar va tumanlardagi boʻlimlari orqali qarzdorliklarga oid jami 6,8 trln'soʻmlik 608 mingta hujjatlar ijroga yoʻnaltirilgan boʻlib, natijada 4,3 trln'soʻmlik 318 mingda ziyod hujjatlarning ijrosi taʼminlandi. Har bir hujjat ortida turli kechmishlarga yuz tutgan taqdir egalari mavjud.
Azizlar, inson baxtli yashashi uchun bir chimdim mehr, bir hovuch qadr boʻlsa kifoya... Iltimos, bir-birimizdan muhabbatimizni ayamaylik.
Oyistaxon ABDURAHMONOVA,
MIB Andijon viloyat boshqarmasi katta inspektori.
Namanganda soha fidoyilari oʻz bogʻini yaratmoqda
Qudratilla Najmiddinov/'Xalq soʻzi'. Namangan viloyatida 'Yashil makon' umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berilganiga bir hafta boʻldi. Davlatobod tumanidagi 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida mahallalar, mehnat jamoalarining mingga yaqin vakillari alohida shijoat koʻrsatmoqda. Jamoalarga ajratilgan maydonlar lina, kyoln, eman, kashtan, oqqayin, shamshod, majnuntol, yapon saforasi, hind sireni singari manzarali daraxt, gul koʻchatlari va butalar bilan toʻldirildi. Istirohat maskaniga
Yangiyoʻl shahar hokimi lavozimidan ozod etildi
Bugun, 15-noyabr kuni Sultanov Dilshod Shuxratovich Yangiyoʻl shahar hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, ayni vaqtda Xalq deputatlari Yangiyoʻl shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda hududdan saylangan deputatlar, shahar huquq-tartibot organlari, hududdagi korxona va tashkilot rahbarlari, faollar qatnashmoqda.Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib,
Prezidentning Oliy Majlis Senati aʼzolarini tayinlash toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniOʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq:Ziyo Azamat Hamid oʻgʻli ' Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktoriYoʻlchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna ' Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti professoriKoʻchimov Abdusaid Koʻchimovich ' Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktoriRafiqov Qudratilla M
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyuradi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Prezident 7'8-oktyabr kunlari Moskvada boʻladi.Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.